Kirish Mavzuning dolzarbligi


-rasm.Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposining ko`rinishi



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə3/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Diplom ishi

1-rasm.Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposining ko`rinishi. 1

Depoga nosoz yoki ta’mir talab vagonlar depo yonginasida joylashgan.“Toshkent” bekati (eski nomi “Toshkent yuk bekati”)ning manyovr lokomotivi yordamida olib kiriladi va olib chiqiladi. Stansiya sutkalik rejasi o`z vaqtida va to`liq bajarilishi uchun depo hududidagi manyovr ishlari faqatgina kechki payt, sutkada bir marotaba amalga oshiriladi.
Vagonlarni ta’mirlash deposiga nosoz vagonlar stansiyalardagi TKP (Texnik ko`rik punkti) xodimlari tomonidan vagon qismlarini va qurilmalarini ko`zdan kechirish va tekshirish orqali aniqlangan nuqson va nosozliklar ko`zga tashlanganda yoki maxsus tekshirish va o`lchash asbob-uskunalari yordamida aniqlanganda, nosoz vagon poyezddan uziladi va agar yuklangan bo`lsa, tavsifnomasi aynan bir xil bo`lgan boshqa soz vagonga qayta yuklanadi. Qayta yuklangan soz vagon o`zining belgilangan manziliga, nosoz vagon esa, nosozlik aniqlangan vagon esa stansiyaga avvaldan biriktirilgan depoga yo`l oladi.
Depoda vagonlar kuzov sexidagi stoylolarga maxkamlanib turg`azilib chiqiladi.
Agarda g`ildirak juftliklarida nosozlik aniqlansa, sex ichidagi maxsus ko`prikli kran yordamida aravachalar sexidagi ta’mirlash uchastkasiga olib o`tiladi. U yerda maxsus ta’mirlash (agar lozim bo`lsa, payvandlash, sayqallash) ishlari amalga oshirilib yana kuzov sexiga qaytariladi va o`z o`rniga o`rnatiladi.
Texnologik jarayon bo`yicha eng so`nggi sex bu bo`yash sexi bo`lib, u yerda vagonlarning qismlari o`zining talab etilgan rangiga bo`yaladi hamda vagonning qaysi yo`lga mansubligini anglatuvchi yozuvlar (yoki kodlar), vagon kodi, uning yuk ko`taruvchanligi va tarasini bildiruvchi son va so`zlar o`zining me’yoriy talablariga muvofiq holda vagon kuzoviga maxsus bo`yoqlar yordamida yozib chiqiladi.
Vagon deposi asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sex va uchastkalaridan: yig‘uv, g‘ildirak-arava, mexanika, avtoulagich va avtotormozlar, rolik podshipniklar va buksalar, yog‘och ishlash va boshqa uchastkalardan iborat bo‘ladi.
VChD-1 ga mol-mulkni “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ o‘tkazib beradi. Toshkent tovar vagon deposiga o‘tkazilgan asosiy fondlar, pul mablag‘lari va boshqa qiymatlar “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” ning balansida turadi.
Toshkent tovar vagon deposi kapital ishlab chiqishda qatnashadi, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda prognozlar qiladi. Toshkent tovar vagon deposiga xarajatlarni “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” rahbaryati bajarilgan ishlar hajmiga qarab xarajatlar elementlari bo‘yicha mablag‘larni sarflash me’yorlarini belgilaydi.
Toshkent tovar vagon deposini “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” tomonidan bajarilgan ishlar hajmi yoki xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Korxona o‘zining faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasinig qonunlariga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ustaviga, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning normativ-xuquqiy xujjatlariga hamda o‘zinig umumiy qoidalariga amal qiladi.
Korxonaning asosiy faoliyati yuk vagonlarni ta’mirlashdan iborat, shunday ekan korxonada vagonlarni kapital ta’mirlash, depo ta’miri, rejali ta’mir, shuningdek, eksport uchun vagonlar remont ishlari olib boriladi.

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin