Kirish Mavzuning dolzarbligi


-rasm. Xarajatlar tarkibini aniqlash7



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə7/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Diplom ishi

4-rasm. Xarajatlar tarkibini aniqlash7
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad:
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish va ularning holatiga baho berish;

  • mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementi va kalkulatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish va ularga baho berish;

  • mehnat unumdorligi bilan ish haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish;

  • tannarxning o‘zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash;

  • ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo‘yicha tahlil etish;

  • tannarxni pasaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va hokazo


5-rasm.Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar8
“Moddiy xarajatlar” elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda) zarur komponent hisoblanadigan xomashyo va materiallar;

  • mahsulotni o‘rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;

  • texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg‘ining hamma turlari;

  • korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo‘jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya;

  • tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo‘qotishlar;

Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:

  • korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;

  • natura shaklida haq to‘lash tartibi bo‘yicha beriladigan mahsulot qiymati;

  • amaldagi tartiblarga ko‘ra rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo‘shgan holda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo‘shimcha ustama to‘lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun (shu xo‘jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stakalar va okladlarga nisbatan) ustama to‘lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;

  • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq tovon to‘lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so‘nggi ish uchun to‘lovlar.

VCHD-1 korxonasining ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar tarkibi dinamikasinini 2020-2021-yillar oralig‘idagi asosiy ko‘rsatkichlari 4-jadvalda keltirib o‘tilgan.

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin