Kirish Mavzuning dolzarbligi


Ishlab chiqarish zaxiralar xisobining sintetik xisobi



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə14/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Diplom ishi

2.2. Ishlab chiqarish zaxiralar xisobining sintetik xisobi.

Transport va tashish xarajatlari ko‘p hollarda tashilayotgan yuklarning miqdori va summasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xarajatlarning ortishi yuklarni tashish uchun qo‘shimcha transport jalb qilingan hollarda kuzatiladi. Shunday bo‘lsada, xo‘jaliklarda tashilgan yuklarning belgilangan miqdoriga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni aniqlash uchun doimiy meyoriy koeffitsentlardan foydalaniladi.


Buhgalteriya hisobida ta’minot jarayoni xarajatlari quyidagi bosqichlarda paydo bo‘ladigan sarflarning yig‘indisi sifatida qaraladi:

  • buyurtmani qabul qilish;

  • buyurtmani qayta ishlash;

  • hujjatlarni qayta ishlash;

  • buyurtmalarni umumlashtirish (komplektatsiya qilish);

  • saqlash;

  • yetkazib berish;

  • transport-ekspeditorlik xizmatlari;

  • schyotni taqdim qilish.

Ta’minot tizimining xarajatlari hisobining asosi transport korxonalarida tashkil qilingan sintetik va analitik hisobga bog‘liqdir.
Asosiy ishlab chiqarish schyotida barcha tannarxga ta’sir etuvchi xarajatlar to‘planadi. Xarajatlarning barchasi balansning debet tomonida to‘planadi va u yerda ko‘payadi.VCHD-1korxonasining boshqa yetkazib beruvchilardan qarzlari, xizmat ko‘rsatish uchun sarflagan materiallarning pul ko‘rinishidagi ifodasi, ishchi hodimlarning (xizmat ko‘rsatishda bevosita qatnashganlar) oylik maoshlari, asosiy vositaga hisoblangan eskirish summalari, ijtimoiy soliqlar va boshqa xarajatlar kredit tomoniga joylashtiriladi.
Yig‘ilgan summalar ko‘rsatilgan xizmat tannarxini keltirib chiqaradi. Korxonaning o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida yetkazib berilgan boyliklar, bajarilgan ishlar, olingan xizmatlar uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro pulli hisob-kitob munosabatlariga kirishadi. Hisob-kitoblar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to‘lash yoki oldindan to‘lash tarzida amalga oshiriladi.
Xalq xo‘jaligidagi hisob-kitoblarshakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Uning belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxonalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob- kitoblari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali naqd pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni hisobga olishda 6010 -«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» dan foydalaniladi.
6010 -«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» passiv bo‘lib, uning kredit tomonida hisobot davri oxirida qolgan saldo korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Kredit oboroti ushbu qarzning ko‘payishini, debet aylanmasi esa uning uzilishini anglatadi. Mol yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarish zaxiralari sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 1010-1090, 1510.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». Mol yetkazib beruvchining qarzi hisob-kitob schyotidan to‘langanida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti». Ba’zi hollarda mol yetkazib beruvchining qarzi bank krediti hisobidan ham to‘lanishi mumkin:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 6810, 7810.
Keltirilgan operatsiyadagi material uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan summa ham 2016 schyotiga boradi. Chunki u o‘z xarajatini materaialga o‘tkazadi.
Asosiy ishlab chiqarish shartlari bilan bog‘lanadigan, ya’ni, o‘zida to‘playdigan xarajatlari mehnatga to‘lanadigan haqlar, ijtimoiy soliq, eskirish summalari va boshqalar kiritiladi.
Ta’mirlashga ketadigan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan qoplanadi. Buning uchun “Temir yo‘l masofasi” korxoansida maxsus zahira tashkil etilgan. Temir yo‘llarning barcha korxonalarida zahiralar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan tashkillanadi. Korxona uchun zahira summasi korxonaning o‘zi mustaqil belgilaydigan normativ miqdorda har oyda xizmat narxiga o‘tkazib boriladi. Normativga ko‘ra yil muddatiga qat’iy belgilangan summada yoki asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblab chiqilinadi.
Zahiradagi summalar buhgalteriya hisobida 8910 – “kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi” hisobvarag‘ida hisoblab boriladi. Ushbu hisobvaraq passiv hisoblanadi va u bo‘yicha saldo ta’mir ishlarida foydalanilmagan zahiraning summalarini aks ettiradi. Debet bo‘yocha oborot – zahiradan ta’mir ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan ish va xizmatlar haqini to‘lashda foydalanishni, kredit bo‘yicha oborot esa – korxona xarajatlariga kiritish hisobiga har oyda yaratib boriladigan zahiraning summasini tavsiflaydi.
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zahira tashkil etilganida buhgalteriyada quyidagicha yozuv shakllanadi:
D-t – ishlab chiqarish xarajatlar hisobvaraqlari
K-t – 8910 “Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi”.
Ta’mirlash uchun xarajatlar qilinsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t – 8910 “Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi”
K-t – 2016 “Asosiy ishlab chiqarish”
K-t – 6010 “mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan bo‘naklar”.
1. Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflandi
Debet 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 1010 – 1090 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2. Asosiy ishlab chiqarishda ishlayotgan xodimlarga ish haqi hisoblandi
Debet 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 6710 - “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
3. “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan keyingi xarajat elementi – ijtimoiy soliq xarajatlari. Amaldagi qonunlar bo‘yicha xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondidan majburiy ajratmalar hisoblanadi. Bundan tashqari davlatga qarashli bo‘lmagan nafaqa fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlariga mehnatga haq to‘lash fondidan majburiy ajratmalar hisoblanadi. Ularning buhgalteriya provodkasi quyidagicha:
Debet 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 6520 – “Ijtimoiy soliq”.
Kredit 6520 – “Ijtimoiy soliq”.
4. “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy vositalarga belgilangan me’yorga ko‘ra amortizatsiya hisoblandi:
Debet 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 0200 – “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5. Uzoq muddatga asosiy vositalarni ijaraga olgan korxona hisoblagan amortizatsiya summasi:
Debet 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 0299 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
6. Ishlab chiqarish xarakteridagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish summasi (Gudvil (firma bahosi)dan tashqari):
Debet 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 0500 – “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
7. Tashishni tashkil qiluvchi korxonalarda asosiy ishlab chiqarish yoqilg‘i va elektro energiya sarflandi:
Debet 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 1030 – “Yoqilg‘i”.
7. Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan boshqa xarajatlar hisoblandi
Debet 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 6010 – “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob kitob”.
Kredit 6110 – “Sho‘ba va qaram jamiyatlar bilan hisob-kitob” kabi buhgalteriya o‘tkazmalari beriladi.
Oy oxirida temir yo‘l transporti tarmoq korxonalarida bajarilgan xizmatlar qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomaga asosan quyidagi buhgalteriya o‘tkazmalari tuziladi:
Tashishini tashkil qilish xarajatlari hisobdan chiqarildi:
Debet 9130 – “Bajarilgan ishlarning haqiqiy tannarxi”
Kredit 2010 – “Asosiy ishlab chiqarish”
Yordamchi ishlab chiqarishning sintetik hisobi. Yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buhgalteriyada hisobga olish 2310 – “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag‘ida olib boriladi.
Bu hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
2310 - hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi:

      • 0211-0299 - hisobvaraqlar yordamchi ishlab chiqarishlar foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;

      • 1010, 1090 - hisobvaraqlar yordamchi ishlab chiqarishga sarflangan materialar summasiga;

      • 1610 - hisobvaraq materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganda;

      • 2510 - hisobvaraq umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tgazilganda;

      • 2610 - hisobvaraq brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;

      • 3110, 3190 - hisobvaraqlar kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganda;

      • 6710 - hisobvaraq ishchilarga ish haqi hisoblanganida;

      • 6510-6520 - hisobvaraqlar ijtimoiy sug‘urtaga va ijtimoiy soliqqa ajratma hisoblaganida;

      • 4730 - hisobvaraq moddiy qiymatlarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida.

      • 2810-hisobvaraq yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi;

      • 5910 - hisobvaraq kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi;

      • 9110, 9130 – mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxiga;

Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari har bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12-qaydnomada yuritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:

  • mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari;

  • qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;

  • xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;

  • ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;

  • avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari.

2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schetining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar tarkibini quyidagi hisob schyotlari orqali ko‘rish mumkin (7-jadval).

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin