Kirish Mavzuning dolzarbligi


-rasm.VCHD-1 korxonasida mahsulot (ishlar, xizmatlar) xarajatlarini xujjatlashtirish16



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə13/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Diplom ishi

10-rasm.VCHD-1 korxonasida mahsulot (ishlar, xizmatlar) xarajatlarini xujjatlashtirish16
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlari asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi korxonaning harakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi.
Toshkent tovar vagon deposi korxonsida mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxi bilan bog‘liq ishlab chiqarish zahiralarining tug‘ri sarflanishini nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun tegishli tashkiliy tadbirlar ishlab chiqilgan. Moddiy qiymatliklarning tejamli sarflanishining zaruriy shartlaridan biri reja - iqtisod (marketing) bo‘limi tomonidan har bir maxsulot (xizmat) va bajariladigan ishlar birligiga sarflanadigan normalar va ular asosida belgilanadigan limit katta ahamiyatga egadir.
Yuqorida qayd qilingan subyektlarda ishlab chiqarish texnologiyasi xaritasi yoki loyiha smetasiga asosan chegaralangan olish kartasi tuzilib sex rahbari tomonidan tasdiqlanadi va 1-nusxasi omborxonaga, 2-nusxasi ishlab chiqarish obyektiga berilib olingan xom ashyo va materiallar qayd qilib boriladi.
Xom ashyo va materiallar olib bo‘lingandan keyin yopilib hisobotlar omborxona mudirining hisoboti va ishlab chiqarish hisobotlari bilan buhgalteriyaga topshiriladi.
Bu talabnomalar xam sex rahbari tomonidan yozilib tasdiqlangandan keyin omborxonadan olinadi va hisobotlarga ilova qilinib buhgalteriyaga topshiriladi.

  • M-10 bir qatorli talabnoma — bitta materialning olinganligi uchun.

  • M-10a ogoxdantiruvchi talabnoma — tasdiqlangan meyordan ortiqcha olingan materiallar uchun.

  • M-11 ko‘p qatorli talabnoma — har xil materiallarni olish uchun.

Bu talabnomalar xam sex rahbari tomonidan yozilib tasdiqlangandan keyin omborxonadan olinadi va hisobotlarga ilova qilinib buhgalteriyaga topshiriladi.
Quyidagi yuk xatlar orqali materiallarning subyekt ichidagi harakatini (sarflanishi emas) nazorat qilish va hisobga olib borish uchun qo‘llaniladi.

  • M-12 bir qatorli yuk xati — bitta materialning ombordan omborga yoki sexdan sexga o‘tkazilishi uchun.

  • M-13 ko‘p qatorli yuk xati — har xil materiallarning ombordan omborga yoki sexdan sexga o‘tkazilish uchun.

Quyidagi yuk xatlari subyektning filiallariga materiallarni berish yoki shartnomalarga asosan boshqa shaxslarga sotish uchun qo‘llanilib, ikki nusxada tuziladi.

  • M-14 bir qatorli yuk xati — bitta materialni chetga sotish yoki berish uchun.

  • M-15 ko‘p qatorli yuk xati — bir nechta materiallarni chetga sotish yoki berish uchun.

Moddiy boyliklarni hisobga olish kartasi omborxona mudiri tuzadi va yurgazib boradi va ushbu kartalar omborxonadagi materiallar to‘qrisida tezkor mu’lumotlar olish uchun xizmat qiladi.

  • M-17 omborxonada materiallarni hisobga olish kartasi-omborxonadagi mavjud tovar-moddiy zahiralarining navi, miqdori, bahosi bo‘yicha harakatini hisobga olib boradi.

  • Bundan tashqari korxonada quyidagi xujjatlardan ham foydaniladi:

  • M-18 hujjatlarni qabul qilib olish qaydnomasi - ombor mudiri tomonidan tuzilib unda buhgalteriyaga topshirilgan kirim va chiqim hujjatlari qayd qilinadi.

  • M-20 omborxonada qolgan materiallarning jamg‘armasi - ma’lum davrga (asosan oy, kvartal va yil oxirida) omborda mavjud bo‘lgan materiallarning qoldig‘i ombor kartochkalariga asosan tezkor buhgalteriya hisobi usulida aniqlanadi.

  • M-22a sarflangan materiallarni hisobdan chiqarish va materiallar qoldiqi to‘qrisida dalolatnoma.

  • M-34 materiallarning haqiqiy qoldig‘i bilan zahira meyori o‘rtasida farq to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi bildirishnoma. Bu bildirishnoma ombor mudiri tomonidan M-17 ma’lumotiga asosan to‘lqazilib unda materiallarning harakati, keraksiz yoki ortiqcha materiallar bo‘yicha ma’lumotlar olinib kelgusi oyda moddiy texnika ta’minoti (marketing) bo‘limi xodimlarining faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.




Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin