Kirish Mavzuning dolzarbligi


-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi14



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə12/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Diplom ishi

8-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi14
Favqulodda zararlar, odatda, turkumlanmaydi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi: - material xarajatlari; - mehnat haqi xarajatlari; - ishlab chiqarish bilan bog‘liq ma’muriy xarajatlar. Bevosita material xarajatlari mehnat haqi bilan birgalikda dastlabki xarajatlarni tashkil etadi. Mehnat haqi va ishlab chiqarish xarakteridagi ma’muriy boshqaruv xarajatlari birgalikda konversiya xarajatlarini tashkil etadi. Material xarajatlari konversiya xarajatlari bilan birgalikda to‘liq ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi.
Noishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha xarajatlarga noishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ular tarkibiga sotish bilan bog‘liq xarajatlar, ilmiy tekshirish va tadqiqot xarajatlari, umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, olingan kredit uchun foiz to‘lovlari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, xarajatlar kiritiladi.



9-rasm.Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha turkumlanishi15
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibida moddiy xarajatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)larning asosini tashkil qiladi va o‘z qiymatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita tannarxga o‘tkazadi. Demak, moddiy xarajatlarning korxonaga kirim qilinishida ularning tannarxining to‘g‘ri shakllantirilishi, ularning baholanishi, saqlash xarajatlari, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishga sarflanishini to‘g‘ri tashkil qilish mahsulot tannarxini shakllantirishga ta’sir qiladi.
Shu sababdan ham, moddiy boyliklarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni ko‘rib o‘tamiz.
Ularning tannarxiga quyidagilar kiritiladi:

  • materiallarning shartnoma qiymati;

  • boj to‘lovlari va yig‘imlari;

  • materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga to‘lanadigan komission haqlar;

  • materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o‘tkazish xarajatlari;

  • transport-tayyorlov xarajatlari;

  • Elektr-yenergiya va yoqilg‘i;

  • transportirovka qilish tavakkilchiliklarini sug‘urtalash xarajatlari.

Yuqoridagi xarajatlardan kelib chiqib mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarini xujjatlashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Moddiy boyliklarning kelib tushishi, ichki xarakati va chiqib ketishining xujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish va muomilalarning o‘z vaqtida aks etdirilishi;

  • Moddiy boyliklarning kelib tushishi va chiqibketishi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi;

  • Moddiy boyliklarning saqlanishi, xarakati va to‘g‘ri ishlatilishi ustidin nazorat o‘rnatilishi;

  • Zaxiralar va xarajatlar bo‘yicha belgilangan meyorlarga amal qilish;

  • Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni o‘z vaqtida aniqlash;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt omborxonasidagi moddiy boyliklar qoldig‘i xaqida aniq ma’lumotlarni olish.

Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlari xisobining xuquqiy-normativ xujjatlari quyida keltirilgan.
1.O‘zbekiston respublikasi "Buhgalteriya to‘g‘risida"gi qonuni
2.4-BHMS "Tovar moddiy zaxiralar"
3.19-BMHS "Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish"
4.21-BMHS "Xo‘jalik yurituvchi subyektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buhgalteriya xisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma".
Korxonada moddiy boyliklarni to‘g‘ri xujjatlashtirish juda katta ahamiyat kasb etadi va quyida orqali korxonaning xujjatlashtirishi keltirilgan.


Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin