Kirish Mavzuning dolzarbligi


-rasm. VCHD-1 korxonasining daromadlari13



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə11/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Diplom ishi

7-rasm. VCHD-1 korxonasining daromadlari13
Toshkent tovar vagon deposi daromadlarini asosiy hamda yordamchi ishlab chiqarish daromadlari tashkil etadi.VCHD-1 korxonasining asosiy daromadi vagonlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatishdan tushgantushumlardan iborat.
Yildan yilga korxonaning daromadlari ortib borgan,chunki ish hajmi yildan yilga ortgan.
Vagon deposi asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sex va uchastkalaridan: yig‘uv, g‘ildirak-arava, mexanika, avtoulagich va avtotormozlar, rolik podshipniklar va buksalar, yog‘och ishlash va boshqa uchastkalardan iborat bo‘ladi.


II Bob ishlab chiqarish xarajatlaring buhgalteriya hisobi.
2.1. Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni hujjatlashtirish
Moddiy xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish mahsulot tannarxiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun hisobni shunday tashkil etish kerakki, unda haqiqiy xarajatlarni normalar bilan uzluksiz va tezkor solishtirish imkoni bo‘lsin.
Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xom-oshyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi.
Korxonalarda xarajatlar turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investitsiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va mehnatga haq to‘lash xarajatlari kabilardan iborat bo‘ladi.
Mamlakatimizda xarajat moddalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R. VM.ning 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori bilan bilan o‘zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asoslanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar; a) ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga qo‘shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydani aniqlash uchun);
2) korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari.
3) favqulodda zarar (soliq to‘lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan).


Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin