Laboratoriya ishi №4 Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga iste’molchilarini «yulduz» va «uchburchak» usullarda ulash. (1)
Laboratoriya ishi №4 Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga iste’molchilarini «yulduz» va «uchburchak» usullarda ulash. I. Ishni bajarishdan maqsad. Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad uch fazali sistemaga iste’molchilarni uchburchak va yulduz usullarida ulashni, sistema simmetrik va nosimmetrik bo‘lgan xollarda nol simdagi tokni aniqlashdan, (4) va (5) munosabatlarni amalda tekshirishdan, xamda nol simning axamiyatini o‘rganishdan iborat.
Kirish Amaliyotda o‘zgarmas tokka nisbatan o‘zgaruvchan tokdan foydalanish ko‘pgina qulayliklarga ega. Masalan o‘zgaruvchan tokni uzoq masofalarga nisbatan kam isrof bilan uzatish mumkin, o‘zgaruvchan tokni transformatsiyalash oson va x.k. Lekin bir fazali o‘zgaruvchan tokdan foydalanishning xam imkoniyatlari cheklangan va qator kamchiliklarga ega, masalan bir fazali tokni iste’molchilarga uzatishda liniyalarni qurish uchun sarflanadigan metal sarfi ko‘p, bundan tashqari bir fazali o‘zgaruvchan tokda aylanuvchi magnit maydoni xosil qilib bo‘lmaydi. Uch fazali tokdan foydalansak bu kamchiliklar barxam topadi. SHuningdek uch fazali tok yana quyidagi afzalliklarga ega:
-elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi yordamida uzoq masofalarga uzatish uni fazalar soni boshqacha bo‘lgan xolga qaraganda iqtisodiy jihatdan (25% gacha) tejamli hisoblanadi;
- uch fazali tokda ishlovchi dvigatel va transformatorlarning tuzilishi oddiy, ishlatishga qulay bo‘lib, ishonchliligi hamda tejamliligi nisbatan yuqoridir;
-uch fazali sistemada bir yo‘la ikkita ishchi kuchlanish, ya’ni faza kuchlanish va liniya kuchlanishi xosil qilish mumkin;
- agar uch fazali EYUK (yoki kuchlanish) sistemasiga simmetrik nagruzka ulangan bo‘lsa, uning oniy quvvati har qanday vaqt uchun o‘zgarmas bo‘ladi.
YUqorida keltirilgan afzalliklari tufayli uch fazali elektr toki ishlab chiqarish, uni iste’molchilarga uzatish va undan (ayniqsa sanoatda) foydalanish iqtisodiy jixatdan samaralidir. SHuning uchun xam bugungi kunda er yuzining barcha mamlakatlarida uch fazali tok ishlab chiqariladi.