Laboratoriya ishi №4 Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga iste’molchilarini «yulduz» va «uchburchak» usullarda ulash



Yüklə 118,04 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2022
ölçüsü118,04 Kb.
#77052
1   2   3   4
Laboratoriya ishi №4 Uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga iste’molchilarini «yulduz» va «uchburchak» usullarda ulash. (1)

III. Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya ishini bajarish uchun uch fazali o‘zgaruvchan tok sistemasiga tegishli nazariy tushunchalarni o‘rganib chiqing, bunda quyidagi savollarga e’tibor bering:
uch fazali tokda iste’molchilarni yulduz va uchburchak usullarida ulash sxemalari;
yulduz va uchburchak shaklida ulangan sxemalar uchun faza va liniya kuchlanishlari, xamda faza va liniya toklarining o‘zaro munosabatlari;
yulduz shaklida ulangan sxemada fazalardagi yuklamalar taksimotining nolinchi o‘tkazgichdan o‘taetgan tokka ta’siri va nol simning vazifasi
Laboratoriya ishi K4822-2 rusumli qurilma elementlari asosida
o‘tkaziladi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida laboratoriya ishi 37,5 V kuchlanishda bajarishga moslashtirilgan.
1- mashq. YUlduz usulida ulash.
1- mashqni bajarish uchun 3 - rasmda ko‘rsatilgan sxema yig‘iladi. Xar bir fazada uchtadan aktiv iste’molchi ( kam quvvatli, chug‘lanma tolali lampalar) bo‘lib, ular o‘zaro yulduz usulida ulangan.
3- rasm. YUlduz usulida ulangan uch fazali sistema.
L1, L2,... L9 - aktiv yuklamalar (lampalar), V1, V2, V3 – kalitlar,
A, V, S, O – taminlash tarmog‘i fazalarining va nol simning klemmalari,
mA – milliampermetr, V - voltmetr.

Sxemani yigib bo‘lgach uni tekshirib chiqing, so‘ngra mashg‘ulot raxbariga ko‘rsating. Mashg‘ulot raxbarining nazorati ostida sxema kirishini 37.5 V kuchlanishli uch fazali tarmoqqa ulang. O‘lchashlarni quyidagi tartibda bajaring:


1. Simmetrik yuklamali rejim.
Simmetrik yuklamali rejimda fazalardagi qarshiliklar teng bo‘ladi. Buning uchun V1, V2, kalitlarni ulang (barcha L1, L2 ….. L9 lampalarning quvvati bir xil bo‘lishi kerak).
- voltmetr yordamida faza va liniya kuchlanishlarni o‘lchab natijalarni yozib oling
- A fazaga ulangan milliampermetrning ko‘rsatishini yozib oling;
- nol simdagi milliampermetrning ko‘rsatishini yozib oling.
2. Nosimmetrik yuklamali rejim.
Simmetrik yuklamali rejimida bajarilgan barcha o‘lchashlarni nosimmetrik rejim uchun ham bajaring. Sistemani nosimmetrik qilish uchun V1, V2 kalitlarni uzib qo‘ying. Nosimmetrik rejimda nol o‘tkazgichdan o‘taetgan tok noldan fark kiladi.
2- mashq. Uchburchak usulida ulash.
Laboratoriya ishini bajarish uchun 4-rasmda ko‘rsatilgan sxema yig‘iladi. Sxemada har bir fazada o‘zaro paralel ulangan uchtadan aktiv iste’molchi (kam quvvatli, chug‘lanma tolali lampalar) bo‘lib, ular fazalarga uchburchak usulida ulangan.

4 - rasm. Uch fazali sistemaga iste’molchilarni uchburchak usulida ulash.
L1, L2,... L9 - aktiv yuklamalar (lampalar); V1, V2 – kalitlar;
A, V, S – taminlash tarmog‘i fazalarining klemmalari; mA – milliampermetr; V - voltmetr.

Sxemani yigib bo‘lgach uni tekshirib chiqing, so‘ngra mashg‘ulot raxbariga ko‘rsating. Mashg‘ulot raxbarining nazorati ostida sxema kirishini 37.5 V kuchlanishli uch fazali tarmokka ulang va quyidagi tartibda o‘lchashlarni bajaring.


Simmetrik nagruzka rejimi:
V1, V2, kalitlarni ulangan. Vf voltmetr yordamida fazalardagi kuchlanishlarni, VL voltmetr yordamida liniyadagi kuchlanishlarni o‘lchab natijalarni yozib oling.
- milliampermetrlar yordamida If - faza tokini va Il - liniya tokini
o‘lchab yozib oling.
Nosimmetrik nagruzka rejimi:
Nosimmetrik yuklama rejimi xosil qilish uchun V1, V2 kalitlarni uzib qo‘ying va simmetrik rejimdagi o‘lchashlarni takroran bajaring.



Yüklə 118,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin