Kirish mavzuning dolzarbligi


Tadqiqot ob’yekti va predmeti



Yüklə 22,99 Kb.
səhifə2/3
tarix24.06.2023
ölçüsü22,99 Kb.
#134782
1   2   3
3 Кириш

Tadqiqot ob’yekti va predmeti; Farg‘ona vodiysi koksidlari ishning obektini tashkil qilsa.
Ishning predmetini koksidlarning ozuqa o‘simliklari bilan morfo-biologik bog‘lanishlarini aniqlash hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Dissertatsiya ishimizda Farg‘ona vodiysi koksidlariнинг озуқа ўсимликлари билан боғлиқ холда морфологик ўзгаришлари, biologiyasi, ozuqa o‘simligiga moslanishi, ekologik tasnifi va o‘ziga xos xususiyatlarini asoslashni maqsad qilib olganmiz.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib o‘z oldimizga quydagi vazifalarni belgilab olganmiz.
Pista o‘simligining adabiyotlar orqali o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
Pista yostiqsimon soxtaqalqondorining morfologik moslanishlarini aniqlash;
Pista yostiqsimon soxtaqalqondorining ekologik xususiyatlarini aniqlash;
Pista yostiqsimon soxtaqalqondorining filogenetik kelib chiqishi hamda DNK ketma-ketliglarini aniqlash.
Ilmiy yangiligi;


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Farg‘ona vodiysi koksidlari (Homoptera, Coccinea)ning ozuqa o‘simliklari bilan morfo-biologik bog‘lanishlari keng qamrovli tadqiq etilsa shu asosida;

  • Farg‘ona vodiysida tarqalgan koksidlarning tur tarkibi va zararlilik darajasi aniqlanadi. Shu asosida, jiddiy zarar keltiruvchi turlarning ham ro‘yxati tuziladi.

  • Farg‘ona vodiysida tarqalgan koksidlarning biologiyasi va morfologik xususiyatlarini o‘rganish asosida uning xayotining eng nozik davrlari aniqlanadi;

  • Koksidlar bilan ozuq o‘simligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yoritib berish;

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); Koksidlarning turli mintaqalar bo‘yicha faunistik tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi va filogenezi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar F.S. Bodenheimer [121; 1-61-b.], A. Balachowsky [118; 149-356-b.], Y.M. Ezzat [123; 377-383-b.], M. Kosztarab, F. Kozar [127; 192-b., 128; 456-b.], YE.M.Dansig [62; 172-181-b.], M.A.Ter-Grigoryan [94; 140-152-b., 95; 123-128-b., 96; 181-188-b., 97; 84-92-b.], B.B.Bazarov [41; 38-42-b., 42; 63-99-b., 5; 238 -b., 44; 51-54-b.], N.S.Borxsenius [17; 450-b.], I.A.Gavrilov [142; 26-b., 143; 46-b.] va boshqalar tomonidan olib borilgan.
Mamlakatimizda A.D.Arxangelskaya [3; 158-b.], R.A.Alimdjanov, S.G.Bronshteyn [2; 348-b.], N.G.Kim [147; 20-b.], K.Zokirov [145; 194-b.] keyingi yillarda O.T.Sobirovlar [2019 y.] tomonidan mazkur sohada tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, ularda koksidlarning tur tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlariga oid ilmiy natijalar e’lon qilingan.
Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonning qator hududlarida turli o‘simliklar koksidlarining tur tarkibi, morfologik va biologik xususiyatlarini o‘rganishga oid tadqiqotlar yuqorida keltirilgan ishlarda yetarli bo‘lsada to‘la qamrab olmaydi. Shu sababli, Farg‘ona vodiysi o‘simliklarida tarqalgan koksidlarning ozuqa o‘simliklari bilan morfo-biologik bog‘lanishlari kabi masalalarni tahlil qilish tadqiqot ishlarini olib borish maqsadga muvofiq xisoblanib, nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 22,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin