Kirish mavzuning dolzarbligi


SOYA VA YARIM SOYA MAVZUSIDAGI DARS ISHLANMASI



Yüklə 51,53 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü51,53 Kb.
#202249
1   2   3   4   5   6
Kirish mavzuning dolzarbligi-fayllar.org

SOYA VA YARIM SOYA MAVZUSIDAGI DARS ISHLANMASI
Mavzu: YORUG'LIKNING TO'G'RI CHIZIQ BO'YLAB TARQALISHI.

SOYA VA YARIM SOYA



Darsning maqsadi:

― o'quvchilarga yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonunini o'rgatish;

― soya va yarim soya haqida tushuncha berish.


Dars materiallari:
1. Fizika darsligi.
2. Tajriba-namoyish jihozlari.
3. Plakatlar, doska, bo'r.


Asosiy tushuncha va atamalar:

― to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni;

― nur, soya, yarim soya.

Darsning blok-chizmasi




Dars bosqichlari


Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash. "Blits" usulida takrorlash


8 minut

3

Tajriba namoyish ko`rsatish


10 minut


4

Yangi mavzu bayoni

18 minut


5

Darsni mustahkamlash va uyga topshiriqlar

7 minut


Darsning borishi:
O'tilganlarni takrorlash "Blits" usulida olib borilishi mumkin. Chunki bunda ko'proq o'quvchilarni savol-javoblarga tortish imkoniyati mavjud. "Blits" da beriladigan savollardan namunalar.
1. Yorug'lik manbalari deganda nimani tushunamiz?

2. Yorug'lik manbalarini qanday qilib tabiiy va sun'iy manbalarga ajratamiz?


3. Yorug'likni qabul qilgichlarga misollar keltiring.
4. Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan qurilmalarga misollar keltiring va h.k.
Savol-javoblar tugagach, yangi mavzu oldidan tajriba namoyishi ko'rsatiladi.

Tajriba darslikda keltirilgan (to'siq va tirqish). Namoyish ko'rsatilganidan so'ng yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalish qonuni keltiriladi. Keyingi tajribada ikkita manbadan bitta to'siqqa nur tushirilganda yarim soya hosil bo'lishi ko'rsatiladi. Bu bilan ham yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishi isbotlanadi. Darsni mustahkamlashda hazil savollar ham berilishi mumkin. Masalan,


Savol

Javoblar

Qorong'u xonada oq ekran oldida o'tirgan o'qituvchining boshi uchta rangli ― qizil, havorang va yashil lampochka bilan yoritilmoqda. Ekranda ko'ringan 1—6 nuqtalardagi ranglarni ayting.


1. (yashil nur soyasi) — to'q qizil, chunki qizil va havorang nur bilan yoritilgan.


2. (havorang va yashil nurlar soyasi) qizil, chunki qizil nur bilan yoritilgan.
3. (havorang nur soyasi) — sariq, chunki qizil va yashil nur bilan yoritilgan.
4. (qizil va havorang nurlar soyasi) —yashil, chunki yashil rang bilan yoritilgan.
5. (qizil nur soyasi) — осh qizil, chunki havorang va yashil rang bilan yoritilgan.
6. (soya tushmagan joy) — oq, chunki hamma nurlar bilan yoritilgan. 





Yorug'likning tarqalishini o'rganish uchun quyidagi tajribani ko'raylik. Yorug'lik manbai (M) va ekran (E) oralig'iga birorta to'siq (T) qo'yaylik (1-a rasm). Shunda ekranda to'siq hosil qilgan soyani ko'ramiz. Agar manba (M) bilan ekran oralig'iga tirqishi bor to'siqni (T1) qo'ysak, ekranda tirqish shakliga mos yorug' dog'ni ko'ramiz (1-b rasm). Soya chetlaridan to'siqqa tomon chiziqlar tushirsak, ular manbada uchrashadi. Shunday hol yorug' dog' va tirqish orqali to'g'ri chiziq o'tkazilsa ham kuzatiladi. Bundan yorug'lik to'g'ri chiziq bo'ylab tarqaladi, degan xulosaga kelamiz. Shunga ko'ra yorug'likni nur deb ham ataladi. Matematikada ba'zan to'g'ri chiziqni chizishda «nur o'tkazaylik» degan iborani ham ishlatishadi.2-rasmda buyum orqasida hosil bo'lgan soya ko'rsatilgan. Soyaning o'rta qismi to'la qorong'i, chet qismi esa nimqorong'i. Shunga ko'ra to'la qorong'i qismini soya, nimqorong'i qismini yarim soya deb ataladi. 2-a rasmda buyumda yorug'lik ikkita manba (S1 va S2)dan tushgan hol ko'rsatilgan. Buyum orqasida hosil bo'lgan soya qismiga birorta manbadan yorug'lik tushmaydi. Yarim soya qismiga manbaning bittasidan yorug'lik tushadi. Yarim soyadan tashqariga har ikkala manbadan yorug'lik tushadi. Agar shamlardan birini o'chirsak, buyum orqasida faqat soya hosil bo'ladi.





1-rasm




2-rasm



2-b rasmdagi manzarani tushuntirishga harakat qiling! Unda shar o'lchami yorug'lik manbai elektr lampochkasidan ancha kichik.


AMALIY TOPSHIRIQ
Vannada cho'milayotganingizda ermak uchun quyidagi tajribani qilib ko'ring. O'zingiz bilan qalam olib kirib, uning soyasini vanna suvining tubida kuzating. So'ngra qalamning yarmini suvga tiqib, yana soyasini kuzating. Bunda soya ikki qismga ajralishiga e'tibor bering. Soyalar orasi ancha katta bo'lib, yorug' bo'ladi. Sababi haqida o'ylab ko'ring.


Yüklə 51,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin