Kirish mavzuning dolzarbligi


Alеksandr Makеdonskiy davlat boshqaruvi



Yüklə 59,68 Kb.
səhifə4/8
tarix27.05.2022
ölçüsü59,68 Kb.
#59799
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Suxrob

1.2 Alеksandr Makеdonskiy davlat boshqaruvi
Aleksandar Makedonskiyning harbiy yurishlari va unga qarshi kurash. Davlat boshqaruvi.
Ulkan Ahamoniylar saltanati o‘zining g‘arbga qilgan ekspansiyasi natijasida Yunon davlatlari bilan to‘qnashadi va buning natijasida mil.avv. V asrning birinchi choragida Yunon-fors urushlari boshlanadi. Mil.avv. V asr davomida betinim urushlar, saroydagi fitnalar, bosib olingan xalqlarning ozodlik uchun kurashlari Ahamoniylar davlatini ancha zaiflashtirib qo‘ygan edi. Mil.avv. IV asrining o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Filipp II Bolqon yarim orolida o‘z mavqeini mustahkamlab olib Ahamoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Filipp II o‘z davriga mos harbiy islohotlar o‘tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Mil.avv. 336 yilda Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Filipp II ning o‘ldirilishi tufayli bu kurash to‘xtab qoldi. O‘sha yili taxtga Filipp II ning o‘g‘li 20 yoshli Aleksandr o‘tirdi. U Ahamoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo‘shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash to‘zib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. Mil.avv. 334 yil mayida (Graniq daryosi yonida), 333 yil oktyabrida (Gavgamela, SHimoli-sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. SHundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra So‘za, Persepol, Pasargada shaharlarini egallab fors podsholarining xazinalarini qo‘lga kiritdi. So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi. Mil.avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang‘iyona, Araxosiya kabi viloyatlarni egallab Oks-Amudaryo bo‘ylariga chiqib keladi. Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko‘ra bu paytda daryo juda sersuv bo‘lib, to‘lib oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari, CHushqago‘zar, Termez atroflari va SHo‘rob deb hisoblaydilar. Nima bo‘lganda ham, Aleksandr qo‘shinlari qoplarga somon-xashak to‘ldirib, ular orqali besh kun davomida Amudaryodan kechib o‘tganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan. Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati Navtakaga» yo‘l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug‘d erlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng Yunon-makedon qo‘shinlari Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra Yunon-makedonlar «shaharda o‘zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», shimoli-sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzax va O‘ratepa oralig‘idagi tog‘li hududlarda Yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ladi. SHunga qaramasdan tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan Yunon-makedonlar dasht ko‘chmanchilari saklar va Sug‘diylar o‘rtasida chegara bo‘lgan Yaksart-Sirdaryoga tomon harakat qiladilar. Yunon-makedonlar Yaksart bo‘yida to‘xtab bu erdagi shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko‘p o‘tmay bu shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo‘zg‘alon ko‘taradilar. Daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir erga to‘play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va Sug‘diyona hududlarida ham Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. Aleksandr dastlab Yaksart bo‘yida o‘z mavqeini mustahkamlashga qaror qilib, bu erdagi qo‘zg‘olonlarni bostirdi. Sug‘diyonada mil.avv. 329 yil ko‘zida Spitaman boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (Maroqandda) bostirish uchun sarkarda Farnux boshchiligidagi qo‘shinlarni jo‘natdi. O‘zi asosiy kuchlar bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo, bu yurish muvafaqiyatsiz tugadi. Farnux boshchiligidagi Maroqandaga jo‘natilgan qo‘shinlar Spitaman tomonidan mag‘lubiyatga uchradi. Aleksandrning o‘zi asosiy kuchlari bilan Sug‘diyonaga qaytishga majbur bo‘ldi. O‘rta Osiyo hududlarida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar Yunon-makedon zulmidan ozod bo‘lishga qaratilgan bo‘lib, Aleksandrning «varvar» larni osonlikcha bosib olmoqchi bo‘lgan rejalarini puchga chiqardi. Sug‘diyonaning tog‘li hududlaridagi bosqinchilar qadami etmagan joylarda qo‘zg‘olonchilar yashirinib olgan edilar. Sug‘diyonaning deyarli barcha aholisi Spitaman tomonida bo‘lib, uning g‘alabalariga katta umid bog‘lagan edilar. Aleksandr esa, mil.avv. 329-28 yillar qishlovini Baqtriyada (ba’zi manbalarda Navtakada deyiladi) o‘tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu erda Xorazm hukmdori Farasman bilan mo‘zokaralar olib bordi. Natijada Aleksandrning Xorazmga yurish rejasi to‘xtatildi. Mil.avv. 328 yilning bahoridan Yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oldi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qal’alar, tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ahvol jiddiylashganidan xavotirga tushgan Aleksandr 30 ming qo‘shinini 5 guruhga bo‘lib, bu guruhlarga ishonchli sarkardalar – Gefestion, Ptolemey Lag, Perdikka, Ken va Artabozlarni boshliq etib tayinladi. Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko‘pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o‘rinda Spitamanning jasorati haqida to‘xtalish joizdir.1 U doimo raqiblarining zaif joylarini izlar va ularga aynan o‘sha joylardan zarbalar berar edi. Spitaman Sug‘diy va baqtriyalik zodagonlar, hamda saklar bilan ittifoqlikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning ma’lumot berishicha mil.avv. 328 yilning oxirida Spitaman o‘z vatandoshlari xiyonatining qurboni bo‘ladi. Spitaman tajribali davlat arbobi va sarkarda bo‘lib, u bosqinchilarni Ona – yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bo‘lgan barcha tadbirni ko‘rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo‘lib dushmanning kichik hatosidan ham unumli foydalanar va uning zaif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Aleksandr harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi. Spitaman halok bo‘lganidan so‘ng asosan tog‘ qal’alari qo‘zg‘olon o‘choqlariga aylanadi. Yozma manbalarda eslatilgan «Sug‘d qoyasi» (yoki «Arimaz qoyasi»), «Xorien qoyasi» shular jumlasidandir. Aleksandr Makedonskiy mahalliy aholini kuch bilan engish nihoyatda og‘ir ekanligini anglab etganidan so‘ng turli yo‘llar bilan ularga yaqinlashishga qaror qildi. Mahalliy xalq vakillariga nisbatan siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Xususan, zardushtiy qohinlariga birmuncha erkinliklar berib o‘zi ham bu dinni qabul qildi. Qo‘zg‘olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xorien kabilarni avf etib, mol-mulklarini qaytarib berdi. Hatto, qo‘zg‘olonga qatnashganlarga mukofotlar tarqata boshladi. Mahalliy aholi bilan qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatib Oksiartning qizi go‘zal Roksanaga (Rohshanak) uylandi. Natijada mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o‘tib ketdilar. Mil.avv. 327 yilning oxirida Sug‘diyonadagi qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari ham bostirildi. Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Ular Yunonlar o‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqaga qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar.2



Yüklə 59,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin