Kirish mavzuning dolzarbligi


Mavzuning maqsad va vazifasi



Yüklə 59,68 Kb.
səhifə2/8
tarix27.05.2022
ölçüsü59,68 Kb.
#59799
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Suxrob

Mavzuning maqsad va vazifasi: Ma'naviy, ilmiy va estetik qadriyatlar xalqimizning turmush tarzida, an'anaviy madaniyatida muhim o’rin olgan. Biz o’zimizning tariximizni va jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz - Sharqning mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug’bek va boshqalarni e'zozlaymiz hamda ular bilan faxrlanamiz.
Bugungi kunda, O,zbekiston o’zining ma'naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davriga, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub o’zgartirishlar davriga qadam qo’ydi.
Biz barpo etayotgan davlat eng avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi lozim.1
IX asrdayoq Yevropaliklar “Algebra” deb atagan fanga asos solgan buyuk vatandoshimiz Al-Xorazmiyning; Xristofor Kolumbdan qariyb besh asr oldin okean ortida quruqlik, ya'ni keyinchalik Amerika deb nom olgan qit'a borligini bashorat qilib, ilmiy asoslab bergan qomusiy bilim sohibi Abu Rayhon Beruniyning; “Tib qonunlari” nomli mashhur asarining o’ziyoq lotin tilida 30 martadan ziyod nashr etilib, o’rta asrlarda butun dunyo, shu jumladan Yevropa tibbiyot institutlarida qo’llanma sifatida o’qitilgan ulug’ ajdodimiz Ibn Sino kabi ko’plab allomalarning nomlari va ilmiy ishlari bilan dunyo ahli tan olgan va e'tirof etishgan.
“Jahon tarixi” fanidan tavsiya etilayotgan darslik jahon andozalariga rioya qilgan holda yangicha metodologik va sivilizatsion yondashuv asosida tayyorlangan.
Ushbu darslik ikki katta bo’limdan iborat. Uning birinchi bo’limi “Qadimgi davr” xronologik jihatdan ibtidoiy jamoa tuzumidan to Rim imperiyasining parchalanguniga, ya'ni eramizning III - VI asrlariga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davmi o’rganishda asosiy e'tibor - ibtidoiy jamoa tuzumining evalyutsion jarayonlariga, dastlabki sivilizatsiya markazlarining yuzaga kelishi jarayonlariga, quldorlik davlatlarini shakllanish va ularning yuksalishi va turg’unlikka yuz tutish sabab-oqibatlari, ushbu davlatlardagi siyosiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy holat, madaniyat va ilm sohalarida erishilgan yutuqlariga, qadimgi davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarga, quldorlik tizimining parchalanish holatlarini o’rganishiga qaratiladi.
Darslikning ikkinchi bo’limini “O’rta asrlar davri” tashkil etadi. Ushbu bo’lim yangicha metodologik va sivilizatsion yondashuvlarga binoan xronologik jihatdan IV - V asrlardan XV asrga qadar, ya'ni buyuk geografik kashfiyotlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi shuni ham alohida ta'kidlash joizki bugungi kunda ushbu bo’lim ilk va rivojlangan o’rta asrlar davriga ajratilgan holda o’rganilmoqda. Shunga binoan, evalutsion taraqqiyot asosida jahonda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonlari, buyuuk imperiyalar o’rnida yangi davlatlarning barpo etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yangicha shaklini yuzaga kelishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasidagi siyosiy qarama - qarshiliklar, inson taraqqiyotida fan va madaniyatning o’rni kabi masalalar ko’rib chiqilinadi.
Darslik “Tarix” fakulteti mavjud pedagogik oliy o’quv yurti talabalariga mo’ljallangan bo’lib unda har bir mavzuga oid mustahkamlash savollari, tayanch iboralari, glossariy va adabiyotlar ro’yhati keltirilgan. Bunday tarzda darslikning yaratilishi talabalar tomonidan o’rganiladigan mavzularni puxta o’zlashtirilishiga xizmat qiladi.
Ta'kidlash joizki, mualliflar guruhi “Jahon tarixi” birinchi qism (“Qadimgi va o’rta asrlar davri”) ideal tarzda yaratilgan darslik bo’lishiga da'vo etmaydi. Darslikni yaratishda albatta “Jahon tarixi” fanidan, jumladan “Qadimgi dunyo tarixi” hamda “O’rta asrlar tarixi” bo’yicha avvallari yaratilgan darslik va o’quv qo’llanma shuningdek yangi ilmiy maqolalar va tarixiy ma'lumotlarga tayanilgan. Yaratilgan darslik yuzasidan neki taklif va mulohazalar mavjud bo’lsa mualliflar guruhi minatdorchilik bildirib ularni to’g’ri qabul qilgan holda albatta kelgusi ishlarida inobatga oladilar.
Darslik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix kafedrasi mualliflar jamoasi tamonidan tayyorlandi. Jamoa rahbari tarix fanlari nomzodi, dotsent Erkin Qosimov (1,2,3-§, illyustratsiya materiallari), mas'ul muharrir tarix fanlari doktori, professor Erkin Zuhriddinovich Nuriddinov (kirish), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ra'no Mulladjanova (10,11,12,27,37,38-§), tarix fanlari nomzodlari: Farhod Ismatullaev (7,8,9,34,35,36-§), Nodira Sardorovna Rasulova (22,23,24-§), katta o’qituvchilar: Shavkat Shukurovich Zokirov (19,20,21,28,29-§), Aziz Abduazimov (16,17,18,26,39,40-§), Tatyana Lvovna Ponamaryova (4,5,6,25,30,31-§) va o’qituvchi Munira Nasritdinovalar (13,14,15-§) tomonidan tayyorlandi.
Aziz talaba! Davlat mustahkamligi va qudrati uning jahon jamoatchiligining oldidagi ma'naviy-axloqiy qiyofasi va nufuzi bilan ham bog’liq. Tarix esa ma'naviyat ko’zgusidir. Aynan shuning uchun ham jahon tarixini bilish ila xalqimizning, millatimizning ma'naviy jihatdan uyg’onishi, jahon ma'naviy ta'limotidan, xalqimizning tinch hayot kechirshiga, do’stlik va hamkorlikka, o’zaro jipslik va sabr toqatga o’rgatuvchi omilga ega bo’lamiz. Oldimizda xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatini eng yaxshi yutuqlarini o’ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirishdek buyuk vazifa turibdi. Madomiki, fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita deb qaralmoqda ekan. Tarix fani odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini botlovchi, asoslovchi fandir.1

Yüklə 59,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin