II BOB: ALЕKSANDR MAKЕDONSKIY SALTANATINING KENGAYISHI VA PARCHALANISHI 2.1 Alеksandr Makеdonskiy saltanati kengayishi Aleksandr qo‘shinlari butun SHarq davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirganlarida Sug‘diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Aleksandr tarixini yozgan ko‘pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar. O‘zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi o‘z ozodligi va mustaqilligi yo‘lida bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko‘p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. SHunga qaramasdan bunday holatlar davlatchilik tarixida muhim iz qoldirgan. SHunday qilib Xorazm, CHoch (Toshkent vohasi), Farg‘ona va saklar yurti Aleksandrdan mustaqil bo‘lib qoladi. Sug‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya Aleksandrning davlatiga qo‘shilib, keyinchalik ularning hududida ayrim Yunonmakedon davlatlari vujudga keladi. Aleksandrning harbiy yurishlari SHarq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdosotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida mahalliy va Yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilik, kulolchilik va tasviriy san’at, yangi yozuvlarning tarqalishi, tangashunoslik hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar o‘z navbatida qadimgi SHarqning juda ko‘plab madaniy yutuqlarini qabul qiladilar hamda mahalliy aholi madaniyatiga ham ta’sir o‘tkazadilar. Aleksandr davridan boshlab, bir necha asrlar davomida, SHarqning siyosiy tarixi (davlat tizimi, boshqaruv usullari, qonunlar va huquq) da turli an’analarning qo‘shilib rivojlanganligini ko‘zatishimiz mumkin. Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etdi. Uning vafot etishi bilanoq davlatdagi markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashuvi natijasida Aleksandr to‘zgan davlat parchalanib uning o‘rniga nisbatan barqarorroq bo‘lgan davlat uyushmalari paydo bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, Aleksandr davlatining parchalanishi va uning xarobalarida yangi davlatlar tizimining paydo bo‘lishi tinchlik yo‘li bilan emas balki, Aleksandrning Makedonskiyning yaqin sarkardalari – diadoxlar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‘lib o‘tdi. Diadoxlar o‘rtasida 40 yildan ziyodroq davom etgan jangu-jadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi. Aleksandr Makedonskiy mulklariga egalik qilish shu bilan yakunlandiki, mil.avv. 306 yilda nisbatan kuchli bo‘lgan diadoxlar – Antigon Birko‘zli (Odnoglazыy), Demetriy Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax, Salavka, Kassandrlar o‘zlarini podsho deb e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida o‘z davlatlarini barpo etishni ma’lum qildilar. SHu tariqa tarix sahnasida G‘arb va SHarq an’analarini uyg‘unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo‘ldi. Ana shunday yirik davlatlardan biri-Salavkiylar davlati edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi Yunon zodagonlarining qo‘zg‘oloni xususiyatiga ega bo‘lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo‘lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248 va 246-145 yy). Bu davlatning asosi Baqtriya bo‘lib, ba’zi hukmdorlar davrida (Evtidem, Demetriy, Evkratid) Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta erlar qo‘shib olinadi. Baqtriyaning salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi xususida rimlik tarixchilar Pompey Trog va Yustinda o‘zuq-yuluq ma’lumotlar saqlangan bo‘lsada bu haqda batafsil ma’lumotlar uchramaydi. SHunga qaramasdan mavjud tangashunoslik, ayrim xo‘jalik hujjatlari, san’at yodgorliklari, sug‘orish inshootlari va imoratlar qoldiqlari bergan ma’lumotlar asosida bu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Ammo, Yunon-Baqtriya davlatining siyosiy tarixi ko‘p hollarda qiyosiy solishtirish va taxminlarga asoslanadi.1