2.2 Alеksandr Makеdonskiy saltanati parchalanishi Yunon-Baqtriyada davlat podsho tomonidan boshqarilgan bo‘lib, tangashunoslik ma’lumotlari Diodot I,II,III, Evtidem I,II, Demetriy, Geliokl, Platon kabi podsholari haqida xabar beradi. Salavkiylar kabi Yunon-Baqtriya podsholari ham davlatni satrapliklarga bo‘lib idora etganlar. Yunon-Baqtriya markazlashgan davlat bo‘lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir nechta viloyat (satrapiya) larga bo‘lingan bo‘lib, bu viloyatlar boshqaruvchilari yoki hokimlari podshoga bo‘ysunar edilar. Ammo, bu davrda davlat nechta satrapiyalar bo‘lganligi va ular qanday nomlanganligi ma’lum emas. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, satrapiyalarga noib satraplarni tayinlashda qarindoshchilik an’analariga amal qilingan bo‘lishi mumkin. Yunon-Baqtriya podsholigi davlat tuzilishining muhim tomoni – qo‘shin va uni tashkil etish edi. Avvalo, ta’kidlash lozimki, Yunon-baqtriya qo‘shinlarining katta qismini baqtriyaliklar va boshqa mahalliy aholi tashkil etgan. Qo‘shinning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari otliq-suvoriylardan iborat bo‘lgan. Qo‘shinlar tarkibida harbiy fillar ham bo‘lgan. Antik davr O‘zbekiston hududlarida tarqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni K. SH. SHoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi. Qang‘ davlati asosini tashkil etgan qabilalar Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi harbiy hujumlar tufayli Qang‘ davlati nafaqat mustahkamlanib oladi, balki o‘z chegaralarini ham kengaytirib boradi. YA’ni, mil.avv. II va milodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi ancha kengayib Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo erlari, Talas vodiysi va CHu daryosining quyi oqimidagi erlarni o‘z ichiga olar edi. Qang‘ davlati haqida bizgacha etib kelgan manbalarda bu davlat hokimiyati qanday idora qilingani, boshqaruv tartibi va shakllari haqida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy) Qang‘ podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi haqida ma’lumot beriladi. Bundan xulosa chiqargan tadqiqotchilar o‘sha davrda tashkil topgan Qang‘ davlatida kengash muhim rol o‘ynaganligini, davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashganliklarini hamda ularning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Demak, o‘sha davrlarda podsho saroyi qoshida kengash mavjud bo‘lib, podshoning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha davlat ishlari va boshqaruvi bilan bog‘liq masalalar ana shu kengash yig‘ilishida hal qilingan. Qang‘ davlatiga qarashli erlar bir nechta viloyatlarga (yoki mulklarga) bo‘lingan bo‘lib, ularning har birini jobg‘u yoki yobg‘u (qad. Xitoy manbalarida – chjaovu) deb nomlangan xokimlar boshqargan. Jobg‘ular mamlakat boshqaruvida Qang‘ podsholarining asosiy tayanchi hisoblangan. Jobg‘ular podsholarga yaqin kishilardan, ularning qarindoshlaridan, yirik urug‘-qabila boshliqlaridan tayinlangan. Mil.avv. II-I asrlarga kelib Qang‘ davlati kuchayishi natijasida bir qancha viloyatlar unga tobe etiladi. N. YA. Bichurin, Xitoy solnomalarida qang‘lilarga tegishli qo‘yidagi beshta viloyatlar haqida ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse (Susye), Fumu, YUni, Gi, YUegyan. Ushbu viloyatlarning qaysi hududlarda joylashganligi haqida tadqiqotchilar orasida yagona fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V. V. Bartold, M. E. Mason, S. P. Tolstov) Suseni-Kesh (SHaxrisabz), FumuniZarafshondagi Kushoniya, YUnini-Toshkent, Gini-Buxoro, YUegyanni-Urganch va uning atroflari bilan aynan bir deb hisoblaydilar. Ammo, Qang‘ga tobe viloyatlarning bunday joylashtirish to‘la holda ilmiy asoslanmagan bo‘lib, munozarali hisoblanadi. Qang‘ davlatining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lib, uning anchagina katta hududlarida Sug‘diyona, Xorazm va Toshkent vohasida yashovchi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan o‘troq aholi bilan birgalikda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadar qabilalar (saklar, massagetlar, toharlar, alanlar va boshqalar) istiqomat qilganlar. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan qang‘lilar Qang‘ davlati tashkil topishida asosiy o‘rinni egallagan bo‘lib, Qang‘ podsholari asosan qang‘lilar bo‘lgan. Mil.avv. II - mil. II asrlarda Qang‘ davlati o‘z rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Qang‘ podsholariga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil viloyatlarni birlashtirgan bu davlat o‘z vaqtida anchagina kuchli bo‘lib, o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga egadir. Agarda antik davrda O‘rta Osiyoning janubida shakllangan Kushon va Parfiya davlatlari Ahamoniylar, Aleksandr Makedonskiy, Salavkiylar asos solgan davlatlar an’analarini o‘zlashtirib taraqqiy etgan bo‘lsa, Qang‘ davlati taraqqiyotida ko‘chmanchilar davlatchiligi belgilari borligi bilan ajralib turadi. Bizga qadar etib kelgan yozma manbalar va bugunga qadar olingan arxeologik ma’lumotlarga asoslangan tadqiqotchilar Qang‘ davlati, uning tarkibi, siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixini yoritishga, mazkur siyosiy birlashmada davlatchilik boshqaruvining shakllanishi va rivojlanishi xususida o‘z munosabatlarini bildiradilar. Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, qang‘lilarning ko‘pchiligi shaharlarda va katta-kichik qishloqlarda yashaganlar. SHaharlar mustahkam himoya inshootlari bilan o‘rab olinib, ularda qal’alar ham mavjud bo‘lgan. 1Ko‘pchilik shaharlarning avvaldan o‘ylangan rejaviy to‘zum asosida qurilganligi Qang‘ davlatida shaharsozlik madaniyati rivojlanganligidan dalolat beradi. Mustahkam himoya inshootlari va qal’alarga ega bo‘lgan shaharlarda hamda yirik qishloq va qo‘rg‘onlarda yirik qabila boshliqlari, urug‘ yoki jamoa oqsoqollari, boy-badavlat oilalar va qisman hunarmandlar yashaganlar. Turarjoylar asosan paxsa va xom g‘ishtdan qad ko‘targan. Qang‘ davlati aholisining ko‘pchilik qismi tarqoq holda kichik-kichik qishloqlarda, erto‘lalarda, kapa uylarda va o‘tovlarda yashab, yarim o‘troq va ko‘chmanchi turmush tarzi yuritganlar. SHahar va qishloqlarda hunarmandchilikning ko‘plab sohalari – kulolchilik, temirchilik, teriga ishlov berish, zargarlik, toshtaroshlik, to‘qimachilik kabi o‘nlab turlari rivojlangan edi. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, yirik shaharlarda hunarmandchilikning ma’lum sohasiga ixtisoslashgan ustalarning mahallalari mavjud bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan rangdor sopol idishlar, turli matolar qoldiqlari, charm buyumlar, ot-ulov anjomlari hamda turli zebziynatlar Qang‘ davlati madaniyati nihoyatda rivojlanganligidan dalolat beradi. SHuningdek, Kanka harobalaridan, Jo‘nariq atroflaridagi tepaliklardan, Qovunchitepa, CHoshtepa va Toshkent vohasining ko‘pgina hududlaridan mil.avv. III – milodiy V asrga oid arxeologik topilmalar ham Qang‘ madaniyati rivojining namunasidir. Qang‘ tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu davlat madaniyatining yuqori darajasi tasodifiy hol emas. Yaksart-Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lilarning Sug‘diyona, Farg‘ona hamda daryoning quyi oqimida yashovchi ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari Qang‘ davlati madaniyati taraqqiyotiga asos bo‘lgan edi. SHuning uchun ham ko‘p hollarda ular madaniyatidagi umumiylik ko‘zga tashlanadi. Undan tashqari Qang‘ davlati hududlaridan Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarining o‘tganligi ham davlatning iqtisodiy va madaniy rivojiga, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va diplomatik aloqalarning taraqqiy etishi uchun omil bo‘lib xizmat qilgan edi. Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‘chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi haqida ma’lumot beradi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, saklar qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, – “Baqtriya va Sug‘diyonaning skif qabilalari saraukalar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha, har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan. Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161 yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonidan o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, yuechjilar mil.avv. 140-130 yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuechji hukmdorlari qo‘l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, SHaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uch bosqichga bo‘ladilar: 1. Mil.avv. 139-125 yillar – Katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi. 2. Mil.avv. 25 yilga qadar – Katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. YUechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, SHaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib, ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan birlashtirilgan. 3. Mil.avv. 25 yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi. Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tarixi kam o‘rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning hokimiyat tepasiga kelish sanasi, ushbu davlat tarixini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy ma’lumotlar va ilk o‘rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushon davlati tarixini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar: 1. Yunon-Baqtriya podsholari hukmronligining tugatilishi hamda O‘rta Osiyo va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining tashkil topishi (mil.avv. II asrning oxiri – I asr). 2. Buyuk Kushon davlatining paydo bo‘lishi va gullab yashnashi (milodiy IIII asrlar). 3. Ko‘chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining inqirozi va qo‘lashi (III asr oxiri – IV asr).1
XULOSA Yunon-Makedon qo'shinlari O'rta Osiyo yerlarida shu qadar holdan toyib, o'zining jangovarlik qobiliyatini yo'qotdiki, buning oqibatida ularshimoliy Hind yerlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig'idagi Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta'kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug'i ruhan cho'kkan butun qo'shinda katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan.
Shunday qilib, t butun yer yuzini egallab, dunyo hukmdori bo'lishga daVo qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko'zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o'zi mil. av. 323—yilda Bobilda hayotdan ko'z yumadi. Ayniqsa, uning ko'p sonli lashkar-larining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlarberishi pirovardida uningjahongirlik da'vosini puchga chiqardi.
O'zgalar yurtini zo'rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o'z irodasini majburan o'tqazish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog'ini hech mahal unutmaslik kerak.