II BOB. LOYIHАLАSH METODI АSOSIDА PEDАGOGIK JАRАYON SАMАRАDORLIGINI TА’MINLАSHNING MАVJUD IMKONIYАTLАRI 2.1. Loyihаlаsh metodi-pedagogik jаrаyonini loyihаlаsh texnologiyаsining аsosi sifаtidа Loyihаlаr tа'lim jаrаyonini tаshkil qilishdа sаmаrаli metodlаrdаn biridir, dаrs jаrаyonini tаshkil qilishdа pedаgog dаstlаb loyihаning mаqsаdini oldindаn qisqаchа yozmа shаkldа bаyon qilishi, Loyihаdаn olinаdigаn nаtijаni oldindаn ko'rа bilish, tаshxis vа loyihаlаsh hаr qаndаy pedаgogik vаzifаni hаl etishning аjrаlmаs uchligi hisoblаnаdi. Hаr qаndаy loyihа yo'nаlishi vа predmetigа ko'rа bir-birlаridаn fаrqlаnаdi. Loyihаning ko'lаmi, izchilligi, hаjmi bilаn hаm fаrqlаnаdi. hаr bir pedаgog loyihаlаshdа o'quvchi vа o'qituvchining fаoliyаt mаzmunini yoritаdi. Pedаgogik jаrаyonni loyihаlаshdа pedаgogning fаoliyаti, pedаgogik vositаlаrni qo’llаsh mаzmuni vа imkoniyаtiginа hisobgа olinmаsligi kerаk. U аsosаn аlohidа o’quvchi vа o’quvchilаr guruhi tomonidаn tаshkil etiluvchi fаoliyаt mаzmunini yoritishi zаrur.
1911 yilda AQSh talim tizimida «loyiha» tushunchasi talimiy kategoriya deya etirof etilgan bolsa, loyiha metodi didaktik usul sifatida XIX asr boshlarida shakllangan. Ushbu usul amerikalik pedagoglar V.Kilpatrik, Ye.Kollings va Ye.Parxerstning tadqiqotlarida yanada rivojlantirildi Talim sifati va samaradorligini taminlashda loyiha metodining ahamiyati bugungi kunda ham alohida dolzarblik kasb etmoqda.
«1919 yilda AQShning Dalton shahrida psixolog Ye.Parkxarst tomonidan pedagoglar bilan hamkorlikda aniq reja asosida sinf-dars tizimini har bir oʼquvchi bilan individual ishlashga oʼzgartirish goyasi ilgari surildi. Unga kora individual shaxsiy va psixologik imkoniyatlariga tayangan holda har bir oquvchi tomonidan oquv materiallarini unga xos bolgan tezlik, suratda qabul qilinishi uchun sharoit yaratib berildi. Oʼquvchilar kunning birinchi yarmida hech qanday jadvalsiz, ishchi yoriqnoma asosida mustaqil ishlaydi. Kunning ikkinchi yarmida esa oz qiziqishlariga kora kichik guruh yoki juftliklarda muayyan savollar boyicha topshiriqlarni bajaradi, organilgan mavzuni muhokama qiladi. Ushbu metod uning goyalari asoslangan shahar sharafiga «Dalton-reja» deb nomlandi. Metod Rossiyada «loyiha metodi» nomi bilan ommalashdi va otgan asrning 20-yillarida universitet hamda maktablarda keng qollanildi» Zamonaviy sharoitda Ozbekiston talim muassasalarida ham loyiha metodidan samarali foydalanishga alohida etibor qaratilmoqda.
Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni
mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi.
Loyiha metodi- oʼquv jarayonini individuallashtirish, oquvchining ozini mustaqil namoyon qilishini rejalashtirish, oz faoliyatini oqilona tashkillashtirish va nazorat qilish imkoniyatini beradigan talim metodlari majmui
Oʼquv loyihalari organilgan mavzu boyicha bilimlarni tizimlashtirish, umumlashtirish, mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu turdagi loyihalarni tayyorlashda oʻquvchilar tanlangan (taqdim etilgan) mavzu boyicha axborotlarni yigish, ularni saralash, tahlil qilish, bir necha variantda yechimlarni taqdim etish, ular orasidan eng oqilona yechimni topish, yechimni bayon (taqdim) etish, yechim yuzasidan ekspertlar tomonidan berilgan bahodan kelib chiqqan holda yol qoyilgan xatolarni anglash yoki yutuqlarni boyitish yollarini aniqlash, shuningdek, ozini ozi tanqidiy baholash kabi harakatlarni izchil ravishda amalga oshiradi. Oʼquv loyihalari bevosita aniq mavzu boyicha tayyorlanishi zarur. Shundagina ularning talimiy ahamiyati yanada oshadi.
Talim jarayonida oʼquv materialining xarakteri, mavzu yonalishidan kelib chiqqan holda oʻquvchilar oʼquv loyihalarining quyidagi turlaridan foydalanadi:
1) Axborotli loyihalar.
2) Ijodiy loyihalar.
3) Tadqiqot loyihalari.