I – BOB. Mavarounnahrda Temuriylar saltanatini vujudga kelishi. 1.1 Amir Temur hukumronligining boshlanishi Amir Temurda davlatga, harbiy ishlarga bo`lgan qiziaqish juda erta uyg`ondi. U jismonan juda baquvvat bo`lgan. Sharqona kurash va mushtlashish usullarini puxta egallagan. Chavandozlik uning eng yaxshi ko`rgan mashqi bo`lgan. Temurning shaxsiy qiyofasi, kuch-qudrati to`g`risida Ibn Arabshoxninig quyidagi iboralari g`oyatda asoslidir. “Amir Temur jismu-jasadi kelishgan, qaddi-qomati tik, uzun bo`yli, go`yo qadimgi paxlavonlar avlodlari misoli bo`lib, boshi katta, g`oyatda kuchli va salobatli, oqish yuzini och qizil rang jonlantirgan bilan xech bir dog`siz, bug`doyrang, qo`l oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, o`ng oyoq-qo`li cho`loq va shol, ikki ko`zi bamisoli ikki shamdek bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan qo`rmas, yoshi saksonga yetgan bo`lsada, iztirobsiz, vazmin bo`lib, hazil-mazax va yolg`onni yoqtirmas, garchi unda o`ziga ozor yetadigan biron so`z bo`lsa ham xaqiqat unga yoqar edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas va qo`lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi”1. Sohibqiron Amir Temur tarixan o`ta murakkab vaziyatda XIV asrning 60- yillarida siyosat maydoniga chiqdi. Bu davrda Chingizxon avlodlari o`rtasida toju-taxt, davlat va mol talashishlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig`atoy ulusiga qarashli hududlarga feodal tarqoqlikning yanada chuqurlashuviga sabab bo`ldi2. Mahalliy hokimlarning o`zboshimcha xarakatlari natijasida Chig`atoy ulusiga qarashli Movarounnahr hududida o`nlab mustaqil bekliklar vujudga keldi. Shahrisabzda Xoji Barlos, Xo`jandda Boyazid Jaloyir, Balxda Amir Xusayn, Shibirg`onda – Muhammad Aperdi Nayman, Ko`xistonda-amir sotilmish, Arxang saroyda – O`ljoy Aperdi va boshqalar o`zlarini hokimi mutloq deb xisoblashardi. Bir yoqdan mo`g`ul xonlari o`tkazayotgan zug`umlar, ikkinchi tomondan esa – Mahalliy hokimlar o`rtasida to`xtovsiz davom etayotgan nizo va urushlar o`lkani mushkul ahvolga solib, oddiy xalq ommasining turmushini og`irlashtiribgina qo`ygani yo`q, Ayni zamonda boy va zodagonlarning manfaatlariga ham putur yetkazdi. Shu boisdan ham o`lkada feodal tarqoqlika barham berish, markazlashgan kuchli davlat barpo etish va so`ngra mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lishga intilish g`oyasi tobora kuchayib bordi. Xalqning anashu xoxish irodasini birinchilar qatorida tushungan Mahalliy hokimlardan biri Xoji Barlosdir1. Kesh (Shahrisabz) hokimi Xoji Barlos – turklarning barlos urug`idan bo`lib, Amir temurning amakisi edi. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, 1358 yilda amir qozog`onning o`g`li Abdulloxga qarshi kurash boshlagan mo`g`ul amiri Bayon sulduz yonida Xoji Barlos ham bo`lgan. Ular amir Abdulloxga qarshi itifoq tuzib, qo`lga kiritilgan viloyatlarni o`zaro taqsimlab olish sharti bilan kurashganlar. Ular o`z niyatlarini qisman amalga oshirdilar. Bayon Sulduz bilan Xoji Barlosdan yengilgan Abdullox Andarab tomonga qochib ketadi. Bayon Sulduz Bilan Xoji Barlos Movarounnahr yerlarining bir qismini egallab oladilar va uni o`zaro taqsimlab idora eta boshlaydilar. Xoji Barlosga Kesh viloyati tegadi. Anna shu tariqa 1358 yilda qariyib bir yarim asrdan so`ng Movarounnahrning bir qismida hokimiyatni boshqarish Mahalliy aholi vakili qo`liga o`tadi. Shu paytga qadar darslik va adabiyotlarda bu masala yetarli darajada yoritilmay kelingan. Tarix darsliklarini o`qigan o`quvchidan “Movarounnahrda Mahmud Tarobiy qo`zg`olonidan so`ng mo`g`ullarga qarshi hech - qanday xarakat bo`lmagan”, - degan bir fikr paydo bo`lar edi. To’g’ri adabiyotlarda XIV asrning 30-yillarida Xurosonda Mahalliy aholining vatanparvar va ilg`or qismi bo`lgan sarbadorlar (mo`g`ullarga qarshi kurashda o`z boshlarini dorga tikishga rozi bo`lganlar) mo`g`ullardan kichik bir hududni ozod qilganliklari, o`z davlatlarini barpo etib, xatto Sabzavor shahrini bu davlatning poytaxtiga aylantirganliklarini ta`kidlanadi. Ammo ularda Shahrisabz bekligining Movarounnahrda (1361-1362 yil oralig`ida Samaraqandda ham sarbadorlar mo`g`ullarni tor-mor qilib, hokimiyatni qo`lga kiritganlar) 140 yillik mo`g`ullar hukmronligidan so`ng birinchi bo`lib ozodlikka erishganligi haqidagi muhim masala chetlab o`tilgan. Xolbuki, sarbadorlar xarakati ta`siri ostida Movarounnahrning Samarqanddan boshqa shaharlarida ham, xususan Kesh bekligida aholining katta bir qismi erk va ozodlik uchun g`ayrat kamarini maxkam bog`lagan edi. Xatto, bu xarakatga nisbatan xayrixoxlik bilan qaraganlar safida Temur ham bo`lganligi uning keyingi faoliyatida yaqqol ko`zga tashalanadi. Temurbek mo`g`ullar Movarounnahrga 1360-yil birinchi bor bostirib kelgandayoq, xech ikkilanmay mamlakat va xalqi bilan birga bo`ldi, dushmanga qarshi kurash olib borishga qaror qildi. Dastlabki paytlarda qudratli dushman bilan bir o`zi kurashish imkoniyatiga ega emas edi. Movarounnahrning Xoji Barlos, Bayon Sulduz, Boyazid Jaloir singari katta amirlarining bir qismi Tug`luq Temurxon xizmatiga o`tgan edilar. O`shanda Temurbek ham hech ikkilanmasdan mo`g`ul xonining xuzuriga borishga majbur bo`ldi, chunki vaziyat og`ir va shuni taqozo etardi. Amir Temur bu tadbiri bilan mo`g`ullarning asosiy kuchlarini Movarounnahrga ichkarilamasdan turib, ularni to`xtatish va el-yurtni taxqirlashlardan asrab qolish edi. Temurbek bunga ma`lum darajada erishdi. Xon unga ota yurti bo`lmish Keshni, to Jayxun bo`yigacha bo`lgan yerlarni qo`shib berdi va uning maslaxati bilan ish tutadigan bo`lib qoldi. Bu haqida Temur tuzuklarida shunday deyilgan edi: “Men tajribamdan shuni bildimki, yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to`g`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin ekan”. Xaqiqatan ham Amir Temur xalq tarafida bo`ladi. Masalan: bir kuni amir Bekchik, Xojibek va Ulug` Tug`temir boshchiligidagi mo`g`ullar qarshi va g’uzor atrogfidagi qishloqlarni talon-taroj qilganini xonga arz qilganida xon amirlarni tiyib qo`ygan. Xon amirlarni bundan buyon Movarounnahrga borishlarini man qildi. Tug`luq Temurxon Mo`g`ulistondagi nisozlik va ayrim beklarning isyoni tufayli Movarounnahrni o`g`li Ilyosxo`jaga 1360-yil kuzida topshirib o`z yurtiga qaytib ketadi. U ketgandan keyin Temurbekning Ilyosxo`ja bilan murosasi kelishmay qoladi. Xon uni katta amirlikdan chetlatib, qo`shin to`plovchi etib tayinlaydi. Bosh amirlik lavozimiga o`zining eski amiri Bekchikni tayinlaydi. Keyinroq Bekchik va xon chorasini topib amir Temurni yo`qotish payiga tushadilar. Ular Tug`luq Temurxonga xat yozib, “Temur bizga qarshi isyon ko`tardi” deb nom ayozadilar. Xon bu yolg`on gaplarni chin xisoblab, Temurni yo`qotish haqida yorliq yuboradi. Ammo bu yorliq Amir Temurning qo`liga tushib qoladi. Ushbu yorliqda Amir Temurni o`limga maxkum etilgan edi. Shundan keyin Amir Temur birmuncha vaqt Xorazm va Turkmaniston cho`llarida jon saqlaydi. 1362-yili Amir Xusayn bilan birgalikda tevarak atrofda yurgan ba`zi amirlarni ham to`plab, mo`g`ullarga qarshi kurashni davom ettirdi. Ittifoqchilar Temurbek va Amir Xusayn Abu Said va mingli Bug`a bosh bo`lgan uch minglik mo`g`ul qo`shinini Balx jilg`asida tor-mor keltiradilar. Bu ularning mo`g`ullar ustidan qozongan birinchi yirik g`alabasi bo`ldi. Shundan keyin ular Balxni ham egalladilar. Temurbek va Amir Xusaynning bu g`alabasi tez orada Movarounnahrning tog`u-tosh, cho`l-biyobonlarda yashirinib yurgan amirlariga ham yetib boradi. Ularning ba`zi birlari ittfoqchilarni qidirib Termiz atrofiga keladilar. Lekin Temur va Xusayn ular bilan qo`shilish choralarini ko`rmaydilar. 1362-yildagi g`alabadan keyin Amir Xusayn Balxda qoladi. Amir Temur esa kurashni bir o`zi davom ettiradi. 1362-yilning kuzi Sohibqiron Xisor viloyatida turgan mo`g`ullarning katta qo`shinini yengadi. 1363 yili u xatto ona yurti Keshni ham qo`lga kiritadi va shaharning buzilib ketgan yerlarini ta`mirlaydi. 1363-yili Tug`luq Temur vafot etadi va bu Amir Temurga juda qo`l keladi, chunki Ilyosxo`ja Movarounnahrni tark etadi. 1365-yili Ilyosxo`ja katta qo`shin bilan yana Movarounnahrga bostirib kiradi. Ikki o`rtadagi bu jang tarixda «loy jangi» nomini olgan bo`lib, Toshkent bilan Chinoz oralig`ida bo`lib o`tgan. Bunda Ilyosxo`jaga qarshi Amir Temur va Xusayn jang qiladi. Ammo jangda Amir Xusaynning qat`iyatsizligi tufayli ittfoqchilar yengiladi. Mo`g`ullar esa jiddiy qarshilikka uchramay mamlakatning chikarisiga bostirib kirishda davom etdilar. Mamalakat yana chetdan kelgan dushman oyog`i ostida qolgan o`sha og`ir kunlarda xalqning nonini yeb, tuzini ichgan amirlar jonini saqlab qochib qoldilar. Lekin el-yurt ximoyasiz qolmadi. Mo`g`ullarga qarshi kurashda Samarqanddagi sarbadorlar xalqning joniga oro kirdilar. Bu qo`zg`olon 1365-yil iyun oyining oxirida Samarqandda bo`lib o`tadi. Unga Samarqand madrasalaridan birining mudarrisi Mavlonzoda, paxta tituvchi Abubakr Kalaviy va mergan yigit Xurdak Buxoriylar boshchilik qilodi. Sarbadorlarning yetakchilari, xavf-xatar kuchaymasdan uning oldini ola bildilar. Ular darxol shahar masjidi jomiyga yig`ib yuz bergan axvolni o`rtaga soldilar. O`shanda xalq yakdil bo`lib Mavlonzodani o`zlariga raxnamo etib sayladilar. Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriy uning yordamchilari etib tayinlandilar. Shundan keyin sarbadorlarning yetakchilari shahar mudovaasini tashkil etish va dushmanni tor-mor etish rejasini tuzib oldilar va Qurol ko`tarishga safarbar qildilar. Sarbadorlar kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlab, shaharning kirish chiqish yerlarini mustaxkamladilar. Katta-kichik ko`chalarni u yer, bu yeridan to`sib yoniga tosh va temir parchalarini uydilar. Ertasi kuni Mavlonzoda va uning o`rinbosarlari muhim bir qarorni-shaharda hokimiyat shu kundan e`tiboran sarbadorlar qo`liga o`tganligi, boj-u – xiroj va boshqa soliqlarning miqdorini birmuncha kamaytirilgani, islom dini joriy etilganiga 700 yil bo`lganiga qaramay, hamon xalqdan undirib kelinayotgan jizya solig`i bekor qilinganligi va qul mexnati bir qadar yengillashtirilganligi haqidagi qarorni e`lon qildilar1. Shunday qilib Samarqandda hokimiyat xalq qo`liga o`tdi. Lekin Samarqand saryuadorlari, Xuroson sarbadorlaridan farqli o`laroq o`zlarini podshox deb e`lon qilmadilar. Hukumat ishlarini jamoa bo`lib ado etdilar. Tez orada Ilyosxo`ja va mo`g`ullar shaharning «Shoxi Zinda» shox ko`chasida paydo bo`ldilar. Ular shaharni lashkardan xoli, bo`m-bo`sh xisoblab bamaylixotir kelar edilar. Ko`cha boshida uning ikki tarafiga qo`yilgan pistirmadagilar ularni sezdirmay o`tkazib yubordilar. Lekin mo`g`ullar ko`chaning u yer bu yeriga qo`yilgan to`siqlarga duch keldilar. Ana shunday to`siqlardan biri Chorsuga yaqin yerda edi. Mo`g`ullar to`siqqni o`t qo`yib, yondirib yubormoqchi bo`ldilar. Lekin ko`chaning ikki tarafiga qo`yilgan pistirmalardan yog`dirilgan o`q yomg`iriga duch kelib, ularning ko`pchiligi otlaridan qulab yer tishladilar. Shundan keyin mo`g`ullar manjaniqlarini ishga soldilar va shaharni bombardimon qilishga kirishdilar. Buning natijasida ko`plab uy-joy, ayniqsa masjidu madrasalar vayron qilindi, tinch aholidan ko`p odam o`ldirildi. Lekin Samarqand va uning qaxramon xalqi taslim bo`lmadi. Aksincha kattayu-kichik jon-jaxdi bilan kurashni davom ettirdi. Bir so`z bilan aytganda, bosqinchilarning Samarqand va uning xalqini tiz cho`kdirish uchun qilgan barcha urinishlari bexuda ketdi. Buning ustiga shu paytda mo`g`ul otlari orasida «o`lat» kasali tarqaladi. «Zafarnoma» muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy keltirgan ma`lumotlarga qaraganda, o`shanda to`rt otliq mo`g`ulning faqat bittasida ot qoldi, xolos. Bundan tashqari xuddi shu paytda Mo`g`ulistonda Ilyosxo`jaga qarshi qo`zg`olon boshlanadi. Shuning uchun ham mo`g`ullar qolgan - qutgan lashkarini olib, mamlakatimizdan chiqib ketishga majbur bo`ladilar. Sarbadorlar ko`p sonli va yaxshi qurollangan dushman ustidan g`alaba qiladilar. Lekin sarbadorlarning xukmronligi bir yildan nariga o`tmadi. Kelasi yili (1366) Amir Xusayn Konigil tepaligida xiyonatkorona ish tutadi. Uning amri bilan Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriylar o`ldiriladi. Mavlonzodani Amir Temur qutqarib qoladi. Temurbek Amir Xusayn bilan 1362-yili birlashganda faqat bir maqsadnimamlakatni mo`g`ullar istibdodidan ozod qilish va Chig`atoy ulusining birligini tiklashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan edi. Amir esa. Bobosi amir qazag`anga o`xshab, fikru yodi oliy hokimiyatni qo`lga kiritib olish va Chig`atoyxon taxtini egallash bo`ldi. 1365-yili va undan keyin bo`lib o`tgan voqealar buni yaqqol isbotladi. Shuni aloxida ta`kidlab o`tish kerakki, Temurbek avval va hokimiyatni qo`lga kiritganidan keyin ham oliy hokimiyatga intilmagan. U Chig`atoyxon naslidan bo`lgan kishilarni ya`ni Buyonqulixon, Suyurg`otmish va Sulton Mahmudni qo`llab-quvvatladi. O`zini esa faqat amir deb atab keldi. Chunki, u turk-mo`g`ul xalqlari o`rtasida qonun tusiga kirgan «yoso» va «yusunga» rioya qildi. Xullas, o`sha «jangi loy» voqeasidan keyin o`rtaga tushgan sovuqchilik bora-bora dushmanchilikka aylandi. Ular ochiqchasiga bir-birini maxv qilish yo`liga o`tdilar. Bunga ayniqsa amir Xusayn astoydil bel bog`ladi. Amir Xusayn 1365-yiliyoq soli Saroydan Balxga ko`chib o`tdi va uning qal`a, devor va istexkomlarini mustaxkamlashga kirishdi. Bir so`z bilan aytganda, xar ikkala amir katta va xal qiluvchi urushga xozirlik ko`ra boshladilar. Balx ustiga yurish 1370-yil 15-mart kuni erta tongda boshlandi. Termizga yaqinlashganlarida, undan uch farsax (18-21 km) berida joylashgan Biyo qishlog`ida, andxud sayidzodalaridan sayyid Baraka xazrat Sohibqironning oldiga peshvoz chiqdilar va unga hammaning oldida nog`ora bilan bayroq tutqizdilar. Bayroq bilan nog`ora musulmonlarning odatiga ko`ra, toju taxt ramzi bo`lib, uni oliy martabali ruxoniyning qo`lidan olish tez orada uning toj-taxt va saltanat egasi bo`lishligiga ishora edi1. Amir Temurning Balxga yurishida so`nggi manzili qo`xi shodiyonning g`arbiy etagidagi, Balxob daryosi soxilida joylashgan Elburz qal`asi bo`ldi. Temurbek va uning qo`shinlari «Iydi ramazon»ni shu yerda kutib oldilar, so`ng qurultoy chaqirilib Chingizxon naslidan bo`lmish Suyurg`otmish o`g`lon (1370- 1388) xon etib saylandi. Qurultoyning ertasiga Temurbek qo`shinini olib balx ustiga qarab yurdi. qo`shin tarkibida Joku barlos, Bayon Sulduzning o`g`li shayx Muhammad, Shibirg`on hokimi Muhammadxo`ja aperdining o`g`li Zinda Chashm bor edi. Zamondosh tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning so`zlari bilan aytganda «Temurbekning bayrog`i ostiga shu qadar ko`p lashkar to`plangan ediki, uning savlatidan tog`u-tosh va dashtu biyobonlar larzaga keldi». 1370-yil 5-aprel kuni Balxning Xinduvon deb atalmish tashqi qal`asi Temurbek lashkari tarafidan qurshab olindi qal`aning janub tarafidagi Navbaxor darvozasi qarshisiga Umarshayx Mirzo bilan Joku Barlos, shaharning kun chiqish tarafidagi Xinduvon darvozasi qarshisiga amirzoda Jahongir bilan amir Oq Bug`a, shaharning kun botar tarafida joylashgan Darbi voqea darvozasiga amir Dovud bilan amir Muayyad, shimol tomondagi xiyobon darvozasiga amir Sor Bug`o bilan Xusayn baxodir qo`shini bilan qo`yildi2. Balxning tashqari shahari Xinduvon uchun 10 boshlangan shiddatli janglar ikki kun davom etdi. Ikkala taraf ham katta talofot ko`rdi. Og`ir janglardan birida Temurbekning o`n olti yoshga kirgan o`g`li Umarshayx Mirzo oyog`idan yarador bo`ldi. Urushning ikkinchi kuni xinduvon darvozasi tarafdan shaharga qattiq zarba urildi. Jahongir Mirzoning bir guruh yigitlari kechga yaqin darishga sazovar bo`ldilar. Boshqa darvozalar qarshisi olib borilayotgan janglar ham muvofaqqiyatli bordi. Oxir-oqibat qamaldagilarning axvoli og`irlashdi. Ortiqcha qarshilik ko`rsatish befoyda ekanligini Amir Xusayn ham tushundi. Nima qilib bo`lsa ham jonini omon saqlab qolish payiga tushdi va Temurbek xuzuriga sulx so`rab elchi yubordi. Xazrat Sohibqiron agar u o`z ixtiyori bilan taslim bo`lsa, uni omon qoldirishga so`z berdi. Shundan keyin Amir Xusayn darvozadan chiqib Temurbekning o`rdasi tomon yo`l oldi, lekin vaxima va qo`rquv bosib yo`lidan qaytdi va darvoza yonidagi minbar ichiga kirib yashirindi. Lekin uni topib oldilar va qo`l-oyoqlarini bog`lab, Temurbekning o`rdasiga keltirdilar. Amir Temur esa «men uni qonidan kechganman va undan intiom olish tarixiga chiziq tortganman» deydi. Shundan keyin Amir Kayxusrav Xatloniy xaqiqat so`rab, bir vaqtlar uning ukasi Qayqubodni o`ldirgan Xusaynni taqdirini menga topshiring deb iltimos qilsada Sohibqiron o`z so`zida qat`iy turdi. Ammo Kayxusrav Xusaynni o`ldirganida unga e`tiroz bildirmaydi. Bu voqea 1370-yil 12-aprel kuni sodir bo`ldi. Amir Temur Xusayn ustidan g`alaba qozongach, butun Movarounnahrni o`z qo`li ostiga birlashtiradi. Balxda chaqirilgan qurultoyda Temur Chig`atoy saltanatining vorisi deb e`lon qilinadi. Lekin o`sha davrdagi vaziyatni xisobga olib va mo`g`ullarning qarshiligini kuchaytirmaslik maqsadida xon taxtiga Suyurg`otmish o`tqazilgan edi. Amalda esa Samarqand taxtini Sohibqiron Amir Temur tomonidan boshqarilgan. Sohibqiron Movarounnahrning yagona xukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi va bu ishni asta sekinlik bilan amalga oshira boshladi. Harbiy qo`mondonga beriladigan eng xolis baxo-uning janglarda erishgan g`alabasidir. Shu nuqtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida aloxida ajralib turadi. Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo`g`uliston, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya), Hindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o`lkalari ustiga harbiy yurishlar qildi. Biz uzoq o`tmish, eski zamon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qonuniyati va o`sha zamonlardagi xukmron mafkuradan kelib chiqadigan bo`lsak, bunday urushlarning obyektiv qonuniyatlari borligini ochiq anglaymiz. Birinchidan, qadim zamonlarda va o`rta asrlarda o`tgan xonlar va podshoxlar o`z ijtimoiy tabaqasining namoyondalari. O`sha boy-badavlat tabaqalar tarafidan taxtga o`tqazib qo`yilgan kishilar edilar. Madomiki, shunday ekan, ular o`z tabaqasining maqsad va manfaatlarini ximoya qilishlari, ya`ni katta urushlar olib borib, ularning yer-suvlarini ko`paytirishlari mo`may o`lja olib, ularning boyligiga qo`shimcha boylik qo`shib, ularning iqtisodiy saloxiyatini oshirishlari kerak edi. Buning uddasidan chiqolmagan xon va podshoxlarni ular tutib turmas va taxtdan uloqtirib tashlab, o`zlariga keraklisini o`tqizar edilar. Tarixiy manbalarda bu xaqda ko`p misollar bor. Ikkinchidan, o`sha zamonlardaxonlar va podshoxlar orasida Jahongirlik ya`ni, jahonga hokim bo`lish, xech bo`lmaganda uning qismini bo`ysundirishga intilish odati bor edi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn, Yuliy Sezar, Chingizxon mana shunday xukmdorlar jumlasidan edilar. Amir Temurning Jahongirlik faoliyatida xar ikki omil ham ma`lum darajada mavjud. Lekin masalaga xaqqoniy yondoshadigan bo`lsak, Temur faoliyatida mamlakatning tinchligi va barqarorligini ta`minlash, ya`ni uni tashqi dushmandan ximoya qilish, o`z xalqi, Vatanini jahonga mashxur etish istagi asosiy o`rinni egallagan. Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi axvoliga bir nazar tashlaylik, Chingizxon xurujidan teri shaharlarimiz vayron, dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq tushkun bir axvolda qolgan edi. Nafaqat Movarounnahr, balki qo`shni mamlakatlarda ham feodal tarqoqlik, parokandalik va o`zaro urushlar avjiga mingan, ayrim harbiy siyosiy guruhlarning nafaqat o`zlarining yaqin qo`shnilari yerlariga, balki Movarounnahr ustiga ham qilgan talon-tarojlik xurujlari kuchaygan edi. Xalqimizda «qo`shning tinch-sen tinch», degan naql bor. Qo`shni mamlakatlar tinch bo`lmagandan keyin, Movarounnahrda tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy madaniy yuksalish qayoqdan bo`lsin?! Amir Temur o`zining ichki va tashqi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. To`g`ri. Amir Temur ko`p yillik kurashlardan keyin o`z yurtida feodal tarqoqlik va parokandalikka barham berishga, el-yurtni mo`g`ullar istibdodidan ozod qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtiridi. Lekin faqat birgina shuning o`zi bilan tinchlik va barqarorlik qaror topmaydi. Mamlakatning ichki axvoli yaxshilanmaydi, uning xalqaro obro`si ortib qolmaydi. Buning ustiga Chingizxon xurujidan beri nafaqat Movarounnahr, balki mo`g`ulning oyog`i tekkan barcha mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli og`ir, siyosiy vaziyat yomon edi. Amir Temur o`tkir siyosatchi odam bo`lgani uchun bu vaziyatni to`g`ri baxoladi, unga aloxida e`tibor berdi. Ayniqsa. Mamlakatimizning tevarak-atrofidagi vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko`rdi. Faktlarga murojat qilaylik. Movarounnahrning sharqiy-shimoliy tarafida joylashgan Mo`g`ulistonni olib ko`raylik 1369-yili Ilyosxo`jahon o`ldirilgandan keyin bu mamlakatda ham feodal tarqoqlik va o`zaro urushlar kuchayib ketdi. Mamlakatning sharqiy qismida dug`lat amirlaridan qamariddin, Yettisuv va Chu taraflarida anqo to`ra, Issiqko`l atrofidagi o`lkalarda Mir Karimberdi, mamlakatning yana bir tarafida Mir Xaqberdi o`ziga xon, o`ziga bek bo`lib olgan edilar. Ular tez-tez Sayram va Toshkent, Turkiston va Farg`ona ustiga bosqin uyushtirib, tinch aholini talon-taroj qilar edilar1. Masalan, Qamariddin va Mo`g`uliston beklari Temur saltanatining dastlabki yillarida Toshkentni bosib oldilar. XIV asrning 80-yillari boshlarida ular Andijon ustiga bostirib keldilar, uning tevarak-atrofidagi yerlarni talon-taroj qildilar, shaharning o`zini esa bir xafta mobaynida qamal ostida tutdilar. Mamlakatimiz janubida-Eronda, Iroq, Ozarbayjonda ham vaziyat yomon edi. 1336-yildan keyin, ya`ni Elxoniylar davlati (1256-1335 yillari Eron bilan Ozarbayjonni idora qilgan mo`g`ul sulolasi) inqirozga uchragandan keyin Eron, Ozarbayjon va Iroq ham feodal tarqoqlik va o`zaro urushlar girdobida qoldilar. Masalan, Xurosonni sarbadorlar (1337-1381 yillarda idora qilgan) Kartlar (/ur bilan Xirotni XIII-XIV asrlarda idora qilgan), Jonqurboniy (bular Obivard, Saraxs va Nisoni idora qilgan g`almoq qavmidan chiqqan sulola) qavmining amirlari bo`lishib oldilar. Eronning janubiy qismida Muzaffariylar sulolasi, Jurjon ustidan esa yana bir Mahalliy sulola Sayyidlar, iroq bilan Kurdiston ustidan Jaloiriylar, Katta va Kichik Luriston ustidan Xorazspiylar va inju sulolasi, Ozarbayjonda qora quyunli turkmanlari o`z xukmronligini o`rnatdilar. Fojea shunda ediki. Ular o`rtasidagi munosabat ko`proq o`zaro kelishmovchiliklar va dushmanlik ruxida davom etardi: o`zaro ziddiyatlar va urush-talashlar kuchaygan edi. Movarounnahrning shimoliy va g`arbiy tomonlarida ham notinchlik xukmron edi. Oq O`rdada ham, Oltin O`rdada ham vaziyat yaxshi emas edi. Mazkur davlatlarda Temur Malik, To`xtamish, Urusxon, Po`latxon va Qudratli amir Idiku (Yedigey) mang`it o`rtalarida hokimiyat uchun murosasiz kurash davom etardi. Dashti Qipchoq o`zbeklarning Movarounnahrga shimol va g`arbiy shimoliy taraflardan taxdidi va talonchilik xurujlari kuchaygan edi. Temurbek taxtga o`tirishi boisi o`laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy xayotda sodir bo`lgan ijlbiy o`zgarishlar o`z ifodasini g’arb ishida va harbiy san`atda ham namoyon etadi. Asosiy karvon yo`llari ustidan nazorat o`rnatish ulus qudratini yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustivor maqsadlar yo`lida Temurbek o`sha davrda tengi yo`q harbiy kuchlari bilan Jata, Eron, afg`oniston, Kavkaz, iroq, Shom, Misr. Dashti qipchoq, Shimoliy Anado`li, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor qo`shin tortib bordi va olamshumul zafarlar quchdi. G’arb tarixi Temurbekni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida xaqli ravishda tan oladi. Uning harbiy iste`dodi asosan ikki yo`nalishda: moxir harbiy tashkilotchi va atoqli harbiy sarkarda tarzida yorqin namoyon bo`ldi. Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning qo`shini va uning harbiy san`ati bosh omil bo`ldi. Uning g`olibona yurishlarida qo`llagan taktik va strategik jang qilish uslublari bugungi kunda ham jahondagi yetakchi mamlakatlarning harbiy bilim va akademiyalarida o`rganiladi va o`qitiladi. Amir Temur qo`shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi. Ular «o`nliklar»-(«ayl»), «yuzliklar»-(«Xo`shun»), «mingliklar»-(«xazora») va «o`n mingliklar»-(«tuman»)ga bo`lingan. Ularga o`nboshi, yuzboshi, mingboshi hamda amirlar boshchilik qilganlar. Tumanlarda askarlar soni o`n ming, qo`shinda esa 100 mingdan bo`lgan. O`n minglik lashkarni boshqarish uchun «tumon og`asi», minglik bo`limni «mirixazora», yuzlikni «xo`shunboshi» va o`nlikni boshQarish uchun «aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan. Bo`linma boshliqlari-amirlar Temurga tobe bo`lgan Qirq aymoq (Qabila)dan o`n ikkitasi: barlos, arg`in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo`g`ul, sulduz, to`g`oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. Eng ulug` martaba amirlik bo`lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko`rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to`rttasi beklar begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o`nboshi bo`lgan. Bulardan tashqari, yana o`n ikki nafar kishiga birinchidan to o`n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O`n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi xisoblangan. O`n ikki amirning xar biriga bittadan bayroq va bittadan nog`ora, o`n minglik qo`shin, tug` va chortug`, to`rt nafar beklar begining xar biriga bittadan bayroq, nog`ora, chorto`g` va burg`u (karnay) berilgan. Sohibqiron turk-mo`g`ul xalqlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish amallarini atroflicha o`rganib, taxlil qiladi va zarur o`zgartirishlar kiritadi. Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo`shin tizimi va tuzilishiga ma`lum darajada yaqin bo`lsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi: Chingiziylar qo`shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chaqiriladigan xalq lashkaridan iborat bo`lgan xolda, Temurbek armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi. Chingizxon davrida qo`shin asosini ko`chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temurbek qo`shiniga oliy bosh qo`mondon ko`rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, xunarmandchilik, dexqonchilik bilan mashg`ul o`troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan. Temurbek qo`shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo`lgan. Ma`lumki, Chingizxon qo`shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan xasharni xisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo`lmagan. Temurbek Sharqda birinchilardan bo`lib o`z armiyasiga o`t sochar qurol, ya`ni to`pradni olib kirdi. Sohibqiron tog`li hududlarda jang xarakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.