1.2 Amir Temurni markazlashgan davlat tuzish rejasini amalga oshirishi Temurbek jahon g’arb san`ati tarixida birinchi bo`lib qo`shinni jang maydonida yetti qo`lga bo`lib joylashtirish tartibini joriy etdi. Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo`linmalar bo`lib, ular jang chog`i erkaklar bilan bir safda turgan, qaxramonlik va matonat namunalari ko`rsatgan. Temurbek qo`shini tarkibini Movarounnahr, Dashti qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo`g`uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari yerlardan yig`ilgan askarlar tashkil qilar edi. Unda muntazam qo`shinga xos bo`lgan ko`pgina belgilar mavjud edi: qo`shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o`z zamonasining ilg`or qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarog`, aslaxa-anjom bilan ta`minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug`i orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo`shinni boshqarishda juda qo`l kelgan1. Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g`anim tomonning yirik va mustaxkam mudofaa inshootlariga ega bo`lgan shaharlariga qo`qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini xibsga olish, qal`a va qo`rg`onlarni uzoq muddat davomida muxosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin Fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta`qib qilish. Fath bo`lgan yurtlarni boshqarish uchun o`zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarini ko`zlab ish yuritish Temurbekka ko`plab zafarlar olib keldi. Taktika jihatdan Temurbek armiyasi o`ziga xos xususiyatlarga ega edi. qo`shinning yasoli Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Chingiziylar qo`shini jangovar tartibdan farqli o`laroq, yetti qism-qo`lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo`lga qo`yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida xarakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga aloxida katta e`tibor qaratilgan. Temurbek o`nlik, yuzlik, minglik hamda tuman qo`mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo`lgan qo`mondonlarning to`g`ri tanlaganligi va o`z joyiga qo`yilganligi aksar xollarda jang natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko`rsatgan1. Sohibqironning g’arb san`ati rivojiga qo`shgan ulkan xizmatlaridan yana biriqo`shin qanotlarini jang chog`ida dushman xujumidan muxofaza qilish va aksincha g`anim kuchlarini yon tomondan aylanib o`tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi harbiy qism, tarixning guvoxlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudovig XIV, Buyuk Fridrix, Chingizxon kabi dongdor sarkardalar qo`shinida bo`lmagan. Faqat XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qo`shin qanotlarini ximoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy mutaxassislarning, Napoleon Sharq mamlakatlariga harbiy safar qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo`l-yo`riqlarini sinchiklab o`rgangan, zarur topgan taktik usullarni o`zlashtirgan degan muloxazasi, xar qalay, xaqiqatdan yiroq emas. Xo`sh, turk-mo`g`ul xalqlari armiyasining besh qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o`zgartirish qachon kiritildi, ya`ni yasolni yetti qismga bo`lishga Sohibqironni qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug`ilishi tabiiy. Ushbu savolga qoniqarli javob olish uchun Temurbekning Balx hokimi amir Xusayn (1370 yili o`ldirilgan) bilan ittfoqda 1365-yili Jete (Mo`g`uliston) xoni Ilyosxo`jaga qarshi qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muxorabada ittifoqdoshlar cherigi qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo`ladi2. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi xisoblangan, ular og`ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo`lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilikchilik bilan shug`ullangan, o`ta zarur chog`dagina dushman kuchlari bilan jang qilish xuquqiga ega bo`lgan. Yurishga jo`nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog`da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo`shin to`plash uchun maxsus buyrak-tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo`mondonning adyutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo`shin qismlarining qarorgox yoki safardagi o`rni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga ko`chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga ko`ra, Temurbek Dashti qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo`shinni bir yilga yetadigan oziq-ovqat, qurolyarog`, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o`z noiblariga buyurgan. Xar bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o`q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo`shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida xar o`n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o`roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan. Abdurazzoq Samarqandiy xar bir jangchining shuningdek, yarim man og`irligida arqon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bo`lganligini qayd etadi. «Temur tuzuklari»da ta`kidlanishicha, safar chog`ida oddiy askarlarning xar o`n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Xar bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, o`nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo`lgan. Sara jangchilarning xar beshtasi bir chodirga joylashgan. Ularning xar bittasi dubulg`a, sovut, qilich, o`q-yoy, sadoq va buyruqda ko`rsatilgan miqdorda ot bilan ta`minlangan. O`nbegining aloxida chodiri bo`lgan. U sovut, qilich, o`q-yoy, sadoq bilan qurollangan va beshta qo`shimcha ot olish xuquqiga ega bo`lgan. Yuzbegining ham aloxida chodiri bo`lgan. Uning qurol-yarog`i qilich, o`q-yoy, sovut, sadoq, gurzi, oyboltadan iborat bo`lgan. Unga o`nta qo`shimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta`min etilgan. Dubulg`a, zirix (chaxoroyna), sovut, nayza, qilich, sadoq va o`q singari rang-barang qurol turlari bilan qurollangan. Piyoda askarlar asosan qilich, kamon va kerakli miqdorda o`q bilan safarga chiqqan. Miod yerida oliy bosh qo`mondonning borgoxi tikilgan va u turli rangdagi tug` hamda bayroqlar bilan bezatilgan. Belgilangan vaqtda (miod vaqti) da lashkargoxga yetib kelgan askarlar qat`iy tartib va intizom bilan o`z bo`ljar (pozitsiya)larini egallagan hamda yurish oldidan o`tkazilajak an`anaviy harbiy ko`rikka puxta tayyorgarlik ko`raboshlagan. Sohibqiron yurish paytida tajribali sipoxiylarga katta ishonch bildirgan. Ko`p marotabali so`qishlarda suyagi qotgan, urushni o`zining bosh mashg`uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan. Ular kirim-chiqim daftariga, shuningdek davlatdan maosh-ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro`yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko`ra Temurbek armiyasi turk-mo`g`ul xalqlari uchun an`anaviy bo`lgan o`n. Yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga o`nbegi, yuzbegi, mingbegi, tumanbegilar sardorlik qilgan. «Temur tuzuklari» da qayd qilinishicha, qo`shin qo`mondonlari safiga Temurbek oliyximmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur`atli, sabotli, g’arb ishiga jon-dilini bag`ishlagan iste`dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e`tibor bergan. Har bir bek yoki amir o`z noibio`rinbosariga ega bo`lgan. Biror bek yoki amir xayotdan ko`z yumgan taqdirda noibi uning o`rnini egallagan. Rui Gonsales Klavixoning guvoxlik berishicha, qo`shin to`plash to`g`risida farmoni oliy e`lon qilinishi bilan askarlar o`z oilasi, asbob-aslaxasi, mol-mulki bilan miod yeriga yetib kelgan. O`rdagoxdagi Sohibqironning saropardasi atrofida har bir qism va bo`linmalar chodirlari tikilgan. Oddiy askardan yirik sarkardagacha xar kim o`z joylashish o`rnini aniq bilgan. Barcha ishlar tartib-intizom bilan, shovqinsuronsiz bajarilgan. qo`shin bilan birga qassoblar, bakovullar, qovurilgan va pishirilgan go`sht bilan savdo qiluvchilar, arpa va meva sotuvchilar, nonvoylar ham ko`chib yurgan. Turli kasb egalari askarlarga xizmat ko`rsatganlar. Xatto ko`chma hammomlar ham jangchilar xizmatida bo`lgan. Temurbek tanlab olgan sarkardalar o`zlarining harbiy maxoratlarini nafaqat urush kezlarida, balki tinch mexnat chog`ida ham namoyish etishga tinmay xarakat qilar edilar. Harbiy san`atning o`ziga xos sir-asrorlaridan to`la voqif bo`lgan, dushman saflarini parokanda qilish yo`l-yo`riqlarini yaxshi egallagan, mushkul vaziyatlarda dadil va tez xarakat qiladigan, xech qanday to`siqlardan tap tortmaydigan, qo`shin safida sodir bo`lishi extimolidan xoli topilmagan tartibsizliklarni o`z vaqtida bartaraf eta oladigan iste`dod egalarigina Temurbek tomonidan lashkarboshilikka qo`yilgan. Temurbekning farmoyishiga binoan atoqli lashkarboshilardan to`rttasi birinchi darajali sarkarda, ya`ni beklar begi mansabiga tayinlangan. Dongdor amirlardan biriga amir ul-umaro lavozimi berilgan va u oliy bosh qo`mondon, ya`ni Temurbekning noibi vazifasini ado etgan. Sohibqiron bevosita ishtirok etmagan urush va janglarda amir ul-umaro qo`shinga qo`mondonlik qilgan. Zikr etilganlardan tashqari qo`shin qo`mondonligiga yana o`n ikki bek jalb etilgan ming kiishdan iborat suvoriylarga birinchi bek, ikki ming otliqlardan tashkil qilingan guruhga ikkinchi bek, uch ming otliqlifavjga uchinchi bek va shu tartibda o`n ikki ming otliq askarlardan tuzilgan qo`shinga o`n ikkinchi bek sardorlik qilgan. Quyi pog`onada turgan qo`mondon o`zidan yuqori lavozimni egallab turuvchi sarkadaga bo`ysungan. Temurbek armiyasining turli qism va bo`linmalariga uch yuz o`ye uch bek boshchilik qilgan. Ularning dastlabki yuztasi o`nbegilik, ikkinchi yuztasi yuzbegilik, uchinchi yuztasi esa mingbegilik rutbalarini egallagan. Tumanlarga Sohibqironning farzandlari, nabiralari hamda amir Shayx Nuriddin, amir Jahonshox singari nomdor lashkarboshilar raxbarlik qilgan. Temurbek qo`mondonlar tarkibining g’arb ishidan talab darajasida maxorat va malakaga ega bo`lgan shaxslardan shakllanishiga aloxida diqqat qilgan. Janglarda qaxramonlik va mardlik namunalari ko`rsatgan sara jangchilar munosib ravishda taqdirlanib o`n begi, takror jangovar xizmatlari evaziga yuzbegi va nixoyat mingbegi amaliga ko`tarilish imkoniyatiga ega bo`lgan. Yovning askariy g`ururini tor-mor etgan mingbegi birinchi darajali amir unvoniga, yirik dushman qismini mag`lub etgan birinchi darajali amir o`z navbatida ikkinchi darajali amir mansabiga va shu yo`sinda o`zga bek hamda amirlar yuqoriroq harbiy martabaga ko`tarilib borgan. Janggoxda mardlik va qaxramonlik ko`rsatgan oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba`zi sabablarga ko`ra jang maydonini tashlab qochgan askarlar o`lja taqsimotida ishtirok etishdan maxrum qilingan1. Muxorabadan yarador bo`lib qaytgan shaxslarning izzat-xurmati joyiga qo`yilgan, ularga onxazratning marhamati ko`rsatilgan. Biror kishvarning Fath qilgan yoki g`anim armiyasini mag`lubiyatga uchratgan sarkarda uchun uch xil mukofot ta`sis etilgan, ya`ni sharafli baxodir unvoni hamda tug` va nog`ora berilgan. Ayni shunday yuksak mukofot bilan muxolifatchi taraf taxt vorislari raxnamoligidagi qo`shinni parishonlikka solgan amir yoki bekning ham shavkati ziyoda qilingan. Jangu jadal chog`ida shijoat ko`rsatib dushman guruhini qochirishga muyassar bo`lgan o`nbegi shahar dorug`asi, yuzbegi esa viloyat hokimi vazifasiga tayinlangan. Muqotalada aduv xashamlari ustidan zafar quchgan mingbegi viloyat voliysi mansabi bilan taqdirlangan. Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga o`sha yerlar ma`lum shart va imtiyozlar asosida boshqarilish uchun suyurg`al tarzida inoyat qilingan. Temurbek va temuriylar davrida suyurg`al keng tarqalgan feodal yer egaligi turlaridan biri bo`lib. Nasldan-naslga o`tgan. Suyurg`al egasi davlat xisobiga to`lanishi zarur bo`lgan soliqlardan ozod qilingan. Bunday suyurg`al turi «darbasta suyurg`al» deb yuritilgan. Dovyurak paxlavonlar g’arblardan ko`rsatgan jasoratlari uchun baland darajaga erishib, baobro` kishilar Qatoridan o`rin olgan. Ular gurzi, olachuk (chodir), murassa` kamar, Qilich va saman ot kabi paxlavonlik nishonlari bilan e`zozlagan. Botirlarning ko`pchiligi keyinchalik o`nlik, yuzlik, mingliklarga qo`mondonlik qilishdek ma`suliyatli vazifalarga qo`yilgan. Yuqorida tilga olingan o`n ikki amirdan xar biri yuz dovul (tabl) va bayrog`iga ega bo`lgan. Bosh qo`mondon nog`ora hamda alamdan tashqari shuningdek, burg`u, tumantug` va chortug` bilan nishonlangan. Mingbegi tug` va karnay, ya`ni qo`ragaga ega bo`lgan. Yuzbegi va o`nbegiga nog`ora berilgan. Turli qo`shun, ya`ni qism qo`mondonlari tegishli noshonlarga sazovar bo`lgan. Biror lashkarboshining xayoti xavf ostida qolgan vaziyatda uni g`anim o`qidan asrab qolish yo`lida o`z ko`ksini aqlqon qilgan jangchilar Sohibqironning hurmat-e`tiboriga va olqishiga sazovor bo`lgan, maxsus inoyatlar bilan taqdirlangan. Sohibqiron yurishga jo`nashdan ancha avval yog`ining qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u yerdagi ichki vaziyat kabilar haqida ani qva to`la ma`lumotga ega bo`lish maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga o`z ayg`oqchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. G’anim to`g`risida zarur ma`lumotlarga ega bo`lgandan so`nggina yurishga taraddud ko`rilgan. Bu xususda ibn arabshox yozadi: «Temur tengi yo`q fe`l atvorli, chuqur muloxazali kishi bo`lib, uning tafakkur dengizining qa`ri yo`q va (uning) tadbiri tog`iga na tekisligu, na g`adir-budir orqali yo`l topilardi. U yerlarning barcha tomonlarida o`z ayg`oqchilarini tarqatib, Qolgan mulklarida esa josuslar qo`ygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir Otlamish bo`lsa yana biri faqix Mas`ud al-quxoniy-u Temur devoni asxoblarining ko`zi edi. Josuslarning bunisi qoxirada, Muiziyada bo`lsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi so`fiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bo`lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulq polvon va xunarmand, munajjim va o`z tabiaticha ish qiladiganlar, gapchinoz qalandarlaru sayoq darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo`zlar, alvasti va xiylagar bo`lib, ular chor atrofda bo`layotgan xodisalar va ularning xabarlarini Temurga yetkazib, o`zlari afzal ko`rgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to`g`risida unga zikr qilib, manzilu shaharlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari o`rinlarini chizib ko`rsatardilar, shular orasida u joylarning yaqin yoki uzoq, tor yoki kengligini ularning qaysi tevarak-atrofda, g`arb yoki sharqdami, shaharlar va iqshlolqarning ismlarini, manzil va panoxjoylar nomlarini, xar joyning axli boshliqlari, amirlari, ulug`lari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlarini, ularning xai birining ismi va laqabini, shuxrati va nasabini, ularning xunari va (ega bo`lgan) vositalarini (to`la-to`kis) bayon qilardilar. Natijada, Temur o`z fikri bilan shularni yaqqol ko`rib, tafakkuri vositasida o`z yerlaridan xorij joylar ustidan ham tasarruf yuritardi». Sohibqiron safar chog`i qo`shinni qiyin va o`tib bo`lmas joylardan boshlab boruvchi yo`lchi, ya`ni qajarchilarni Mahalliy xalq ichida yollab olish masalasiga jiddiy yondashgan. Safar arafasida Temurbek o`z pirlari va raxnamolari xuzuriga sof ishonch hamda pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. Muqaddas va muborak mozorlarni tavof qilgan. Mayib-majruxlarga, muxtoj va yo`qsillarga nazru sadaqalar ulashgan. Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi modda-naft solingan ko`zachalar irg`ituvchi o`t sochish quroli-ra`dning uzluksiz ishlab turishini ta`minlovchi maxsus to`pchilar-ra`dandozlar mavjud bo`lgan. Mustaxkam qal`a va qo`rg`onlarni qamal qilishda samarali qurol xisoblangan ra`dni boshqaruvchi to`pchilarni soni, Nizomuddin Shomiyning fikricha, 10 ming kishiga yetgan. Ra`dandozlar Temurbek tomonidan ilk marta 1379-yili Urganchni muxosara qilish vaqtida jangga solingan. Kezi kelganda ta`kidlash lozimki, arab tiliga xos ra`d so`zi aslida «momoqaldiroq»ni bildiradi. To`pni ra`d termini bilan atashlarining boisi shundaki, undan o`q-snaryad otilgani kuchli gumburlagan tovush chiqqan. Ra`dning Temurbek tomonidan qurollanishga kiritilishi XV-XVI asrlarda Movarounnahr, Xuroson va Eronda artilleriyaning boshqa turlarining paydo bo`lishida turtki vazifasini o`tadi. Amir Temurning xayoti asosan ikki davrga bo`lib o`rganiladi. Birinchi davr: 1359-1386-yillarni tashkil etadi. Bunda Temur Movarounnahrda mo`g`ul xonligidan mustaqil, kuchli markazlashgan davlat tuzish uchun kurashadi. Ikkinchi davri: 1386-yildan boshlanib, umrining oxirigacha davom etadi. Bu davrda Temur uch yillik, besh yillik, deb nomlangan urushlar olib boradi va Xitoyga qarshi urushga tayyorgarlik ko`radi. Temur o`z xayotida 30 marta yurish qilgan va 27 mamlakatni zabt etgan. Lekin ulardan «uch yillik», «besh yillik», «yetti yillik» urushlari mashxur bo`lgan. Temur davlati uchun eng xavfli davlat uning shimolida joylashgan Oltin O`rda edi. qora dengizdan Oltoly tog`larigacha cho`zilgan yerlar Jo`ji ulusi ixtiyorida edi. Jo`ji ulusining Yoyiqdan qora dengizgacha cho`zilib ketgan juda katta qismi Oltin O`rda edi. Yoyiq sharqida yerlar Oq O`rda deb yuritilardi. Amir Temurning Markaziy Osiyo hududidan tashqariga bo`lgan yurishi asosan Shimolga, ya`ni Oltin O`rda davlatiga qaratilgan edi. Temurning Oltin O`rdaga qarshi yurishidan maqsadi, uni o`z davlatiga qo`shib olish emas edi. Davlati uchun xavfli kuch bo`lgan Oltin O`rdani zaiflashtirish va faqat uning sharqiy qismini o`z saltanatiga qo`shib olish edi. Bu davrda Oltin O`rda oq O`rdalarda ikkita mustaqil davlat tashkil topib, ular o`rtasida o`zaro janjallar davom etmoqda edi. Temur uning ichki nizolaridan ustalik bilan foydalandi. O`rusxon tazyiqidan Temur xuzuriga qochib kelgan Oq O`rda xonlaridan To`xtamishga Temur bir necha marta yordam beradi. 1379-yilda To`xtamish Temur yordamida Oq O`rda taxtini egallaydi. Turon ozodlik xarakatining sarkardasi Temurning Oltin O`rda xoni 20 To`xtamish ustidan qozongan g`alabasi nafaqat Markaziy Osiyo, butun Sharqiy Yevropa, Russiya uchun ahamiyatga ega edi. Temur Oltin O`rda xonligini tor-mor etib, uning Qishloq va shaharlarini vayron qiladi. Sharq mamlakatlari bilan bog`lagan Buyuk Ipak yo`lining Oltin O`rda orqali o`tadigan shimoliy tarmog`iga xotima beradi. Ta`kidlash lozimki, temuriylar davrida yurish yoki razmdan oldin qo`shinni ko`rikdan o`tkazib, uning jangovar ruxi va xolatini aniqlash an`ana tusiga kirgan1. Ko`rikdan nafaqat asosiy jangovar qismlar, shuningdek, ular ortidan boruvchi og`ir karvon o`g`ruq (ovoz) ham o`tkazilgan. Temurbek dushmaniga qo`qqisdan qaqshatqich zarba berish usuli bilan shuxrat qozongan edi. G’anim o`rdugoxi aniqlangach, aksariyat xollarda Sohibqiron unga maxfiy yoki o`tish o`ta mashaqqatli bo`lgan, xech bir kimsaning oyog`i yetmagan dovonlar, daralar, so`qmoqlar, tog`u toshlar orqali tunda ulovlarni jilovidan tutgan tarzda yaqinlashar, quyosh o`zining zarrin nurlarini bepoyon zamin uzra socha boshlashi bilan g`aflat uyqusida yotgan yog`iga quyundek yopirilar edi. Ibn Arabshox xikoya qiladi: Temurbekning dorus-saltana Samarqandda imoratlar qurish, bog`u bo`stonlar barpo etish, ariqlar qazib, suv chiqarish singari obodonchilik yumushlari bilan band bo`lib turganligidan mujda topgan qo`shni mamlakatlar uning xujumini kutmasdan, mudofaaga tayyorgarlik ko`rmagan xolda xotirjam xayot kechirar edi. Sohibqiron poytaxtdagi ishlarni nihoyasiga yetkazgach, tovachilarga qo`shinni tez fursat ichida samarqandda to`plash xaiqda amr qiladi. Askarlar uchun o`zi o`ylab topib. Ixtiro qilgan yo`sinda tayyorlangan dubulg`alarni jangchilar kiyib, yurishga chiqishlarini buyuradi. Temurbek safarning yo`nalishini sir tutadi. Temurbekning Hindga yurish qilib, Dehliga yaqinlashib qolganligidan taxlikaga tushgan xindlar shaxzoda Sulton Mahmud, Malluxon va o`zga nomdor xind sarkardalari raxnamoligidagi o`n ming suvoriylar, yigirma ming sara piyodalar va bir yuz yigirma jangovar fillardan iborat qo`shin bilan unga ro`baro` bo`ladi2. Sohibqiron birinchi galda jangchilarning kapalagini uchirib, ularni daxshatga solgan fillarni daf qilish borasida bosh qotiradi. Zudlikda fillarga ofat keltiruvchi o`tkir tig`li uchburchak shakldagi sanchiq-mo`ndulardan minglab yasaladi va fillar kelishi kutilayotgan yerlarga joylashtiriladi. Ikkala qo`shin jang xarakatlarini boshlagach, Temurbek o`z askariy qismlarini chekinishga buyuradi. Temuriy jangchilarning tisarilganini ko`rib, dushman qochdi xayol qilgan xindlar olg`a tashlanadi. Fillar, ularning ketidan otliq va piyodalar junbushga keladi. Mo`ndu tikilgan yerga yetgan fillarning oyoqlariga o`tkir sanchiqlar tikon yanglig` qadaladi. Og`riq zo`rligidan qutirgan fillar jon achchig`ida filbonlarni uloqtirib, orqaga tum-taraqay qocha boshlaydi. Ular ortda kelayotgan xind suvoriy va piyodalarini poymol qilib, yanchib o`tadi. Sohibqiron o`ta taxlikali onlarda ham sarosimaga tushmas, xissiyotga berilmas, metinday mustaxkam irodasi ikkilanishga, qat`iyatsizlik ko`rsatishga aslo yo`l qo`ymas edi. Biror marta ham mag`lubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib ko`rmagan muzaffar qo`shin oliy bosh qo`mondonning xar qanday og`ir va chigal vaziyatdan ham tadbirkorlik bilan chiqib ketishiga butun vujudi bilan ishonar. Shuning uchun g`anim bilan faqat g`alabani ko`zlagan xolda jon-jaxdi bilan jang qilar edi. Sohibqiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggoxning tekis, keng va qo`shin qismlarini joylashtirishga qulay bo`lishi talab qilingan. Ayniqsa, ma`rakagoxning ichimlik suv manba`iga yaqin bo`lishi hamda razm vaqtida quyosh nurining jangchilar ko`ziga tushmasligi maqsadga muvofiq xisoblangan. Yirik muxorabalar paytida dastasi uchiga maxcha-yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tug`lar bilan bezatilgan oliy bosh qo`mondonning borgoxi balandlikka tikilgan. U yerdan qism va bo`linmalarning maydondagi xarakati, jangning borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga ko`ra borgox oldida harbiy orkestr askarlarni mardlikka rag`batlantiruvchi, ularning jangovar ruxini ko`taruvchi kuylarni tinimsiz chalib turgan. Temurbek qo`shini zabt etilgan qal`a, shahar va viloyatlarni o`zboshimchalik bilan g`orat qilish xuquqidan butunlay maxrum edi. Faqat ommaviy talo-tarojga ruxsat berilganidan so`nggina yurishda ishtirok etayotgan xar bir kishi, xox u nomdor lashkarboshi bo`lsin, xox oddiy askar bo`lsin, bundan qat`iy nazar teng g`animat olish xuquqiga ega bo`lar, kimki biror o`ljani birinchi bo`lib qo`lga kiritsa, o`shanga ega bo`lar edi. Ko`p xollarda Sohibqiron obod va ko`rkam, madaniyati gurkirab yashnagan, ma`mur shahar va kentlarni, viloyatlarni g`orat qilishdan o`zini tiyar, u yerlardagi muborak qabristonlar, mashoyix va akobirlarni ziyorat qilar edi. Sohibqiron janglarda mardlik va qaxramonlik namunalari ko`rsatgan xar qanday raqibini xurmat qilar, jangchilarini undan o`rnak olishga undar edi. Bunga tarix shoxid. Sohibqiron biror xisor, shahar yoki viloyatni qancha vaqt ichida zabt etish mumkinligini oldindan yaxshilab xisoblab chiqar va sarkardalardan belgilangan muddatda harbiy xarakatlarni nixoyasiga yetkazishni qat`iy talab qilar edi. Nizomuddin Shomiyning «Zafarnoma», G’iyosuddin Alining Temurbekning Hindistonga yurishiga bag`ishlangan tarixiy asarida bitilishicha, 1395-yili To`xtamishxonni mag`lub etgan Temurbek Samarqandga qaytadi va qish faslini Oxangaronda o`tkazadi. Shaxzoda Pir Muhammadni Mo`g`ulistonga hokim etib tayinlab, chegaraoldi hududlarni mustaxkamlashni, Xitoy va Xo`tanga qilinajak yurish uchun oziq-ovqat va yem-xashak jamg`arishni buyuradi. Shu orada unga Hindistonda islomning mavjudligi, biroq u yerdagi aholining asosiy qismini majusiylar tashkil qilishi, musulmon hokimlar budparast ommadan faqat o`lpon yig`ish bilan kifolanayotgani haqida birin-ketin xabarlar kela boshlaydi. Majusiy qaroqchilarning yovuz niyatlariga chek qo`yish, mo`minlarni ular o`tkazayotgan zulmdan ozod qilish, savdogar va sayyoxlarning xavf-xatarsiz kelib-ketishini ta`minlash kabi maqsadlarda Temurbek Xitoy va Xo`tanga qilinishi lozim bo`lgan yurish o`rniga Hindiston tomon qo`shin tortadi. Bu urushni u Muhammad payg`ambar e`tiqodini yoyish, payg`ambar nomini ko`klarga ko`tarish, butparast va kofirlarni qirib, Hindistonda avj olib ketgan feodal tarqoqlik va o`zaro urushlarga barham berish bayrog`i ostida olib borgan. Sohibqironning o`zi bu xaqda «Tuzuklar»da shunday yozgan edi: «Qur`oni masjiddan fol ochsam, ushbu ulug` oyat chiQdi: «Ey payg`ambar, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jaxd qilgil». So`ngra...iqbolimiz xonasi Hindistonga qarata qo`l ko`tarib, zafaru Fath fotixasini o`qidim». Temur qashqadaryo voxasidan chiqib Termiz orqali yurib avgustda qobulni egalladi.