Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 270,1 Kb.
səhifə4/12
tarix25.05.2022
ölçüsü270,1 Kb.
#59550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
javlon

1-jadval.
O`zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo`ljallangan Investitsiya dasturi doirasida barcha yo`nalishlar bo`yicha ajratilgan mablag`lar





Tadbir nomi

O`lcho v birligi

Ishlar hajmi

Investitsiyalar miqdori, mln.
so`m




Jami:







102802,5

I.

Avtomobil yo`llarini qurish va ta`mirlash

km

127,3

61200

1.

“Navoiy” EIZda ichki va kirish yo`llarini qurish

km

6,4

5000

2.

“Angren” EIZda A-373 aylanma yo`lini avvalgi “Rezino-texnika” AJ avtobazasigacha
rekonstruksiya qilish

km

6,7

9200

3.

“Jizzax” EIZda kirish yo`llarini qurish va
rekonstruksiya qilish

km

7

3000

4.

Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax” EIZning
kengaytirilayotgan hududida 2 ta yo`l ko`prigi bilan kirish yo`llarini qurish

km

5,7

1000

5.

“Urgut” EIZda kirish yo`llarini qurish

km

65,1

15000

6.

“Qo`qon” EIZ hududining “A” blokidagi ichki
avtomobil yo`llarini qurish

km

6,2

10000

7.

“Qo`qon” EIZ ichki avtomobil yo`llarini qurish

km

4,6

5000

8.

“Hazorasp” EIZ hududidagi Pitnak shaharchasi Y.Sherjonov massivining 2-zonasida avtomobil
yo`lini qurish

km

5,2

8000

9.

Hazorasp tumanidagi “Hazorasp” EIZ hududidagi Amudaryo qishlog`ining 5-zonasida
avtomobil yo`lini qurish

km

0,4

900

10.

“Nukus-farm” EIZ hududiga kirish yo„llarini
Qurish

km

1,5

1000

11.

“Namuna” massividagi “Kosonsoy-farm” EIZ
hududiga kirish yo`llarini qurish

km

5

2000

12.

“Bo`stonliq-farm” EIZ hududiga kirish yo`llarini
qurish

km

4,5

100

13.

“Parkent-farm” EIZ hududiga kirish yo`llarini
va “Parkentsoy” orqali ko`prik qurish

km

9

1000

II.

Suv ta`minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini
qurish hamda rekonstruksiya qilish







41602,5

14.

“Angren” EIZ hududida (Angren shahri qismida) suv ta`minoti va kanalizatsiya
obyektlarini qurish

km/
obyekt

11//2

11820,9

15.

“Urgut” EIZ hududida suv ta`minoti
obyektlarini qurish

km/
obyekt

6,2//3

9929,8

16.

“Urgut” EIZ hududida kanalizatsiya
tarmoqlarini qurish

km

6,5

7286,0

17.

“Qo`qon” EIZ hududida suv quvurlari
Tarmog`ini qurish

km

17,96

6767,3

18.

“Hazorasp” EIZ hududida suv ta`minoti
obyektlarini qurish

km

4,8

1861,5

19.

“Kosonsoy-farm” EIZ hududida suv quvurlari
tarmog`ini qurish

km

5

1000

20.

“Kosonsoy-farm” EIZ hududida kanalizatsiya
tarmog`i obyektlarini qurish

obyekt

1

1400

21.

“Bo`stonliq-farm” EIZ hududida suv quvurlari
tarmog`ini qurish

km

3

1537

1-jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, 2019-yilda Davlat investitsiya dasturida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan mamlakatimizda tashkil etilgan 21 ta EIHning 11 ta EIHida transport-logistika va muhanjislik-ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha 102802,5 mln. So`mlik investitsiyalar yo`naltirilishi ko`zda tutilgan. Bu esa mazkur hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa hududlarda xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilishi va ular faoliyati rivojlanishiga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Jumladan, 2016-yilda O`zbekiston hududlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 5008 tani tashkil etgan bo`lsa, 2017-yilda ular soni 5517ga etdi, 2018-yil mart oyi holatiga bunday korxonlar soni 5711 taga etib, ularning 3186 tasi qo`shma korxonalar, 2525 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.


Mintaqa va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga EIHlarga orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va shu asosda iqtisodiyotning mintaqalar kesimidagi eksport salohiyatini yanada oshirib borish lozim va buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimdir:
1. Mintaqalar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkonini beruvchi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini oshirishga katta e`tibor qaratish lozim.
2. Ishlab chiqarishlarni eng ilg`or texnologiyalar asosida tashkil etuvchi va yangi ish o`rinlarini barpo etuvchi, mintaqalarda tayyorlanadigan xomashyolardan ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi loyihalarni xorijiy investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish zarur.
3. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
4. Mintaqalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
5. Har bir mintaqada ma`lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va hududlarning investitsiya imkoniyatlari to`g`risida investorlarni axborot bilan ta`minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa uchun ko`rgazma va biznes-seminarlar o`tkazishni ta`minlash lozim.
6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini kengaytirish yoki takomillashtirish maqsadida joriy etiladigan yangi texnologiyalarni xalqaro lizing hisobiga ta`minlash va shu orqali mintaqalarda xalqaro lizing munosabatlarini yo`lga qo`yish va bu munosabatlarni davlat tomonidan rag`batlantirish tizimini joriy etish lozim.
7. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida eksportga yo`naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo`llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir.
8. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har tomonlama qo`llab-quvvatlash yo`lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- eksport yuklarini qo`shni davlatlardan temir yo`l orqali imtiyozli narxlarda o`tkazish bo`yicha muzokaralarni izchil davom ettirish;
- kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni davom etirish;
- Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o`rnini yuqori pozitsiyaga ko`tarish choralarini ko`rish;
- milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab chiqarishning eksportga yo`naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish;
- turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2 mln nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd AQSh dollarigacha yetkazish lozim.



Yüklə 270,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin