Kirish mazkur namunaviy dastur – Musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi musiqa madaniyati o‘qituvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar minimumi byelgilab byerilgan


Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 73,67 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü73,67 Kb.
#164714
1   2   3   4   5
Мусика дастурлари бн ишлаш

Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

Mazkur kurs fanlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, musiqa tarixi, cholgu ijrochiligi va ansambl, vokal ijrochiligi, musiqa o‘qitish myetodikasi va maktab repertuari, an’aqnaviy va xalq qo‘shiqchiligi, xo‘r va xo‘rshunoslik, dirijorlik kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Uning amaldagi qo‘llanishi talabalarning vokal asoslari, xo‘r dirijyorligi, maqom asoslari cholg‘u ijrochiligi va boshqa musiqiy fanlardan olgan bilim ko‘nikmalariga asoslanadi.


2.4. Mustaqil ta`lim topshiriqlari bo‘icha tavsiyalar
Darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib, barcha mavzularni o‘rganish. Tarqatma matyeriallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish
Talabalarning mustaqil ishlari har bir ma’ruza va amaliy mavzusi asosida tashkil etiladi. Fanni o‘rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi:
Mustaqil ishlarni tashkil etishda internet va axborot manbalaridan doimiy foydalaniladi.
  1. Musiqiy tizim.


  2. Musiqaviy tovushlarning o’zaro munosabatlari va harfiy sistemasi.

  3. Nota yo‘zuvi, nota cho’zimlari va ularda qo’llaniladigan belgilar.
  4. Ko’p ovozli musiqaning yozilishi, nota yozuvini qisqartiruvchi va dinamik belgilar.


  5. Sinkopa.Vokal musiqasida turkumlash. Temp (sur’at).

  6. Lad (major va minor ladi). Tabiiy major gammasi.

  7. Tonalliklik, diezli va bemolli major tonalliklari

  8. Musiqa bezaklari va ijrochilikning o’ziga xos uslublari.



2.5. Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar.
“Musiqa nazariyasi asoslari”, “Garmoniya”, “Musiqa asarlar tahlili”, “Solfedjio” fanlarini o‘rganish davomida mashg‘ulotlar paytida axborot (taqdimot, multimyedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy tyexnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim tyexnologiyalari, fanni to‘liq o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tyexnologiyalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari) hamda intyerfaol metodlar (“Aqliy hujum”, “Insert”, “Natijaviy xarita”, “Erkin yozish”, “Bir-biridan so‘rash” va boshqalar ) qo‘llaniladi. Bundan tashqari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallaridan foydalaniladi.
2.7. Didaktik vositalar.

1. Jihozlar va uskunalar, moslamalar: fortepiano, elyektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elyektron ko‘rsatgich (ukazka).



  1. Vidyeo-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

  2. Kompyutyer va multimyediali vositalar: kompyutyer, Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, ovoz apparati anatomic tablitsalari

2.10. Baholash myezonlari.
Talabaning “Musiqa nazariyasi asoslari”, “Garmoniya”, “Musiqa asarlari tahlili”, Solfedjio har bir fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishini nazorat qilishning namunaviy mezonlari quyidagicha asoslanadi:
a) 86-100 ball olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu bo‘yicha xulosa va qarorlar qabul qilish, a’lo darajada;
- o‘tilgan mavzu bo‘yicha fikrlash yaxshi shakllantirilgan;
- mavzu bo‘yicha mazmun va mohiyati to‘liq o‘rganilgan, tushuncha mavjud;
- o‘tilgan mavzular asosida fortepianoda a’lo darajada chalib bera oladi;
- berilgan asarning shaklini to‘g`ri aniqlash.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu yuzasidan mustaqil, keng tushunchaga ega;
- mavzuning mohiyati, foydali tomonlari haqida keng fikrlay oladi;
- o‘tilgan mavzular asosida fortepianoda yaxshi darajada chalib bera oladi;
- mavzu yuzasidan talaba to‘liq tasavvurga ega hamda ko‘nikma va malakalarni yaxshi egallagan;
- berilgan topshiriqda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yish;
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu bo‘yicha mazmun va mohiyati to‘liq o‘rganilgan, tushuncha mavjud;
- o‘tilgan mavzular asosida fortepianoda chalishga qiynaladi;
- mavzu yuzasidan talaba o‘rtacha tasavvurga ega, javob berish qoniqarli;
- berilgan topshiriqda 4-5 ta xatoga yo‘l qo‘yish;
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
- mavzu yuzasidan to‘liq tasavvurga ega bo‘lmaslik.
- o‘tilgan mavzular asosida fortepianoda chala olmaslik;
- talaba mavzuni o‘zlashtirolmagan;
- berilgan topshiriqni yecha olmagan.



Yüklə 73,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin