Mandriva Linux Mandriva Linux (avval Mandrakelinux yoki Mandrake Linux ) - Mandriva (avval Mandrakesoft deyilar edi.) kompaniyasining Linux operatsion tizimi distributivi.
Gael Dyuval tomonidan ishlab chiqilgan Mandrakelinux distributivi birinchi marta 1998 yil iyulda chiqa boshladi. Chiqishidan u kutilmagan darajada mashhur bo‘lib ketdi. Ishlab chiqaruvchilar Red Hat distributivini olib, Desktop ni KDEga odatdagidek qilishdi va o‘rnatgichni ishga solib, Linuxni o‘rnatish juda noqulay degan mifni puchga chiqarishdi. Mandrake da diskni bo‘laklash utilitllari va uskunalarni avtoaniqlash xususiyatlari bu soxada uni tengsiz ekanligini isbotladi. Ko‘p foydalanuvchilar kerakli qulayliklarni boshqa distributivlardan topa olishmay, Mandrake da bu narsalar borligini aniqlashdi. Mandrakelinux alternativ operatsion tizimini tanlashgan uy va Linux ni yangi foydalanuvchilari orasida juda mashhur bo‘ldi. Mandrakeni ishlab chiqarish to‘laqonli ochiq xar kuni paydo bo‘layotgan yangi paketlar “cooker” katalogida paydo bo‘ladi. Yangi chiqqan dastur beta-testdan o‘tkazish bo‘limiga kelganida bu repozitariyning rasmi birinchi beta-versiya bo‘lib chiqadi. Beta-testdan o‘tkazish jarayoni qisqa va aktiv. Lekin 9.0 versiyasidan boshlab, u chuqur o‘tkaziladigan va ko‘p vaqt oladigan bo‘ldi. Beta- tesdan o‘tkazishga yo‘naltirilgan pochta jo‘natmalari xar doim aktiv va siz jo‘natgan xat shubha yuqki tez orada javobini oladi.
Bu ishlab chiqarish modelining natijasi bo‘lib, zamonaviy Linux distributivini ishlab chiqarish xar doim oldinda yuradi. Bunga misol qilib, boshqa distributivlarga o‘xshab ko‘pgina xatolar borligi va stabil ishlamaslik xususiyatlari yuqligi foydalanuvchiga yaxshigina seziladi. Ko‘pgina foydalanuvchilar bu distributivdagi oxirgi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanganligi va yangi dasturlar borligi juda ma’qul ko‘rishadi.
X
Asosiy qism ozirgi paytda Mandriva Linux distributivining ko‘pgina versiyalari mavjud (Free, Powerpack, One(LiveCD)). One va Free versiyalarida shaxsiy dastturiy mahsulotlar yo‘q (Cedega va x.k) va ularni Mandriva Linux serveridan bepul yuklash mumkin. Powerpack sotiladiganlar turiga kiradi.
Debian Debian – erkin operatsion tizimli distributivlarni tuzish proekti. Debian GNU/Linux eng ko‘p ishlatiladigan distributivlardan biri. Qo‘yidagilar boshqa yadroli distributivlardir:
Debian GNU/Hurd; Debian GNU/NetBSD Debian va GNU/kFreeBSD. Debian ni ishlab chiqarish 1993 yili Yan Myordok tomonidan boshlandi. U Linux va GNU darajasidek ochiq ishlab chiqariladigan yangi distributivni ishlab chiqishni maqsad qilgan edi. Proekt uncha katta bo‘lmagan butun dunyodan yig‘ilgan bir guruh erkin DT xakerlarining xamjixatligidan boshlangan edi. Asta- sekin foydalanuvchilar va ishlab chiqaruvchilar xamjixatligida katta bir organizatsiya bo‘ldi.
www.debian.org saytidan sio‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Debian – dastur litsenziyasiga bohliq maslalarda ancha jiddiy distributiv hisoblanadi. Distributiv boqalarga qaraganda tayyor ishlatiladigan dasturiy paketlar zaxirasiga ega.Zaxira uchga bo‘linadi:
Stabil (stable), rasmiy distributivdagi oxirgi paketlar (paketlarni yangilash va kuchsiz tomonlarini yo‘qotish uchun ishlatiladi.)
Test qilinadigan (testing), bundan stabil distributiv shakllantiriladi.
Stabil bo‘lmagan (unstable), bunda paketlar test qilish bo‘limiga tayyorlanadi.
Eksperimental (experimental) bo‘limi o‘am mavjud unda asosan juda ko‘p o‘zgarishga uchragan paketlar joylashtiriladi.
Debian da xamma o‘zgarishlarga jiddiy qarashadi, buning oqibatida paketlar yangilanishi juda kam xollarda uchraydi vashuning uchun xam dasturning yangi versiyalari uzoq vaqtdavomida chiqadi.
Zaxira bilan ishlash uchun xar xid dasturlar ishlatiladi. Ulardan eng mashxo‘ri APT I hisoblanadi.
Debian asosiy distributivlar qatoriga kiradi. Ulardan eng mashxurlari bu - Adamantix, ! Bioknoppix, Clasterix, Gnoppix, Knoppix, Ubuntu, Libranet, Linspire, MEPIS va Xandros
Desktop OS.
Debian operation tizimining stabil versiya nomlari “Toy Story” multfilm qaxramonlarining
nomlari bilan ataladi. “Debian” so‘zi esa Yan Myordok va do‘sti (xozirda turmush o‘rtog‘i)
Debra (Debra) ismlaridan tuzilgan.
Asosiy qism
Ubuntu Ubuntu - (“ubuntu” deb ataladi) - GNU/Linux distributivining eng mashxurlaridan biri. Oddiy ishlatishga mo‘ljallangan (xamma narsa “oddiy ishlash”i kerak ) va aniq grafik asosida xar
6 oyda chiqadi. Ubuntu Debian darajasida ishlab chiqilgan va unga asoslangan. Bu proektga JARlik biznesmen Mark Shattlvort asos solgan Ubuntu Canonical Ltd. Firmasi tomonidan sponsorlik qilinadi.
Ubuntu da ishlashning osonligiga va qulayligiga ko‘p e’tibor qaratilgan. Yana shuni ta’kidlash joizki, bu yerda potensial xavfli bo‘luvchi superfoydalanuvchilarni ishga tushurmasdan, administrator masalalarini xal qila oladigan sudo utilitlini o‘z ichiga oladi.
Ubuntu da yana boshqa turli xil tillarda ishlatilish va keng qamrovli ko‘p millatlilikni ham qo‘llab-quvvatlash mumkin. 5.04 versiyasida odatdagm kod qilib UTF-8 tanlangan.
Ubuntu ni qattiq diskda o‘rnatish uchun 3 Gb bo‘sh joy va 256 Mb RAM talab qilinadi.
Ubuntu ning ish stoli erkin, oddiy va sezgir interfeysga ega bo‘lgan GNOME ish stoli o‘rnatilgan. GNOME ish stol dasturlarining deyarli barchasini o‘z ichiga oladi.GNOME o‘z ichiga Open office.org, Web - brauzer Mozilla Firefox va GIMP grafik redaktorini ham o‘z ichiga olgan.
6.06 versiyasida va undan keyingilarida LiveCD va o‘rnatgich CD ni bitta kompakt diskda birlashtirilgan. Bu dis ish stolini barcha qulayliklari bilan yuklaydi va foydalanuvchiga apparat uskunalarni qo‘llab-quvvatlash mumkin, mumkin emasligini ko‘rish imkonini beradi. Shundan so‘ng Ubiquity grafik o‘rnatgichi yordamida Ubuntu ni qattiq diskga o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
Debian-installer alternativ yuklashga mumkin bo‘lgan o‘rnatgich tizimni chuqur darajada tushunadigan va LVM va RAID yordamida diskni murakkab tarzda bo‘laklay oladigan insonlarga mo‘ljallangan.