Slackware Slackware - GNU/Linux distributivlari ichida eng eskilaridan biri hisoblanadi. U boshqa mashxur distributivlarlardan (Debian, Gentoo Mandrakelinux, Fedora, SuSE ) Unix ga o‘xshab ketishi bilan ya’ni, xavfsizligi, oddiyligi, o‘rnatishning osonligi va ishlatish qulayligi xususiyatlari bilan ajralib turadi. “Agar siz Slackware ni bilsangiz GNU/Linux ni ham bilasiz.Agar Red Hat ni bilsangiz faqatRed Hat ni bilasiz” degan so‘zlar foydalanuvchilar orasida mavjud.
Asosiy qism
SuSE SuSE - Linux ning asosiy distributivlardan biri hisoblanadi. Bu distributiv boshidaGermaniyada ishlab chiqarilar edi, lekin xozirda bu xuquq Novell Inc. firmasiga tegishli. SuSE Linux Consortium ning asoschilaridan biri hisoblanadi.
SuSE Linux Slackware Linux ga asoslangan. 1992 yilning o‘rtalarida Softlanding Linux System (SLS) firmasining asoschisi Piter Makdonald (Peter Mcdonald) birinchi bo‘lib X va TCP/IP elementlarini o‘zida aks ettirgan distributivni taklif qildi.Slackware ning birinchi versiyasida (Patrik Folkerding (Patrick Volkerding) tomonidan ishlab chiqilgan) ko‘p narsa
SLS dan olingan.
«Gesellshaft für Software – und Systementwicklung» qiqartmasi «S.u.S.E» 1992 yilning oxirlarida xuddi Unix tizimi bo‘yicha konsalting gruppa kabi tuzilgan. Bundan tashqari firma xar doim SLS va Slackware uchun dasturiy paketlarni, Unix va Linux uchun qo‘llanmalarni ishlab chiqarar edi.1994 yili S.u.S.E Linux 1.0 nomli SLS/Slackware ning birinchi CD versiyasini ishlab chiqishdi. Keyinroq uular Florian La Rochening (Florian la Roche Slackware asoschilaridan biri) Jurix distributiviga qiziqib qolishdi va o‘zlarining birinchi ditributivi S.u.S.E Linux 4.2 ni yaratishdi. Bu narsa 1996 yil sodir bo‘ldi.
“S.u.S.E” keyinchalik “SuSE” gacha qiqartirildi. U nemischa» Software–und Systementwicklung»
(«Dastur va tizim ishlab chiqarish») iborasining qisqartmasi hisoblanadi. Xozir kompaniya oddiygina qilib SUSE LINUX deb ataladi, “SUSE”esa rasmiy xech narsa anglatmaydi.
2003- yil 4 noyabrda Novell SUSE Linux ni (Shankland, 2003) sotib olishi to‘g‘risida e’lon qildi. 2004- yil yanvarda (Kennedi, 2003) jarayonning tugallanishi bilan sotib olinishi kutilgan edi. Ramesh Filips (Ramesh J.Philips) yaqin vaqt ichida xech qanda yrejalar yo‘qligini e’lon qilgani, SUSE distributivlarini ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatdi. 2004- yili xar yili bo‘lib o‘tadigan (Novell Brain Share) forumida birinchi marta xamma kompyuterlar SUSE Linux boshqaruvi ostida ishlatildi. Bu majlisda YaST2 administratorlik dasturi GPL litsenziyasi ostida chiqarilishi e’lon qilindi.
9.1 versiyasida (Novell firmasi tomonidan sotib olingandan so‘ng chiqarilgan) administratorlik utilitllari, ko‘p dasturiy paketlar va keng qamrovli xujjatlar SUSE dan olinganligi yaqqol ko‘rinib turadi. 10g‘ versiyasidan boshlab proekt openSUSE birlashmasi tomonidan yaratila boshlandi.
versiyasi 2005 yil 6- oktyabrda chiqarilgan.
versiyasi 2006 yil 11-mayda chiqarilgan.
versiyasi 2006 yil 7- dekabrda chiqarilgan.
v
Asosiy qism ersiyasi 2007 yil 4- oktyabrda chiqarilgan. Timsollarni opensuse.org rasmiy saytidan yuklashingiz mumkin.
SUSE distributivi birinchi navbatda stol kompyuterlari uchun va yana SUSE Linux Enterprise Server (SLES) ga o‘xshagan qator mahsulotlar korxona turi uchun xam mo‘ljallangan. SUSE dasturchilari tomonidan yaratilgan o‘rnatgich va YaST tizim boshqaruvchisi ko‘pgina yaxshi fikrlar bildirildi. Qutili versiyasi to‘liq xujjatlari bilan bir qatorda batafsil tafsilotlari bor eng qulay versiya xisoblanadi. 2003- yilning oxirida Novell firmasi SUSE ni sotib olgandan so‘ng bozorda teng raqobat ko‘rsata oladiganlar darajasiga ko‘tarildi. Novell Linux Desktop (NLD) distributivi korxona mijozlari uchun SUSE distributivi asosida ishlab chiqilyapti.
Ustunligi: Detallarga professional tarzda yondashish, foydalanuvchilar uchun YaST boshqaruv tizimining osonligi va drayverlarning ko‘pgina yig‘ilmasi.
Kamchiligi: Fayllarni tartiblashtirish xoxishga qarab faqat yast2 da amalga oshirish, lekin bu xar doim ham qilish mumkin emas.
Paketlar boshqaruvi: YaST (RPM), third – party APT (RPM) repozitariysi orqali amalga oshiriladi.