Reja: 1. Neft mahsulotlarining kimeviy tarkibi.
2. Yonilg’i va moylarning olinishi haqida tushuncha.
3. Neft mahsulotlarini tozalash.
Neft hamda gaz yer qobig’ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli-tuman g’ovak va boshqa tog’ jinslari orasida yotadi. Bosim, temperatura ichki o’zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin.
Tashqi ko’rinishiga ko’ra neft o’ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo’lib, turli tusdagi jigar rang ko’rinishga ega. Neftning zichligi 770-920kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDj/kg.
Neftda uglerod miqdori taxminan 83-86%, vodorod miqdori - 12-14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3% bo’ladi. Massa bo’yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98%ni tashkil etadi.
Tarkibidagi elementlarning o’xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimeviy xossalari har xil bo’ladi. Bunga sabab, uglerod va vodorod atomlarining o’zaro turli shaklda birika olishida. Neft mahsulotlarining kimeviy tarkibi va xossalari. Neft mahsulotlarining tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimeviy strukturasi bo’yicha 3 xil guruhga bo’linadi.
I. Parafin uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CnH2n+2 Parafin uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada qaynaydigan (engil) fraktsiyalarda ko’proq bo’ladi. Bu uglevodorodlarning birinchi 4 ta vakili 00S haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo’ladi.
Bularga: metan SN4, etan S2N6, propan S3N8, butan S4N10 kiradi. Parafin uglevodorodlarining beshinchi vakili pentan S5N12 dan S16N34vakiligacha suyuq holatda va S17N36 dan boshlab qattiq holatda bo’ladilar.
Parafin uglevodorodlar kimeviy strukturasiga qarab ikki xil guruhga bo’linadi:
- normal-parafin uglevodorodlar;
- izomer-parafin uglevodorodlar.
Normal parafin uglevodorodlarda uglerod va vodorod o’zaro to’g’ri zanjir orqali bog’langan bo’ladi. Masalan, oktan S8N18 ning kimeviy strukturasini ko’ramiz:
N
N
N
N
N
N
N
N
N
S
S
S
S
S
S
S
S
N
N
N
N
N
N
N
N
N
Benzin tarkibida normal-parafin uglevodorodlarning bo’lishi maqsadga muvofiq emas, chunki tarkibida shunday uglevodorod bo’lgan yonilg’i dvigatelda yomon yonadi. Normal-parafin uglevodorodlar yuqori temperatura ta’siriga beqaror bo’lib, tez oksidlanadi va detonatsion (portlab) yonishni keltirib chiqaradi. Lekin, bu uglevodorodlar shu xossasi (tez oksidlanishi) tufayli ular tezyurar dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alan-galanish qobiliyatini oshiradi. Normal-parafin uglevodorodlarning qotish temperaturasi yuqori bo’lgani uchun ular ko’proq yozgi sort dizel yonilg’i va moylarida ishlatiladi.
Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izomerlari hisoblanadi. Ular turli-tuman tarmoqli strukturalar hosil qiladi. Bitta oktanning kimyoviy formulasiga S8N18 izooktanlar deb ataluvchi 17 xil birikma javob beradi. Ularning tarkibidagi elementlar bir xil bo’lsa ham, ular turli xil tuzilishga ega (molekulalarda atomlar turlicha joylashadi). SHuning uchun ham ularning kimeviy va fizikaviy xossalari har xil. Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentan deb ataluvchi birikma quyidagicha tuzilishiga ega:
N
N
N
N
S
N
N
N
S
N
N
N
S
S
S
S
S
S
N
N
S
N
N
N
N
N
Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha ko’p bo’lsa, shuncha yonilg’i to’liq bo’ladi.