Tormoz suyuqliklari. Yuk va yengil avtomobillarning tormoz sistemalarida asosan gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida gidrotormoz suyuqliklari ishlatiladi.
Tormoz sistemasi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz suyuqliklariga quyidagi ekspluatatsion talablar qo’yiladi:
Tormoz suyuqligining qaynash temperaturasi yetarlicha yuqori bo’lishi kerak, aks xolda suyuqlik kaynab, tormoz pedali polgacha tushib ketadi. Tormoz tsilindrlarining temperaturasi 190-200 0S gacha yetishi mumkin.
Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo’lishi, ya’ni -40 0S va undan ham past temperaturada uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho’kindi xosil qilmasligi va qatlamlarga ajralmasligi kerak. Bundan tashqari, uning qovushqoqligi -40 0S da tormoz pedalini bosishni qiyinlashtiradigan darajada yuqorilashmasligi kerak.
Tormoz suyuqligi rezina detallarga shikast yetkazmasligi (shishirib yubormasligi yoki kuchaytirmasligi va tormoz sistemasi detallarining korroziyasiga sabab bo’lmasligi kerak.
Bu GTJ-22, GTJ-22M suyuqliklari etilenglikollarga korroziyaga qarshi prisadkalar va yashil rang bo’yovchi moddalar qo’shib tayyorlanadi. Ular past temperaturadagi xossalarining yaxshiligi, kam bug’lanishi, - 60 0S temperaturada ish qobiliyatini saqlab turishi bilan boshqa suyuqliklardan farq qiladi. Tormoz sistemaga suv tushganda bu suyuqliklar qatlamlanmaydi, chunki glikollar suv bilan yaxshi aralashadi. Ularning kuchli zaxarliligi asosiy kamchiligidir.
GTJ-22, GTJ-22M gidrotormoz suyuqliklari keng ishlatiladi. Bu suyuqliklar etilenglikollarga korroziyaga qarshi prisadkalar va yengil yoki yengil jigarrang bo’yovchi moddalar qo’shib tayyorlanadi.
Jiguli, Moskvich, Volga yengil avtomobillarining gidrotormoz sistemalarida barcha mavsumlarda “Neva” tormoz suyuqligi ishlatiladi. Rangi och sariq. Qotish temperaturasi - 600S ga, qaynash temperaturasi 1900 ga teng