QON AYLANISH SISTEMASI
1. Yurakning sistolik hajmi deb nimaga aytiladi.
A) yurak qorinchalari bir marta qisqarganda aortaga chiqarilgan qonga aytiladi;
B) bir minutda yurak orqali o’tgan qon hajmiga aytiladi;
C) yurakning bir minutdagi qisqarishlar soniga aytiladi;
D) yurakning bir meyorda qisqarishga aytiladi;
2. Yurak klapanlar haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A) o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha o’rtasida uch tavaqali, chap bo’lmacha va chap qorincha o’rtasida ikki tavaqali, chap qorincha va aorta qon tomiri o’rtasida hamda o’ng qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasida yarimoysimon klapan joylashgan bo’ladi;
B) o’ng bo’lmacha uch tavaqali klapan orqali o’ng qorinchaga, chap bo’lmacha ikki tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi. O’ng qorincha va aorta qon tomiri o’rtasida, chap qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasida bittadan yarimoysimon klapan joylashgan;
C) o’ng bo’lmacha ikki tavaqali klapan orqali o’ng qorinchaga, chap bo’lmacha uch tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi. O’ng qorincha va aorta qon tomiri o’rtasida, chap qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasida bittadan yarimoysimon klapan joylashgan;
D) o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha o’rtasida ikki tavaqali, chap bo’lmacha va chap qorincha o’rtasida uch tavaqali, chap qorincha va aorta qon tomiri o’rtasida hamda o’ng qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasida yarimoysimon klapan joylashgan bo’ladi;
3. Tinch holatda yurak 1 soatda necha marta qisqaradi.
A) 70; B) 4200;
C) 10000; D) 100000;
4. Aorta(I), vena(II), arteriya(III), venula(IV)larga xos hususiyatni ajrating.
A) I –o’ng qorinchadan chiqadi; II –yurakdan chiquvchi qon tomir;
III –organlardan yurakka qon olib boradi; IV –venalarni hosil qiladi;
B) I –chap qorinchadan chiqadi; II –yurakka keluvchi qon tomir;
III –organlardan yurakka qon olib boradi; IV –venalarni hosil qiladi;
C) I –chap qorinchadan chiqadi; II –yurakka keluvchi qon tomir;
III –yurakdan organlarga qon olib boradi; IV –venalarni hosil qiladi;
D) I –chap qorinchadan boshlanadi; II –yurakdan chiquvchi qon tomir; III –yurakdan organlarga qon olib boradi; IV –venalarni hosil qiladi;
5. Kichik qon aylanish doirasi ketma-ketligi to’g’ri ifodalangan javobni aniqlang.
A) chap qorincha -> aorta -> arteriya -> kapillar -> kovak venalar -> o’ng bo’lmacha;
B) o’ng qorincha -> o’pka venasi -> kapillar -> o’pka arteriyasi-> chap bo’lmacha;
C) o’ng qorincha -> o’pka arteriyasi -> kapillar -> o’pka venasi -> chap bo’lmacha;
D) o’ng qorincha -> o’pka arteriyasi -> kapillar -> kovak venalar -> chap bo’lmacha;
6. Qaysi qon tomirida qonning oqish tezligi juda past hisoblanadi.
A) arteriyada; B) arteriolada;
C) venada; D) kapillarda;
7. Organizmdagi limfa tugunlari sonini aniqlang.
A) 640; B) 480; C) 460; D) 420;
8. Yurak sikli(I), chap va o’ng qorinchalarning qisqarishi(II), yurak bo’lmalarining qisqarishi(III) va bo’lmachalar va qorinchalar muskullarining bo’shashishi(IV) uchun ketadigan vaqtni to’g’ri juftlab yozing.
1) - 0,1 sekund; 2) – 0,2 sekund; 3) – 0,3 sekund; 4) – 0,4 sekund; 5) – 0,5 sekund;
6) – 0,8 sekund;
A) I –6; II –3; III –4; IV –1;
B) I –6; II –3; III –1; IV –4;
C) I –1; II –4; III –3; IV –6;
D) I –6; II –4; III –3; IV –1;
9. Limfa tugunlarining vazifasini aniqlang.
A) limfa suyuqligining tomirlar bo’ylab harakatlanishini taminlaydi;
B) limfa suyuqligining faqat oldinga qarab harakatlanishini taminlaydi;
C) filtr vazifasini bajaradi;
D) limfa suyuqligini to’plash vazifasini bajaradi;
10. Taloqqa xos hususiyat noto’g’ri ifodalangan javobni aniqlang.
A) taloq o’ng qovurg’alar yoyi ostida joylashgan;
B) massasi katta odamda 140-200 g;
C) taloq qon diposi vazifasini bajaradi;
D) taloqda yashash muddatini o’tagan shaklli elementlar parchalanadi;
11. Yurak ishini va qisqarishlar sonining tezlashish sababini aniqlang.
A) simpatik nerv tolasi, adrenalin gormoni, kaliy tuzi;
B) parasimpatik nerv tolasi, adrenalin gormoni, kalsiy tuzi;
C) simpatik nerv tolasi, adrenalin gormoni, kalsiy tuzi;
D) parasimpatik nerv tolasi, kaliy tuzi;
12. Qon aylanishning ishdan chiqishi tufayli yurak muskullarining yemirilishi nima deb ataladi.
A) miokard infarkt; B) ateroskleroz;
C) insult; D) gipertoniya;
13. Odam qancha qon yo’qotganda halok bo’ladi.
A) 5 l; B) 3 l;
C) 2 – 2,5 l; D) 1,5 – 2 l;
14. Yuraknina erkaklarda (I) va ayollarda (II) og’irligi qancha bo’lishini aniqlang.
A) I –180-220 g; II –220-300 g;
B) I –220-300 g; II –180-220 g;
C) I –120-180 g; II –180-220 g;
D) I –180-220 g; II –120-180 g;
15. Qaysi klapan orqali faqat arteriya qoni o’tadi.
A) uch tavaqali klapan orqali;
B) ikki tavaqali klapan orqali hamda chap qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasida joylashgan yarimoysimon klapan orqali;
C) ikki tavaqali klapan orqali hamda o’ng qorincha va aorta qon tomiri o’rtasidaga yarimoysimon klapan orqali;
D) ikki tavaqali klapan orqali hamda chap qorincha va aorta qon tomiri o’rtasida joylashgan yarimoysimon klapan orqali;
16. Yurak sikli deb nimaga aytiladi.
A) yurak bo’lmachalari va qorinchalarining bir martadan qisqarib, bo’shashi yurak sikli deyiladi;
B) yurakning o’z muskullarida paydo bo’ladigan qo’zg’alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish hususiyati yurak sikli deyiladi;
C) tinch turgan odam yuragining yurak qorinchalari bir marta qisqarganda 65-70 ml qonni aortaga chiqarishi yurak sikli deyiladi;
D) yurakning bir minutdagi qisqarishlar soni yurak sikli deyiladi;
17. Quyidagi qaysi qon tomirilari orqali arteriya qoni(I) va vena qoni(II) oqishini aniqlang.
1-aorta; 2-oyoq arteriyasi; 3-yuqori kovak vena; 4-o’pka arteriyasi; 5-o’pka venasi;
6-venula; 7-pastki kovak vena; 8-boshga ketadigan arteriya;
A) I –1, 2, 5; II – 3, 4, 7;
B) I –2, 4, 8; II –3, 5, 6;
C) I –2, 5, 8; II –1, 3, 4;
D) I –3, 4, 7; II –2, 5, 8;
18. Kapillar qon tomirlardagi bosimni aniqlang.
A) 120 mm simob ustun;
B) 15 mm simob ustun;
C) 70 mm simob ustun;
D) 30 mm simob ustun;
19. Katta qon aylanish doirasi ketma-ketligi to’g’ri ifodalangan javobni aniqlang.
A) chap qorincha -> aorta -> arteriya -> kapillar -> kovak venalar -> o’ng bo’lmacha;
B) o’ng qorincha -> o’pka venasi -> kapillar -> o’pka arteriyasi-> chap bo’lmacha;
C) chap qorincha -> aorta -> arteriya -> kapillar -> o’pka venasi -> o’ng bo’lmacha;
D) chap qorincha -> aorta -> arteriya -> kapillar -> kovak venalar -> chap bo’lmacha;
20. Yurakning o’z nuskullarida paydo bo’ladigan qo’zg’alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish hususiyati . . . deyiladi.
A) yurak sikli; B) sistolik hajmi;
C) yurak avtomatiyasi; D) yurak biotoklari;
21. Bir kecha-kunduzda qancha limfa suyuqligi vena qon tomirlariga quyulib turishini aniqlang.
A) 1200-1500 ml; B) 1200- 1700 ml;
C) 1- 2 l; D) 800- 1200 ml;
22. Qon tomirlar devorining qalinlashib, uning nayining torayib qolishi nima deb ataladi.
A) miokard infarkt; B) ateroskleroz;
C) insult; D) gipertoniya;
23. Quyidagi qaysi qon tomirilari orqali arteriya qoni oqishini aniqlang.
1-aorta; 2-oyoq arteriyasi; 3-yuqori kovak vena; 4-o’pka arteriyasi; 5-o’pka venasi;
6-venula; 7-pastki kovak vena; 8-boshga ketadigan arteriya;
A) 1, 2, 4; B) 2, 5, 8;
C) 3, 5, 7; D) 1, 4, 8;
24. Yurak va qon tomir kasalliklaridan miokard infarkt, gipertoniya, insult, ateroskleroz kabi kasalliklarning kelib chiqishiga quydagilardan qaysilari sababchi bo’ladi?
1-kam harakatlanish; 2-ozish; 3-jismoniy mashqlar bilan ko’p shug’ullanish; 4-ortiqcha semirish; 5-spirtli ichimliklar istemol qilish; 6-psixologik zo’riqish; 7-to’yib ovqat yemaslik; 8- chekish;
A) 1, 4, 6, 8; B) 2, 3, 6, 7;
C) 3, 4, 7, 8; D) 2, 5, 6, 8;
25. Quyidagi qaysi qon tomirlari orqali vena qoni oqishini aniqlang.
1-aorta; 2-oyoq arteriyasi; 3-yuqori kovak vena; 4-o’pka arteriyasi; 5-o’pka venasi;
6-venula; 7-pastki kovak vena; 8-boshga ketadigan arteriya;
A) 3, 4, 7; B) 3, 5, 6;
C) 5, 6, 7; D) 4, 7, 8;
Dostları ilə paylaş: |