ORGANIZMLARNI KO’PAYISHI
1. Mitozning qaysi fazasida xromatidlar bir – biridan tamomila ajralib xar biri alohida xromasomaga aylanadi ?
A) anafaza; B) profaza;
C) metafaza; D) telofaza;
2. Ildizpoyasi va tugunagi bo`lgan o`simlikni belgilang.
A) salomalaykum; B) kartoshka;
C) ajriq; D) bug`doyiq;
3. Hujayraning qaysi bo`linishida xromosomalar soni ikki marotaba kamayadi ?
A) mitoz; B) oddiy bo`linish;
C) amitoz; D) meyoz;
4. Quyidagi o’simliklarning ko’payish usullari bo’yicha juftlab ko’rsating.
1. hilol; 2.molodilo; 3. elodeya; 4. g’umay;
a.ildizpoya; b. ajratuvchi kurtak; c. novda;
d. piyozbosh;
A) 1-a: 2-b: 3-c: 4-a;
B) 1-a: 2-b: 3-c: 4-d;
C) 1-c: 2-a: 3-b: 4-a;
D) 1-b: 2-d: 3-a: 4-c;
5. Qanday bo`linish tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o`zgarmaydi ?
A) mitoz; B) meyoz;
C) endomitoz; D) vigetativ;
6. Gulli o`simliklarni murtak xaltasida qanday hujayralar bo`ladi?
A) diploid tuxum hujayra;
B) gaploid markaziy hujayra;
C) gaploid tuxum hujayra;
D) gaploid tuxum hujayra va diploid markaziy hujayra;
7. Meyoz bo`linish tirik mavjudotlarning qaysi guruhlari uchun xos ?
A) o`simlik va hayvon;
B) o`simlik, hayvon va bakteriya;
C) o`simlik, hayvon va ko`k – yashil suvo`tlari;
D) o`simlik, hayvon, bakteriya va ko`k – yashil suvo`tlari;
8. Gulli o`simliklarda erkak gametalar qayerda yetiladi ?
A) changchi changdonida;
B) changchi ipida;
C) urug`chi ustunchasida;
D) urug`chi tugunchasida;
9. Birlamchi jinsiy hujayralar qanday yo`l bilan ko`payadi ?
A) meyoz; B) mitoz;
C) amitoz; D) endomitoz;
10. Hujayra bo`linishini qaysi bosqichida DNK sintezi amalga oshadi ?
A) profaza; B) interfaza;
C) anafaza; D) metafaza;
11. Urug`ning qaysi qismida xromasomalar to’plami triploid bo`ladi?
A) urug`po`sti; B) urug` yo`li;
C) urug` murtagi; D) urug` endospermi;
12. Organizmda qaysi hujayralar butun hayoti davomida tinmasdan bo`linish xususiyatiga ega?
A) nerv, muskul;
B) eritrotsitlar, nerv;
C) ichak va o`pka epiteliysi;
D) teri, muskul;
13. Gametogenez nima?
A) spermatozoidlarni rivojlanishi;
B) faqat tuxum hujayrani rivojlanish jarayoni;
C) jinsiy hujayralardagi konyugatsiya va krossingover jarayoni;
D) jinsiy hujayralarning rivojlanishi;
14. Mitozning anafazasida qanday jarayonlar kuzatiladi?
1. xromasoma xromatidalarni birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi 2. xromatidalar bir-biridan itariladi 3. xromatidalar bir-biridan ajraladi 4. xromatidlarni har biri alohida xromasomalarga aylanadi 5. sitokinez kuzatiladi 6. xromasoma qutblarga tarqala boshlaydi
A) 1.2.5.4; B) 2.3.4.5;
C) 1.3.4.6; D) 1.2.5.6;
15. Interfaza qanday davrlardan iborat ?
1.mitozondan keyin 2. mitoz 3. sintezdan oldingi
4. sintez davri 5. sintezdan keyin
A) 1.2.4; B) 3;
C) 3.4.5; D) 1.2.3.4;
16. Evolyutsiyada organizmlarning qaysi ko’payish usuli muhim ro’l o’ynaydi?
A) jinsiy; B) jinssiz;
C) vegetativ; D) partonogenez;
17. Gulli o’simliklarning generativ hujayrasi mitoz bo’linishi natijasida nechta spermiy hosil bo’ladi?
A) 1 ta; B) 2 ta; C) 3 ta; D) 4 ta;
18. Qaysi hayvonlarda partenogenez uchraydi?
A) qo’ng’iz, chumoli; B) dafniya, asalari;
C) kapalak, chivin; D) pashsha, chivin;
19. Akrosoma qaysi hujayraning xususiy organoidi bo`lib hisoblanadi ?
A) somatik; B) jinsiy;
C) spermatozoid; D) tuxum;
20. Gametagenezning qaysi davrida hujayralar gaploid to`plamga ega bo`ladi ?
A) ko`payish; B) o`sish;
C) shakilanish va o’sish; D) yetilish;
21. Meyozni biologik ahamyati nimadan iborat ?
A) xromasomalar sonining ikki xissa kamayishi, gaploid gametalar hosil bo`lishi
B) xromasomalar sonini ikki xissa ko`payishi va diploid to’plamning hosil bo`lishi
C) ikki marta ketma – ket bo`linishni yuzaga kelishi
D) xromosomalar sonining o`zgarmasligi
22. Endosperm qanday hujayradan rivojlanadi?
A) cheksiz xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra;
B) 3 ta xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra;
C) 1 ta xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra;
D) 2 ta xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra;
23. Shizogoniya usulida ko`payish qaysi organizm uchun xos ?
A) suvo`tlar; B) bakteriyalar;
C) viruslar; D) sporali o`simliklar;
24. Hujayra markazi sentriolalari juft – juft bo`lib bir – biridan itarila boshlashi mitozning qaysi bosqichida amalga oshadi ?
A) profaza; B) metofaza;
C) anafaza; D) telofaza;
25. Endosperma nima uchun triploid to’plamga ega bo’ladi.Chunki …
A) diploid spermiy,gaploid markaziy hujayralar bilan qo’shilishidan hosil bo’ladi;
B) gaploid spermiy,diploid tuxum hujayra bilan qo’shilishidan hosil bo’ladi;
C) gaploid spermiy,diploid tuxum hujayra bilan urug’lanishidan hosil bo’ladi;
D) gaploid spermiy,diploid markaziy hujayraning urug’lanishidan hosil bo’ladi;
26. Odamda jinsiy xromasoma qancha bo’lishini belgilang?
A) 46 ta; B) 23 ta;
C) 2 ta; D) 22 ta;
27. Zigota ko`p hujayrali organizmning qanday bosqichi hisoblanadi ?
A) bir hujayrali; B) urug`langan;
C) ko`p hujayrali; D) urug`lanmagan;
28. Mitozning qaysi fazasi oxirida sitoplazmalarning ikkiga ajralishi kuzatiladi ?
A) metafaza; B) profaza;
C) anafaza; D) telofaza;
29. Birlamchi jinsiy hujayralarda ko’p miqdorda oqsil va azotli asoslardan qaysilari uchraydi?
A) uratsil; B) timin;;
C) uratsil-timin; D)to’g’iri javob yo’q;
30. Shizogoniya usulida ko`payish qanday amalga oshadi ?
A) yadro ko`p bo`laklarga bo`linadi va uning atrofini sitoplazma o’raydi;
B) sitoplazma bo`linib yadrolarni o`raydi;
C) bitta hujayradan ikkita hujayra hosil bo`ladi;
D) hujayralar qalin po`st bilan o`raladi;
31. Qaysi umurtqali hayvonlarda ichki urug’lanish kuzatiladi?
1. akula 2. timsoh 3. ilon 4. baliq 5. kaptar
6. triton
A) 3.2.5; B) 1.2.4;
C) 4.5.6; D) 3.4.6;
32. Partonogenez yo’li bilan rivojlanadigan organizmni ko’rsating.
A) yomg’ir chuvalchangi;
B) oq planariya;
C) odam askaridasi;
D) erkak asalari;
33. Spermatogenezning qaysi jarayonida mitoz bo’linish kuzatiladi?
A) o’sish; B) yetilish;
C) ko’payish; D) shakillanish;
34. Berilganlardan bir hujayrali organizimlarning jinssiz ko`payish usullarini aniqlang ?
1 bo`linish 2 vegetativ 3 shizogoniya
4 sporalar hosil qilish 5 kurtaklanish
6 poliembrional ko`payish 7 pratenogenez
A) 3.1.5.4; B) 2.3.7.5;
C) 5.4.3.7; D) 4.5.7.2;
35. Somatik hujayralar berilgan qatorni belgilang.
1. teri 2. tuxum 3.mushak 4.spermiylar 5.qon 6.gametalar 7.nerv
A) 1.3.5.7; B) 1.2.3.4;
C) 2.4.6.7; D) 1.3.4.6;
36. Yadrocha hujayraning qaysi holatida mavjud bo`ladi ?
A) profazada; B) anafazada;
C) metafazada; D) interfazada;
37. Ko’p yadroli hujayralar hosil bo’lishiga sabab nima?
A) mitozda kariokinez amalga oshmasligi;
B) mitozda sitokinezni amalga oshmasligi;
C) hujayrada interfaza davrini o’tmasligi;
D) kariokinez bilan sitokinezni bir paytda amalga oshishi;
38. Erkak va urg`ochi echkining tana hujayralarida 60 tadan xromosoma bor. Ularning:
1) tuxum hujayrasida 2) urug` hujayrasida
3) urug`langan tuxum hujayrasida 4) yangi tug`ilgan uloqchalarning somatik hujayrasida qancha xromasoma borligini aniqlang ?
A) 1 – 30, 2 – 30, 3 – 60, 4 – 60;
B) 1 – 60, 2 – 30, 3 – 30, 4 – 30;
C) 1 – 30, 2 – 60, 3 – 30, 4 – 60;
D) 1 – 22, 2 – 22, 3 – 44, 4 – 44;
39. Urug`langan tuxum hujayra qanday atalishini belgilang ?
A) zigota; B) spora;
C) gameta; D) zoospore;
40. Meyozning qaysi bosqichida gomologik xromasomalarning konyugatsiyasi sodir bo`ladi ?
A) profaza ll; B) telofaza ll;
C) profaza l; D) anafaza l;
Dostları ilə paylaş: |