Kirish. O’yin texnikasi. Hujum texnikasi Maydonda harakat qilish texnikasi



Yüklə 336,27 Kb.
səhifə6/11
tarix21.06.2022
ölçüsü336,27 Kb.
#61964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BASKETBOL MASHQ ELEMENTLARIGA OID HARAKATLI O`YINLAR. kurs ishi

Yurish. Yurish o’yinda maydonda harakat qilishning boshqa usullariga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Asosan undan qisqa fazalarda pozitsiyani almashtirish uchun yoki o’yin harakatlarining muddati susayganda, shuningdek, yugurish bilan qo’shilishidagi harakat tempini almashtirish uchun foydalaniladi. Odatdagi yurishdan farqli o’laroq, basketbolchi tizzada bir oz bukilgan oyoqlari bilan bir joydan ikkinchi joyga o’tadi, bu unga qo’qqisdan tezlanish uchun imkon beradi.
Yugurish. Yugurish o’yinda harakat qilishning bosh vositasi hisoblanadi. U yengil atletikadagi yugurishdan ancha farq qiladi. O’yinchi istalgan yo’nalishda, oldinga yoki orqasi bilan, har xil startga oud holatlardan maydon ichida tezlasha olishi, yugurish tezligi va yo’nalishini tez o’zgartira olishi kerak.
Raqib uchun kutilmagan holda yugurish tezligini oshirish yoki startli tezlanish sport o’yinlarida keskin yugurish deyiladi. Keskin yugurish raqib ta’qibidan qutilish va bo’sh joyga chiqishning eng yaxshi vositasidir. Keskin yugurishni amalga oshirish uchun birinchi 4-5 qadamni shiddatli qilib, oyoqni uchi tomondan qo’yiladi. Yugurish tezligi qadamni uzaytirish tufayli osha boradi. Shu paytda o’yinchi to’pni olishga tayyor bo’lishi kerak.
Yugurish yo’nalishini o’zgartirishni o’yinchi, harakat yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga, oldinga chiqarib qo’yilgan oyoqning kuchli itarishi bilan amalga oshiradi gavdasini yangidan tanlagan yo’nalishi tomonga egadi.
Sakrashlar. Sakrashlardan xuddi mustaqil malakalardan foydalanilishadi. Ular texnikaning boshqa usullarining elementlari ham hisoblanadi. O’yinchilar ko’proq yuqoriga va uzunlikka-yuqoriga sakrashlardan yoki qayta-qayta sakrashlardan foydalanishadi. Sakrashni bajarishning ikki usulini yani ikki oyoq bilan depsinib va bir oyoq bilan depsinishni qo’llashadi.
Ikki oyoqlab depsinish bilan sakrashni ko’proq joydan turib asosiy holatdan bajarishadi. O’yinchi tezda oyoqlarni bukadi, qo’llarni tirsakda bir oz bukib, orqaga o’giradi va boshni sal ko’taradi. Depsinish oyoqlarni kuchli bukish bilan, gavdaning va qo’llarning oldinga-yuqoriga keskin harakati bilan amalga oshiriladi. Yugurib kelib ikki oyoqlab depsinib sakrashni odatda, savatga to’p otish paytida va shchitdan sapchib qaytgan to’p uchun kurash paytida qo’llashadi.

Yüklə 336,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin