"O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DKga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash;
yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;
mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish;
yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash va ta’mirlash huquqiga akkreditlash.
Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun «O’zMMI» DKning qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega.
Mobil metrologik laboratoriya – o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikalarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazishda innovatsion yechim
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti yosh tadqiqotchilarining ilmiy ishlanmalari asosida furgon turkumidagi avtomobil platformasida jamlangan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani (keyingi o‘rinlarda tibbiy texnika deb ataladi) metrologik tekshiruvdan o‘tkazuvchi ilk innovatsion loyiha Mobil metrologiya laboratoriyasi yaratildi.
Ma'lumot uchun: Metrologiya sohasidagi mobil laboratoriyalar turkumida Mobil metrologiya laboratoriyasi o‘ziga xos hisoblanib, xorijiy davlatlarda uning analogi mavjud emas.
Loyihani amalga oshirishda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yosh konstruktorlari, dasturchilari va konstruktorlik byurolari bilan hamkorlik qilindi.
Mobil metrologiya laboratoriyasi tibbiyot muassasalarida olib boriladigan tibbiy diagnostik tahlillarning ishonchliligini ta'minlash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishda sifat va muolajalarning samaradorliligiga erishish maqsadida tibbiy texnikalarning metrologik tekshiruvini ta'minlaydi.
Mobil metrologiya laboratoriyasi joriy yilning 20 may sanasida “Salomatlik uchun o‘lchashlar” shiori ostida nishonlanadigan “Xalqaro metrologiya kuni”ga tuhfa sanaladi.
Mobil laboratoriya tibbiy texnikalarning joyida metrologik tekshiruvini o‘tkazishga xizmat qiladi.