Kirish o’zbekiston respublikasi prezidentining qarori ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’G’risida malakaviy amaliyotni maqsadlari va


"O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DKga quyidagi vazifalar yuklatilgan



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/7
tarix05.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#108126
1   2   3   4   5   6   7
Hisobot jasur

"O'zbekiston milliy metrologiya instituti" DKga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, biriktirilgan hududlarda va o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini ta’minlash;

  •  yuqori aniqlikdagi chiquvchi va namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va tegishli darajada saqlab turish;

  •  davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;

  • mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va usullarini takomillashtirish, yangilarini yaratish, o‘lchash, nazorat va sinash vositalarini standartlashtirish;

  • o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

  • o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish;

  • yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash va ta’mirlash huquqiga akkreditlash.

Ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun «O’zMMI» DKning qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash asbob-uskunalari hamda namunaviy o‘lchash vositalariga ega.
Mobil metrologik laboratoriya – o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikalarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazishda innovatsion yechim

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti yosh tadqiqotchilarining ilmiy ishlanmalari asosida furgon turkumidagi avtomobil platformasida jamlangan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani (keyingi o‘rinlarda tibbiy texnika deb ataladi) metrologik tekshiruvdan o‘tkazuvchi ilk innovatsion loyiha Mobil metrologiya laboratoriyasi yaratildi.

Ma'lumot uchun: Metrologiya sohasidagi mobil laboratoriyalar turkumida Mobil metrologiya laboratoriyasi o‘ziga xos hisoblanib, xorijiy davlatlarda uning analogi mavjud emas.

Loyihani amalga oshirishda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yosh konstruktorlari, dasturchilari va konstruktorlik byurolari bilan hamkorlik qilindi.

Mobil metrologiya laboratoriyasi tibbiyot muassasalarida olib boriladigan tibbiy diagnostik tahlillarning ishonchliligini ta'minlash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishda sifat va muolajalarning samaradorliligiga erishish maqsadida tibbiy texnikalarning metrologik tekshiruvini ta'minlaydi.
Mobil metrologiya laboratoriyasi joriy yilning 20 may sanasida “Salomatlik uchun o‘lchashlar” shiori ostida nishonlanadigan “Xalqaro metrologiya kuni”ga tuhfa sanaladi.
Mobil laboratoriya tibbiy texnikalarning joyida metrologik tekshiruvini o‘tkazishga xizmat qiladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin