Kirish o’zbekiston respublikasi prezidentining qarori ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’G’risida malakaviy amaliyotni maqsadlari va


Elektr energiya hisoblagichlari, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#108126
1   2   3   4   5   6   7
Hisobot jasur

Elektr energiya hisoblagichlari, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi
Bo‘lim quyidagi namunaviy asbob-uskunalarga ega bo‘lib, namunaviy o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash bo‘yicha quyida keltirilgan ishlarni bajarishi mumkin:
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limida elektrotexnika sanoati va xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniluvchi elektr o‘lchash uskunalarini kalibrlash va qiyoslash imkoniyatlariga ega yangi laboratoriya.
Mazkur laboratoriyada malakali mutaxassislar mexnat faoliyatini olib borishmoqda. Mutaxassisilar chet elda metrologiya institutlarida jumladan Turkiya, Belorusiya Moldava kabi mamlakatlarda o‘z malakalarini oshirib kelishgan.
Yangi laboratoriya bir qator zamonaviy, namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Ushbu laboratoriyaning texnik imkoniyatlari 1 oyda 1000 donadan ortiq elektr o‘lchash vositalarini masalan, kalibratorlar, ommetrlar, ishchi multimetrlar, qarshilik magazinlari, sig‘im va induktivlik o‘lchash vositalari metrologik tekshirivdan o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Aktiv energiya bo‘yicha 0,1 va reaktiv energiya bo‘yicha 0,5 aniqlik klassidagi bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya elektron hisoblagichlari: namunaviy etalon hisoblagich – 0,02 aniqlik klassidagi CE6801 vattmetr yordamida MK6801 namunaviy uskunada qiyoslanadi. Shuningdek aktiv energiya uchun 0,5 va undan past aniqlik klassidagi hamda reaktiv energiya uchun 1,0 va undan past aniqlik klassidagi induksion va elektron bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya hisoblagichlarini o‘rnatilgan joyida ko‘chma etalon hisoblagich – 0,1 aniqlik klassidagi ЦЭ6815 vattmetr yordamida qiyoslash imkoni mavjud.


1000 A 0,05 gacha aniqlik klassidagi tok transformatorlari И-512 namunaviy tok transformatori, K535 komparatori va OMICRON (Avstriya) firmasining СT Analyzer yordamida qiyoslanadi.
Aholiga va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar sifatini yaxshilash va elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish maqsadida O‘zMMI DM tomonidan Volkswagen Caddy avtomobil bazasida Energomonitor 3.1KM, OMICRON CT Analayser, VATANO 100 kabi na’munaviy qiyoslash qurilmalar bilan jixozlangan ko‘chma laboratoriya tashkil qilindi. Ushbu ko‘chma laboratoriya yordamida iste’molchilarga o‘rnatilgan barcha turdagi 1 va 3 fazali elektr xisoblagichlarni, yuqori kuchlanishli tok transformatorlarni elektr tizimidan uzmasdan qiyoslash ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Hozirda OMICRON (Avstriya) firmasining VOTANO 100 namunaviy o‘lchash vositasi sotib olindi. VOTANO 100 sotib olinganligi tufayli 800 kV gacha 0,1 va undan past aniqlik klassidagi kuchlanish transformatorlarini qiyoslash imkoni paydo bo‘ldi.
“Volkswagen Caddy” avtomobili bazasida tashkil qilingan va namunaviy O‘V: 0,005 aniqlik klassidagi K535 uskunasi; 4,0 aniqlik klassidagi Р5018/1 qarshilik magazini; 0,2 aniqlik klassidagi И509 tok transformatori; III razryadli MG-6800 tok va kuchlanish bloki; 0,1 aniqlik klassidagi ЦЭ6815 etalon hisoblagichlar bilan jihozlangan ko‘chma laboratoriya yordamida bo‘lim katta vazn (massa) va yirik gabaritlarga (o‘lcham) ega bo‘lgan yuqori voltli tok va kuchlanish transformatorlarini foydalanish joyida qiyoslash imkoniga ega.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin