Kirish o’zbekiston respublikasi prezidentining qarori ta’lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’G’risida malakaviy amaliyotni maqsadlari va



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/7
tarix05.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#108126
1   2   3   4   5   6   7
Hisobot jasur

Ma'lumot uchun: Laboratoriya metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 32 ta tibbiy texnikadan 25 tasi (78 foizi) ning metrologik tekshiruvini qamrab oladi.
Mobil metrologiya laboratoriyasi namunaviy o‘lchash vositalari, tashkiliy texnika, elektr manbai, konditsioner, avtomatik havo aylanish tizimi, toza suv ta'minoti va reagentlar uchun muzlatkich bilan jihozlangan.
Ma'lumot uchun: Mobil laboratoriyada harorat, elektr manbai va toza suv ta'minoti holatini monitoring qilish uchun maxsus dasturiy ta'minot ishlab chiqilgan. Shuningdek, metrologik tekshiruv xulosalarini tezkor rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.
Kuni kecha Milliy matbuot markazida «O‘zbekistonda metrologiya sohasiga e’tibor, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ullari, mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining asosiy vazifalari, uning faoliyati, xalqaro aloqalar, sohadagi erishilgan natijalar haqida keng qamrovli ma’


lumotlar berildi.
So‘nggi uch yil davomida milliy etalonlar bazasi kengaytirilib, o‘tgan yilda hukumat qaroriga asosanyana 2 dona etalon – Qo‘ng‘iroqsimon gaz etaloni va Havodagi tovush bosimi birligi etalonlari ishga tushirilib, milliy etalonlarning umumiy soni 23 taga yetkazilganligi alohida .
Shuningdek, Germaniyaning fizika texnika institutining (PTB) “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun sifatni ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish va sifat infratuzilmasini isloh qilishga ko‘maklashish” loyihasi asosida kalibrlash laboratoriyalarini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida 5 ta xalqaro ekspertlar doimiy ravishda jalb etilib hamda 2 ta seminar trening o‘tkazildi. Sanoat tarmoqlaridagi aniq o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, shuningdek, joylarda kalibrlash xizmatlarini joriy qilish maqsadida 15 ta, shundan 8 tasi hududiy filiallarda yangi kalibrlash laboratoriyalari tashkil etildi. Eng muhimi 3 ta massa, bosim va harorat laboratoriyalari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi natijasida ilk bor Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi qo‘shni davlatlarga metrologik xizmatlar eksporti yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.
Faoliyatdagi yana bir ijobiy natijalar bir qator xodimlarning metrologiyaga oid bilim va ko‘nikmalarni doimiy oshirib borish maqsadida ixtisoslashtirilgan yetakchi xorijiy tashkilotlarda jami 41 nafar shundan Turkiya – 15, Germaniya – 6, Latviya – 5, Moldova – 2, Italiya – 6, Rossiya – 4, Belarus – 1, Fransiya – 2 nafar metrolog mutaxassislarning malakasi oshirilgan. Natijada, 2021 yildagi ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari bo‘yicha Milliy reytingda 103 pog‘onadan 26 pog‘onaga, o‘tgan yilga nisbatan 77 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishilgan.
Joylardagi ishlab chiqaruvchilarga yanada qulaylik yaratish va kalibrlash xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Andijon, Navoiy, Farg‘ona, Qo‘qon, Xorazm va Surxondaryo (8 ta) filiallarda kalibrlash laboratoriyalari tashkil etilib mazkur xizmat yo‘lga qo‘yildi.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda 7 nafar (jami g‘oliblar soni 46 nafar) institutning xodimi g‘olib deb topildi.
Xizmatlar eksporti geografiyasini yanada kengaytirilib Ozarbayjon milliy metrologiya institutining 6 dona yuqori aniqlikdagi uskunalari kalibrlandi. Etalonlar moddiy-texnik bazasini takomillashtirish maqsadida vaqt va chastota etaloni keltirildi. Innvatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanloviga 2 ta loyiha (elektr energiya sifatini o‘lchash “smart” qurilmasi va “farsax” milliy metrologiya elektron fondi) kiritilganligi eslatib o‘tildi.
Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limi

Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limining asosiy yo‘nalishlari: o‘lchash vositalarini (O‘V) qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish, metrologik ekspertiza, sinov asbob-uskunalari hamda o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatlash faoliyatini amalga oshiradi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin