Kirish qismi


OSIYONING QAYNOQ NUQTALARI TAHLILI



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/45
tarix01.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#105408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
DUNYO MAMLAKATLARI TIPOLOGIYASI

OSIYONING QAYNOQ NUQTALARI TAHLILI
 
 
 
 
 
Iroq. Iroq urushi 2003-yil 20-martda 
Amerika Qoʻshma Shtatlari va 
Birlashgan Qirollik boshchiligida 
tuzilgan Koʻp millatli koalitsiya 
kuchlari Iroqqa bostirib kirishi bilan 
boshlangan urushdir. Bu urush 
koalitsiya 
davlatlari 
tomonidan 
Ikkinchi Fors koʻrfazi urushi, Iroqqa 
hujum 
va 
Iroq 
erkinligi 
operatsiyasi deb ham ataladi. 2011-
yil 21-oktabrda AQSh prezidenti 
Barak Obama mamlakatdagi AQSh qoʻshinlari 2011-yil 31-dekabrgacha olib 
chiqilishini eʼlon qildi. Urush rasman 2011-yil 15-dekabrda Bagʻdoddagi AQSh 
bazasida oxirgi Amerika bayrogʻining tushirilishi bilan yakunlandi. AQSh Davlat 
kotibi Jon Kerri urushni jiddiy xato deb taʼkidladi. 
Osiyoning yana bir qaynoq nuqtalaridan biri Afg`onistondir. Afgʻon 
urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan. Yangi 
hukumat Afgʻonistondagi real hayotni hisobga olmay islohotlar oʻtkazishga kirishdi. 
Bu islohotlar SSSRda oʻtkazilgan islohotlar andozasiga oʻtish edi. Shuning uchun 
ham Afgʻoniston xalqi bu islohotlarni qabul qilmadi. Ruhoniylar hukumat siyosatini 
islom asoslaridan qaytish, deb baholadi. Ular aholini sovetparast hukumatga qarshi 
kurashga chaqirdi. Millionlab xalq Pokiston va Eron hududiga qochib oʻtdi. 
Hukumatga qarshi kuchlar ittifoqi vujudga keldi. AXDPda birlik boʻlmadi. 1978-yil 
17-avgustda B. Karmal, Abdulqodir va boshqalar fitnada ayblanib qamoqqa olindi.
Ozarbayjon, Armaniston va Qorabog`. Togʻli Qorabogʻdagi qurolli 
toʻqnashuv — Ozarbayjon qurolli kuchlari va tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ 
Respublikasining (TQR) qurolli tuzilmalari oʻrtasidagi keng koʻlamli, yuqori 
darajadagi toʻqnashuv boʻlib, bu 1994-yilda Qorabogʻ urushi tugagandan beri 
mintaqadagi eng yirik, eng uzun va qonli urush hisoblanadi. 
Suriya. Suriyadagi mojaro 2011 yilda boshlangan. Bu jamiyatning norozi 
bo'lgan qismi va prezident Bashar al-Assad hokimiyati o'rtasidagi ichki qarama-
qarshilik sifatida paydo bo'lgan. Asta-sekin islomiy radikallar, kurdlar, shuningdek, 
boshqa davlatlar, jumladan Turkiya, Rossiya, AQSh, Eron va ko'plab arab davlatlari 
fuqarolar urushiga qo'shildi. Suriya mojarosining ildizi va sabablari 2011 yil 
voqealarida yotadi. Keyin butun arab dunyosida fuqarolik namoyishlari boshlandi. 
Ular Suriyani ham chetlab o'tishmadi. Mamlakat fuqarolari ko‘chaga chiqib, 
hokimiyatdan prezident Bashar al-Assadning iste’fosini va demokratik islohotlarni 
talab qila boshladi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin