Kirish. Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari


Ish siklining amalga oshishi bo‘yicha



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/4
tarix27.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149630
1   2   3   4
малака иши 2023 (2)

Ish siklining amalga oshishi bo‘yicha:


  • ikki taktli;

  • to‘rt taktli;

  • olti taktli.
  1. Ish aralashmasining alangalanishi bo‘yicha:


    • elektr uchquni bilan alangalanadigan-karburatorli va injektorli dvigatellar;

    • siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi-dizel dvigatellari.
  1. Silindrlar soniga qarab:


    • uch silindrli;

    • to‘rt silindrli;

    • olti silindrli;

    • sakkiz silindrli.

Avtomobillarda asosan to‘rt taktli dvigatelining ish siklidan foydalaniladi. Bular:

    • kiritish;

    • siqish;

    • kengayish (ish yo‘li);

    • chiqarish.

Ish sikli tirsakli valning ikki marta aylanganida sodir bo‘ladi.
Kiritish takti, porshen yuqorigi chetki nuqta (YUCHN)dan pastki chetki nuqta (PCHN)ga tomon harakatlanganida amalga oshib, tirsakli valning 0 dan 180° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bu taktning boshlanishi oldidan kiritish klapani ochiladi. Silindrga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritiladi. Silindrga kiritilgan yonuvchi aralashma qizigan detallarning ta’sirida qiziydi va kiritish takti oxirida uning harorati 40°...80°S ga yetadi (1a rasm).
Siqish takti, porshenning PCHNdan YUCHN tomon siljiganida amalga oshadi va tirsakli valning 180° dan 360° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bunda kiritish hamda chiqarish klapanlari yopiq bo‘ladi. Harorat 270...650°S ga yetadi (1b rasm).
Kengayish yoki ish yo‘li takti, ikkala klapanning yopiq xolatida tirsakli valning 360 dan 540° gacha burilishida amalga oshadi. Ishchi aralashmaning alangalanishi natijasida silindrdagi harorat va bosim tez ko‘tariladi. Gazlarning maksimal harorati esa benzinli dvigatellarda 2200...2500°S ga, dizellarda 1600...1900°S ga yetadi (1v rasm).
A
PChN PChN

Ychn ychn


1-rasm. To‘rt taktli sikl: a-kiritish; b-siqish; v-ish yo‘li; g-chiqarish.


Chiqarish takti, porshenning PCHN dan YUCHN ga tomon harakatlanishi bilan boshlanadi va tirsakli valning 540...720°S gacha burilishida davom etadi. Bunda chiqarish klapani ochiq bo‘ladi. Bu takt davomida, porshen yuqoriga harakatlanib ishlatilgan gazlarni atmosferaga siqib chiqaradi va silindrni tozalaydi. Takt oxirida silindr ichida qolgan gazlarning harorati esa 600...950°S ni tashkil etadi (14g rasm).
Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda ham xuddi to‘rt taktli dvigatellar kabi ish aralashmasini silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. Shunga qarab bu sikl bo‘yicha ishlaydigan dvigatellar karburatorli, injektorli yoki dizel bo‘lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga haydash bilan silindrni tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi (karburatorli dvigatelda) yoki havo oqimidan (dizelda) foydalaniladi.
Dvigatelning turli silindrlarda bir xil nomli taktlarning takrorlanishidagi ketma-ketlik dvigatelning ish tartibi deb ataladi. To‘rt silindrli to‘rt taktli dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3 ketma-ketligida bajarilishi mumkin.
1-jadval

I.To‘rt taktli to‘rt silindrli ish tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelda taktlarning takrorlanishi


Tirsakli valning aylanishi

Tirsakli valning burilish burchagi

Silindrlar

1

2

3

4

Birinchi aylana

0-180°

Ish yo‘li

Chiqarish

Siqish

Kiritish

180-360°

Chiqarish

Kiritish

Ish yo‘li

Siqish

Ikkinchi aylana

360-540°

Kiritish

Siqish

Chiqarish

Ish yo‘li

540-720°

Siqish

Ish yo‘li

Kiritish

Chiqarish

Porshen PCHN dan YUCHNga harakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqoriga
harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish takti boshlanadi va porshen YUCHNga yetay deganda siqish kamerasiga o‘t oldirish shami bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli, injektorli dvigatelda) yoki yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.


2-rasm. NEXIA avtomobilining dvigatel qirqimi.
1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri; 4-suv nasosi; 5-chiqarish quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar blokining kallagi; 11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i; 12-taqsim- lash vali; 13-karterning shamollatish shlangi; 14-klapanning tirqishini to‘g‘rilov- chi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi; 18,19-klapan- ning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan; 21-o‘t oldirish shami; 22-silindrlar blokining kallagi; 23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy sidirgich halqa;

  1. porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun; 29-tirsakli val; 30-shatun qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul qilgich.

Ikkinchi taktda porshen YUCHN dan PCHN ga harakat qiladi. Bunda siqish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada silindrda ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va gazlar bosimi ta’sirida porshen PCHN tomon harakatlanadi. Bu vaqtda silindrda kengayish takti ketadi.
Porshenning harakatlanishi vaqtida u o‘z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanoq bosimga ega bo‘lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So‘ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zarad (yonilg‘i aralashmasi yoki havo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi.
Rotorli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida kengaygan gazlar bosim bilan rotorga ta’sir etib uni aylantiradi. Hozirgi vaqtda, rotorli dvigatellar, ayrim kamchiliklari tufayli avtomobillarda kam qo‘llanilmoqda. Rotorli dvigatellar o‘z navbatida gaz turbinali va rotor- porshenlilarga bo‘linadi.

Krivoship-shatunli mexanizm




  1. Krivoship-shatunli mexanizm silindrda yonilg‘i aralashmasi yonganidan hosil bo‘lgan gaz bosimini qabul qilib porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.


Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatsizlarga bo‘linadi. Harakatsiz detallari dvigatelning korpusini tashkil etib, ularga silindr, uning kallagi va karterlar kiradi. Harakatlanuvchi detallari, porshen, uning barmog‘i, shatun, tirsakli val va maxoviklardan tashkil topadi (16-rasm).
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship-shatunli mexanizmi bir qatorli silindrlari vertikal joylashgan turidir (“Neksiya”, VAZ-2108, “Tiko”, “Damas”, “Matiz” avtomobillari).
Silindrlar bloki.
Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo‘ladi. Silindrlar bloki yaxlit bo‘lib, u o‘z navbatida karter bilan birga quyib tayyorlanadi. Silindrlar bloki dvigatelning asosi bo‘lib, uning ichki qismida krivoship-shatunli mexanizm va gaz taqsimlash mexanizmlarining detallari, shuningdek, sovitish tizimining suv g‘iloflari va moylash tizimining moy kanalchalari joylashgan. Uning tashqi qismiga esa dvigatel mexanizmi va uning tizimlariga kiruvchi ba’zi detallari biriktirilgan bo‘ladi (3-rasm).

-Klapan qopqog’i


-Klapan qopqog’ining qistirmasi
-Silindrlar bloki kallagi
-Silindrlar bloki kallagining qistirmasi
-Silindrlar bloki
3-rasm. Dvigatelning harakatsiz detallari.




4-rasm. Bir silindrli benzinli ichki yonuv dvigateli.

      1. stakan ko‘rinishi; b) ko‘ndalang kesimi.

1-silindrlar kallagi; 2-silindr; 3-porshen; 4-porshen halqalari; 5-porshen barmog‘i; 6-shatun; 7-tirsakli val; 8-moxovik; 9-posangi; 10-taqsimlash vali;
11-taqsimlash valining turtkisi; 12-koromislo; 13-klapan; 14-o‘t oldirish shami.
Silindrlar blokinng kallagi silindrlarning tepasini yopadigan qopqoq hisoblanadi. Zich yopilishini ta’minlash uchun ularning yuzalariga tekis ishlov beriladi. Silindrlar blokining kallagi murakkab konstruksiyaga ega bo‘lib, porshen YUCHN
ga yetganda uning tepasida yonish kamerasi hosil bo‘ladi (4-rasm). Yonish kamerasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni, sovitish tizimining turi, shuningdek silindrlar kallagiga yondirish o‘t oldirish shamini yoki forsunkani o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yonish jarayonining effektivligini oshirish maqsadida yonish kamerasi turli shaklda ishlanadi. Deyarli barcha benzinli dvigatellarning silindrlar kallagi yaxlit holda quyib tayyorlanadi.
Porshenlar. Silindrda sodir bo‘la- digan ish siklining barcha jarayonlari porshen vositasida bajariladi. Ish sharoitida, ayniqsa siqish va ish yo‘li taktlarida yuqori bosimga va harorata ega bo‘lgan gazlar ta’sirida porshen qiziydi va yediriladi, bundan tashqari, unda massasidan uzluksiz o‘zgaruv- chan inersiya kuchlari vujudga keladi
(5-rasm). 5-rasm. Porshen.
Porshen xalqalari yuqori harorat va bosimga ega bo‘lgan gazlar, shuningdek o‘zgaruvchan qiymatga ega bo‘lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Porshen xalqalari ko‘pincha maxsus cho‘yandan, ayrim xollarda po‘latdan ham tayyorlanadi. Porshen halqalari vazifasiga ko‘ra kompression va moy sidirgich bo‘ladi. Kompression halqalar silindr va porshen oraliqlarini zichlashtiradi hamda silindrda hosil bo‘lgan gaz bosimini karterga o‘tishidan salaydi (5-rasm).
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridagi ortiqcha moylarni sidirib ularni yonish kamerasiga o‘tishini cheklab turadi (5-rasm).
Porshen barmog‘i porshenni shatun bilan sharnirli holda tutashtirish vazifasini bajaradi.
Ish taktida barmoq gazlarning bosim kuchini porshendan shatunga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan harakatini porshenga uzatadi. Porshen barmog‘i porshen bilan birgalikda tezlanishini va yo‘nalishini o‘zgartirib harakatlanadi. Shuning uchun uning massasi og‘ir bo‘lmasligi kerak, aks holda mexanizmga salbiy ta’sir etuvchi inersiya kuchlari ortib ketadi (5-rasm).

Shatunlar porshenni tirsakli valning shatun bo‘yni bilan biriktirgan holda ish


6-rasm. Tirsakli val.


taktida porshendan tirsakli valga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) tirsakli valdan porshenga harakat uzatadi.
Shatun murakkab harakatga ega bo‘lishi bilan birga yana unga katta inersiya kuchlari ham ta’sir etadi. Shatun yo‘nalishi va qiymati bo‘yicha o‘zgaruvchan katta yuklanishda ishlaydi.
Tirsakli val porshen orqali shatundan kelayotgan kuchni qabul qilishi bilan o‘zida vujudga kelgan burovchi momentni avtomobil transmissiyasiga uzatadi. Undan tashqari yana tirsakli valdan dvigatelning turli mexanizm va tizimlari harakatga keladi. Yuqorida aytilgan vazifalarni bajarish jarayonida valga eguvchi, burovchi va boshqa kuchlar ta’sir etadi. Shuning uchun tirsakli val ana shu kuchlarga bardosh beradigan mustahkam va chidamli materiallardan tayyorlanishi kerak. Bundan tashqari uning shatun va o‘zak bo‘yinlari yeyilishga chidamli bo‘lishi kerak. Tirsakli valni shtamplash usuli bilan yuqori uglerodli yoki legirlangan po‘latdan, shuningdek ayrim dvigatellarda sifatli cho‘yandan (Damas, Tiko avtomobillari) quyish usuli bilan tayyorlanadi. O‘zak va shatun bo‘yinlarining qattiqligini hamda yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida ularga termik ishlov beriladi, ishqalanishni kamaytirish uchun esa silliqlash va jilvirlash bilan pardozlanadi (6-rasm).

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin