Kirish. Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/4
tarix27.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#149630
  1   2   3   4
малака иши 2023 (2)

Kirish.

Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari




Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Prezidentimiz tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‘ida «DAYEWOO» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO» zavodiga asos solindi. 1996-yil 19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z avtomobiliga ega bo‘lgan 28-davlatga aylandi.

«UzDAEWOO» bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, o‘sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o‘rta sinfli «NEXIA» avtomobillari - 100 000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000 dona, «DAMAS» avtomobillari 50 000 dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‘rniga «MATIZ», «SPARK», «DAMAS» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «NEXIA» avtomobili o‘rniga «NEXIA-2», «LACETTI» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet mamalakatlarda avtoishqibozlar e’tiborini tortmoqda.

O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston»qo‘shma korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250 000 donaga oshirildi.

Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‘zbekiston- Turkiya qo‘shma korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «OTOYO’L» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma korxonasi «SamAvto» zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «ISUSI» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda. Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston–Germaniya qo‘sh- ma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod o‘z ishini boshlab yubordi.


Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab chiqariladi. Shu bois, «GM-MOTOR» zavodi qurilishi bilan O‘zbekiston ham shu davlatlar qatoriga qo‘shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 000 dona motor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda «GM-Uzbekiston» qo‘shma korxonasi keyingi o‘n yilda mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Eng muhimi dastlabki kezlarda atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilardi.


Hozirda esa konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. Endilikda esa ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilayotgan «CAPTIVA», «YEPICA», «LACETTI», «SPARK», «NEXIA», «DAMAS», «MATIZ» singari avtomobillar jahon bozorida yurtimiz nomini dunyoga taratmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda «GM-Uzbekiston» qo‘shma korxonasi keyingi o‘n yilda mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Eng muhimi dastlabki kezlarda atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilardi. Hozirda esa konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. Endilikda esa ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


1-BOB



    1. Avtomobil dvigatellarining klassifikatsiyasi

Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o‘rnatiladi. Avtomobillarga o‘rnatiladigan porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi belgilari bilan klassifikatsiyalanadi:


1. Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab: engil suyuq yonilgi— benzinda ishlaydigan va siqilgan suyuq gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar, og‘ir suyuq dizel yonilg‘isida ishlaydigan dizel dvigatellari.
2. Enuvchi aralashma hosil qilii usuliga qarab: silindr tashqarisida aralashma hosil qiluvchi karbyuratorli dvigatellar va silindr ichida aralashma xosil qiluvchi dizel dvigatellari.
3. Ish aralashmasining alangalanishi bo‘yicha: elektr uchquni bilan alangalanadigan karbyuratorli dvigatellar va siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi dizel dvigatellari.
4. Ish protsessini hosil qilish usuliga qarab: to‘rt taktli va ikki taktli dvigatellar.
5. Konstruktiv belgilari bo‘yicha: silindrlar soni va ularning joylashuv tartibiga qarab (vertikal qatorli, gorizontal qatorli yoki V- simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi bo‘yicha — klapanlar yuqoriga yoki pastga joylashgan.
ICHKI YONUV DVIGATELI


Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki yonuv dvigatellari keng tarqalgan. Konstruksiyasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatellari porshenli va rotorlilarga bo‘linadi. Avtomobillarda asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Porshenli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida gazning kengayishida hosil bo‘lgan bosimni porshen o‘ziga qabul qiladi va to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytma yo‘nalishi bilan tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ichki yonuv dvigatelining ishlashi uchun unga havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash lozim.
Ichki yonuv dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va transmissiya orqali harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Ichki yonuv dvigatel (IYOD) mexanizm va tizimlar majmuasidan tashkil topgan. Bular quyidagilar:





Yengil avtomobillarga o‘rnatilgan porshenli ichki yonuv dvigatellar
quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
  1. Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab:


    • benzin yonilg‘isida ishlaydidigan (injektorli va karburatorli);

    • dizel yonilg‘isida ishlaydigan;

    • gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyultirilgan-propan, siqilgan- metan).

  1. Yüklə 0,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin