Kirish Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif


Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif



Yüklə 110 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü110 Kb.
#119300
1   2   3   4   5   6
Soyabonguldoshlar oilasi

1.Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif.
Bu tartibga kiradigan o`simliklar daraxtlar, lianalar, butalar va o`tlar holida bo`lib, odatda qatorma-qator turadigan yonbargli murakkab barglar chiqaradi. Gullari pentamer (ba`zan tetramer), zigomorf yoki aktinomorf bo`lib, dumaloq gulqo`rg`oni besh a`zoli doiralardan tashkil topgan androtsey va bir a`zoli ginetsey bor. Gul tugunchasi yuqori tomonda, bir uyada, plansetasi chetda joylashgan. Bu tartibga o`simliklarning eng tipik belgisi mevalarning loviya shaklida (yoki loviyaga o`xshaydigan boshqa shaklda) bo`lishidir.
Mimozagullilar (Mimosaceae) oilasi.
Bu oilaga kiradigan o`simliklar asosan daraxtlar xolida bo`lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qo`shpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf ahyon-ahyonda zigomorf va mayda-mayda bo`lib, kallak yoki boshoqsimon to`pgul hosil qiladi. Gulqo`rg`onidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, o`sha iplarning ochiq rangi(sariq, pushti yoki qizil) changlovchi hashoratlarni jalb qiladi. Gulqo`rg`oni qo`shaloq yoki gultoji taraqqiy qilmay qolganligi natijasida ba`zan oddiy bo`ladi. Kosachabarg asosan beshta (lekin, ko`pincha to`rtta, uchta yoki oltita) bo`lib, bir-biriga qo`shilib, goho qo`shilmay o`sadi. Gulbarglarining soni kosacha barglarning soniga baravar, ular qo`shilmagan yoki ba`zan bir-biriga birmuncha o`sgan bo`ladi. Otaliklarining soni turlicha. Ba`zi avlodlarida ularning soni kosachabarglar soniga baravar bo`lsa, ba`zilarida ikki marta ko`p, yoki bir talay. Otalik iplari goho mutlaqo erkin tursa, goho qo`shilib o`sib naycha hosil qiladi, yoki gultoj bilan qo`shilib ketgan bo`ladi. Birdan-bir meva bargchasi ustki tugunchali bir uyali onalik hosil qiladi. Mevasi loviya shaklida bo`lib, ochiladi yoki bir urug`i bo`g`imlariga bo`linib ketadi.
Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan ko`prog`i Avstraliyada tarqalgan. Avstraliyada o`sadigan akatsiyalar ko`pincha plastinkalari hiyla yoki tamoman reduksiyalangan, bandi vertikal tekislikda keng tortgan barglar chiqaradi (fillodiy), bu assimilyatsiya qiladigan yuza yetarli darajada keng bo`lgani holda bug`lanishning haddan tashqari kuchayishiga yo`l qo`ymaydi. Acacia avlodining turlari Afrikada ham keng tarqalgan bo`lib, barglarini to`kadigan tropik daraxtlari o`rmonlarda uchraydi va savannalarga manzara berishda xissa qo`shadi. Afrika akatsiyalari ba`zan tepasidan bosilgandek bo`lib ko`rinadigan g`alati shox-shabba chiqaradi, soyabon akatsiya deb shuni aytiladi. Ba`zi akatsiyalarning yonbarglari tikanga aylangan, ular ichi kavak bo`lishi ham mumkin, ichi kavak shunday tikanlar chumolilarga in bo`ladi. Chumolilar barglarning uchida bo`ladigan yassiqsimon alohida ortiqlar to`qimasi (oziqli tanalar) bilan oziqlanadi, o`sha tanalarda azotli moddalar bilan moy bo`ladi. Talaygina akatsiyalar gulli moddasini beradi, ayniqsa senegal akatsiyasi (Acacia arabica)va boshqa ba`zi turlari shu jihatdan juda qadirli va qimmatli maxsulot beradi. Akatsiyalardan olinadigan gummi texnikada Gummu arabicium deb ataladi. (gummi arab degan sirach nomi shundan olingan) Akatsiyalarning po`stlog`ida oshlovchi moddalar ko`p (bu moddalar import qilinib yuvropaga keltiriladi). Kapalakgullilar (Papilionaceae) oilasi.
Bu oilaga kiradigan o`simliklar o`tlar, yarim butalar, goho daraxtlar holida bo`lib, yonbargli patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba`zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o`rtacha yoki mayda bo`ladi, gullari mayda bo`lsa, odatda shingil, ba`zan boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to`pgul holida bo`lib turadi. Gulning tuzilishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo`shilib o`sgan va goho aktinomorf, goho zigomorf, ba`zan ikki kabli bo`ladigan gulkosacha hosil qiladi. Gultojining 5 ta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta bo`lib ajralib turadi, uning yuqori qismi (qayirmasi) bandchasiga nisbatan deyarli to`g`ri burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki yonbargini yopib turadi, bu barglar assimetrik tuzilgan. Qanotlar,o`z navbatida ikkita pastki barglarni qoplab turadi, bu barglar ham assimetrik tuzilgan bo`lib, bandchasi bor, ular boshdan oyoq yoki faqat yuqori qismdan bir-biriga qo`shilib o`sadi va qayiqcha deb ataladigan bir tuzilma hosil qiladi. Gulning otaligi 10ta, gulida otaligida 9 ta yoki 5 ta bo`ladigan kapalakgullilar oilasi kamdan-kam istisno tariqasidagina uchraydi. Ko`pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir-biri bilan qo`shilib tutashmas naycha hosil qiladi, qo`shilib o`smay, erkin turadigan 10-otalikning birmuncha keng tortgan, ipi o`sha naychaning tirqishini yopib turadi. Ahyon-ahyonda 10 ta otalikning hammasi bir-biri bilan qo`shilib ketadi, yoki aksincha, hammasi erkin qoladi. Otaliklar qo`shilib o`sgan bo`lsa ham kapalakgullilarning o`n a`zoli androtseyi besh a`zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko`rsatadigan belgilarini saqlab qoladi, bu otalikning uzun-qisqalikda ko`rinadi: birmuncha uzun ipi beshta otalik kaltaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. Onaligi, dukkaklilarning hamma vakilaridagidek, bir uyali ustki tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat. Mevalari ikki palla bo`lib ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba`zan suvli bo`ladi. Ba`zan loviya holidagi mevalar ochilib, munchoqsimon bo`lib qoladi va bir mevali bo`g`imlarga bo`linadi. Ba`zi kapalakgullilar oilasining mevalari mayda, bir urug`li, ya`ni yong`oqchaga aylangan bo`ladi.
Kapalakgullilar oilasining ko`pchiligi hashoratlar bilan changlanadi, gullarning murakkab tuzilganligi ham shunga bog`liq. Ochiq rangli gultojida yelkan qayirmasi yaqqol bo`lib ko`rinib turadi: changlovchi hashoratlarni jalb etishda shu tuzilma asosiy rolni o`ynasa ajab emas.
Kapalakgullilar oilasi o`zining xo`jalikda tutgan ahamiyati jixatidan yopiq urug`li o`simliklarning eng muhim oilalaridan biridir. Ularning ahamiyati birinchi galda kapalakgullilarning va umuman dukkaklilarning Bacterium radicicola degan umumiy nom bilan ataladigan bakteriyalar bilan birga yashashga bog`liq. Bacterium radicicola turlari orasida fiziologik jihatdan mustaqil bo`lgan bir qancha formalar borki, ularning har biri kapalakgullilar oilasining ma`lum bir turlari yoki tur guruhlari bilan birga yashaydi. Ildiz tuklari orqali tuproqdan birlamchi ildiz po`stiga o`tadigan tugunak bakteriyalarning urchishi natijasida ildiz parenximasi o`sib qalinlashadi va tugunaklar deb ataladigan o`simtalar hosil qiladi. Ildizdan joy oladigan bakteriyalar atmosferadagi elementlar azotni (uning zapasi tuganmasidir) juda yaxshi o`zlashtira oladi va shu azotni tabiatda biologik moddalar almashinuviga kiritadi.

Tuganak bakteriyalar ishlab chiqaradigan oqsil moddalarni dukkakli o`simliklar o`zlashtiradi, shunga ko`ra azot kam tuproqda ham yaxshi o`saveradi. Dukkakli o`simlikning ildizi va boshqa qismlari chiriganda birikmalar holida to`plangan organik azot zapasi tuproqqa o`tadi va chirib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil o`simliklarga azotli oziq beradigan manba bo`lib qoladi.


Dukkaklilar tartibi turlarning yarmidan ko`prog`ini o`z ichiga oladigan kapalakgullilar oilasi butun yer yuzidagi o`rta iqlimli mamlakatlarga tarqalgan bo`lib, o`t va butasimon formalar ko`rinishida o`sadi, ammo kapalakgullilar orasida tropiklarga yaqin joylarda, asosan daraxtlar holida o`sadigan vakillar ham uchraydi.
Kapalakgullilar oilasi odatda ikki gruppaga bo`linadi:
a) otaliklari erkin turadigan kapalakgullilar oilasi va b)10 ta otalikning hammasi yoki ko`pincha faqat 9 tasi qo`shilib o`sadigan va 10-si erkin qolib, otalik naychasi tirqishini berkitib turadigan kapalakgullar. Birinchi gruppaga kiradigan kapalakgullar oilasi Caesalpiniaceae ga hammadan yaqin turadi va shu o`simliklar vositasi bilan atirgullar oilasiga bog`lanadi.
Kapalakgullar oilasi orasida ovqat bo`ladigan o`simliklardan quydagilar ayniqsa muhimdir. No`xat (Pisum sativum) juft patsimon barglar chiqaradigan o`tsimon o`simlikdir, barglari yirik yonbargli bo`ladi va uchidan shoxlangan jingalaklar chiqaradi, gullari oq. No`xat ovqatga ishlatilishi jihatidan juda katta ahamiyatga ega, chunki urug`lari oqsillarga boyligi jihatidan go`shtga yaqin turadi (lekin dukkaklilarning oqsillari hayvon oqsillariga nisbatan kamroq xazm bo`ladi), bundan tashqari, talaygina kraxmali bo`ladi. Ba`zi navlarning mevalari shakarga boy bo`ladi va yetilmagan holida ovqatga ishlatiladi. No`xatning asosiy mahsuloti (urug`i) dan tashqari yer ustki vegetativ qismlaridan ham foydalaniladi ular oqsilga boy bo`lganidan qimmatli yem-hashak o`rnini bosadi. No`xat ko`p azot to`playdigan o`simlik bo`lgani uchun keyin ekiladigan o`simliklarning hosiliga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Loviya (Phaseolus vulgaris) ning bir qancha navlari bor, ular urug`larning katta-kichikligi, shakli va rangi bilangina emas, balki quruqlikka chidamligi, tezpisharligi bilan ham ajralib turadi va hokazo. Bu o`simlikning ona vatani janubiy Amerikadir degan ma`lumotlar bor. Loviya ko`pincha janubiy rayonlarda ekiladi,shimolda xavoning nam va salqin bo`lishi loviyaning o`sishiga to`sqinlik qiladi. O`rta Osiyoda loviyaning alohida bir turi mosh (Phaseolus Mungo) ko`p tarqalgan, mosh ham ovqatga ishlatiladi.
Yeryong`oq (Arachis hypogara) - o`t o`simligi bo`lib, juft patsimon barglar va geokarp bo`lishi bilan ajralib turadigan sariq gullar chiqadi. Guli ochilib to`kilgandan keyin tuguncha bandi (ginofor) cho`zilib, pastga qayriladi, natijada tuguncha tuproqqa kiradi va shu yerda loviyasimon meva tugadi. Meva yoni quruq bo`lib yuzasi turlaydi. Har qaysi mevada (dukkakda) bir nechtadan doni bo`ladi. Donida 55% ga yaqin moy va 25-35% oqsil bor. Yeryong`oqdan olinadigan moy eng yaxshi o`simlik moylaridan hisoblanadi va zaytun moyidan uncha qolishmaydi.
Sebarga (Trifolium) uch qo`shaloq (ba`zan besh qo`shaloq) g`alati barglar chiqaradigan o`t o`simliklarini o`z ichiga oladi. Boshcha-boshcha bo`lib turadigan gullari birmuncha mayda va qizil, pushti oq goho sariq va qo`ng`ir bo`ladi. Mevalari bitta ba`zan 2-6 ta urug` tugadigan va sal yoriladigan loviya xolidadir.
Qishloq xo`jaligida qizil sebarga yoki yovvoyi sebarga (Trifolium pratense) katta ahamiyatga ega.
Termopsis (Thermopsis lanceolata)-qirlarda, Volga bo`ylarida, Sibir va O`rta Osiyoda ko`p uchraydi va ba`zan begona o`t holida o`sadi. Bu o`simlikdan yo`talga qarshi dori olinadi,shu bilan birga termopsisning chetdan keltiriladigan ipekakuacha ildizining o`rnini bosa olishi hozir aniqlan-gan.
Bo`yoq beradigan drok (Genista tinctoris) - qirlarda, qisman o`rmonlar o`sadigan buta o`simlikligining shingil - shingil sariq gullaridan och sariq rangli yaxshi bo`yoq olinadi.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin