Kirish Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif


Soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi o’siliklar



Yüklə 110 Kb.
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü110 Kb.
#119300
1   2   3   4   5   6
Soyabonguldoshlar oilasi

2.Soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi o’siliklar.

Tropik qisman subtropik mintaqada ko`p ekiladigan Indigofera tinctoria indigo degan aynamas ko`k bo`yoq beradi. O`rta Osiyoda o`sadigan va traganta deb ataladigan ba`zi Astragalus turlaridan olinadigan sirach to`qimachilik, ko`pchilik sanoatida, gugurt ishlab chiqarishda, bo`yoq va parfmeriya sanoatida, shuningdek konditer korxonalarida ishlatiladi.


Kapalakgullilarning ba`zi daraxtsimon formalari juda qattiq, qimmatli yog`och beradi; masalan, qizil sandal daraxti va afrika qora daraxti shular jumlasidandir.
Bizda o`sadigan sariq akatsiya (Caragana arborescens) va shunga yaqin turadigan derez (G. frutex) turi yashil devor qilib ekiladi.
Bir yillik kapalakgulli o`simliklardan lyupin (Lupinus) o`t o`simliklardan lyupin (Lupinus) o`t o`simlik bo`lib, barmoqsimon-murakkab g`alati barglar chiqaradi, barglari 5-11 ta bargcha bo`ladi. Gullari oq, sariq yoki ko`p rangda shingil - shingil bo`lib turadi. Qishloq xo`jaligida sariq lyupin (L. luteus), ingichka bargli lyupin (L. angustifolius) va oq lyupin (L. albus) ning ahamiyati bor. Lyupinlar ikki jihatdan ahamiyatga ega. Ular juda ko`p azot to`playdi, shunga ko`ra qum tuproqli ariq yerlar ham azotga ancha boy bo`lib qoladi. Ikkinchi tomondan, lyupinlar oqsilga juda boy bo`lib, yaxshi yem - xashak o`rnini bosadi.
Sezalpinlar(Ceasalpiniaceae) oilasi.
Bu oilaga kiradigan o`simliklar daraxtlar,lianalar,butalar goho o`tlar holida bo`ladi va ketma-ket joylashgan,qo`sh patsimon,goho oddiy barglar hiqaradi (oddiy barglar murakkab barglarning reduksiyalanishi natijasida yuzaga keladi) va hamisha yonbarglari bo`ladi.Tuklari ba`zan deyarli aktinomorf, lekin odatda zigomorf,siklik bo`lib, odatda besh a`zoli ba`zan to`rt a`zoli doiralardan tashkil topadi. Kosachabarglari odatda erkin turadi.Gulbarglarning soni kosachabarglarning soniga teng yoki undan kamroq ular katta-kichik bo`ladi,shu bilan birga orqa tomondagi eng yirik gulbargi yon gulbarglarning chetlari bilan qoplanib turadi,yon gulbarglarini esa pastki gulbarglar bekitib turadi.Otaliklari o`nta bo`lib,ikki doira hosil qiladi. Ular bir-biriga qo`shilmaydi-yu,lekin iplari ba`zan bir-biriga birmuncha qo`shilib o`sadi. Ko`pincha ba`zi otaliklar (masalan,orqadagi uchta otalik-gulbargi qarshisida turgan bitta otalik va kosacha qarshisida turgan ikkita otalik) staminodiyaga aylanadi, shunga ko`ra gulning zigomorfligi kuchayadi.Ba`zan otaliklar butunlay reduksiyalanib ketadi,natijada androtset besh a`zoli bo`lib,qoladi. Onaligi bir uyali tugunchasi bor meva bargchadan iborat bo`lib,ba`zan gul o`rnida hosil bo`lgan band chiqaradi. Mevasi ba`zan ochiladigan ba`zan ochilmaydigan loviya shaklida. Ba`zi vakillarining urug`i endospermdir.
Shimoliy Amerikada o`sadigan gledichiya degan daraxt(Gleditschia triacanthos)juda diqqatga sazovordir,bu daraxt uzunligi 10 santimetrdan oshadigan oddiy yoki shoxlangan tikanlar chiqaradi. Gledichiya Krim,Kavkaz va O`rta Osiyoda dekorativ daraxt o`rnida o`stiriladi:bu o`simlik yaxshi asal beradi uni ixoto o`rmonlari barpo qilishda ko`plab ekish maslahat ko`riladi.
Selderdoshlar oilasi-Apiaceae.
Bu oilaga kiradigan o`simliklarning ko`pchilik qismi o`tsimon o`simliklar bo`lib,chala buta va buta o`simliklari kam uchraydi.O`tsimon o`simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo`tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o`simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o`sadi.
Barglari navbat bilan joylashgan,yonbargsiz,chetlari tekis yoki bir necha joyidan chuqur qirqilgan bo`lib poyani qinlari bilan birmuncha o`rab oladi.Poyaning yer ustki qismini ichi kovak unda moy yo`llari bor,bo`g`im va bo`g`im oraliqlari bilinib turadi.
Gullari mayda bo`lib, soyabonsimon to`pgullarga to`planadi. Murakkab soyabonning asosi gulyonbarglardan iborat umumiy o`rama ichiga olingan,soyabonlarning asosida ham mana shunday kichik o`ramachalar bor.O`rama va o`ramachalarning shakli,kattaligi va qay xilda joylashganligi o`simliklarni to`g`ri sistemasiga imkon beradigan muhim belgi xisoblanadi.
Gullari aktinomorf,ikki jinsli,ba`zan bir jinsli (bir yoki 2 uyli) lari ham uchraydi.Ba`zi bir o`simliklarda to`pgullarning chetidagi tashqi tojbarglar ichkaridagilarga qaraganda yirikroq bo`ladi. Gul kosachalari juda ham qiyalangan:kosachasi 5 tishli,mayda ko`pincha rivojlanmay ham qoladi.Tojbarglari 5 ta, tutashmagan, uchi gulning ichkarisiga qarab bukilgan bo`ladi.Otaligi ham 5 ta, g`unchada tojbargiga o`xshab ichkari tomon qaragan holda yotadi.Urug`chisi 2 mevabargli,tugunchasi ostki, 2 uyali,har qaysi uyasi bir urug`kurtakli.Tuguncha 2 ustunchali bo`lib,har qaysi ustunchaning asosini nektardan o`rab turadi. Gullari proteroandrin tipda (otaliklari onaliklaridan ilgari yetiladi) xashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevasi pishgandan keyin 2 ta mevachaga ajralib, karnoforda, ya`ni ipsimon qo`shoq mevaband uchida bir qancha vaqt osilib turuvchi qo`sh pistachadir. Urug`i endospermli va mevaqati bilan zich qo`shilib o`sgan.Soyabonguldoshlar oilasi 3500 taga yaqin turni o`z ichiga olgan avloddan iborat.
Gul formulasi: Sa(5) So5 A5 G(1)
Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo`lgan turlari quyidagilardir.
Sabzilar avlodi (Dacus). Bu avlod vakillari 2 yillik va ko`p yillik o`t o`simliklardir. Ularning gullari 1 yoki 2 jinsli, oq yoki sarg`ish, o`rtasidagi gullari qizil rangda. Mevasi cho`ziq, 5 ta tikanaksimon qovurg`ali. Bu avlod 60 turdan iborat.Shimoliy yarim sharda,shu jumladan O`zbekistonda ham tarqalgan.
Yovvoyi sabzi. (D.carota). yuvropa va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. 2 yillik o`t o`simlik. Bu sabzi ildizining dag`al va mayda bo`lishi bilan ekma sabzidan farq qiladi. Ekma sabzi (D.sativus).2 yillik o`simlik. Chala buta va buta o`simliklari kam uchraydi. O`tsimon o`simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo`tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o`simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o`sadi. Birinchi yili uzun bandli 2-3 marta patsimon qirqilgan to`pbarg va ildizmeva hosil qiladi. Ikkinchi yili sershox poya chiqaradi va oq gullar hosil bo`ladi. Mevasi o`ziga xos hidli ingichka o`tkir tikanchalar bilan qoplangan. Shuning uchun bular o`zaro bir-biriga yopishishadi. Sabzi sabzavot sifatida va mollarga oziqa sifatida ekiladi.
Kashnich (Coriandrum sativum. U gullari oq 2 jinsli, urug`i silliq,bir oz dumaloq yoki ovalsimon, barglari qirqilgan bir yillik tuksiz yashil o`simlikdir. Vatani O`rta dengiz. Kashnich mevasida 0,8 % gacha korindrin efir moyi bor. 18% gacha yog` bo`lib, u sovun ishlab chiqarishda va to`qimachilik sanoatida ishlatiladi. Bargi taomlarga ko`k sifatida ishlatiladi.
Petrushka (Petroselinum crispus). U ildizlari urchiqsimon, barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan, gullari sarg`ish, oq, qizg`ish tusli 2 yillik o`simlik.Uning hamma qismi yoqimli hid va ta`mga ega.Urug`ida efir moyi bor.

Tmin yoki qora zira (Carum). Bu ko`p yillik yoki 2 yillik, ko`pincha tuganaksiz o`t o`simlikdir. Barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan. Gullari 2 jinsli oq pushti yoki qizil rangli. Mevasi cho`ziq yonidan siqilgan, qovurg`asi yapsimon egatidagi moy yo`llari bitta. Urug`ining ich tomoni yassi. 2turi (C.carvi va C.atrisangueneun) O`zbekiston florasida tarqalgan. Birinchi turi 2 yillik tuksiz o`simlik. U guli oq yoki pushti, bo`yi 40-60 sm poyasi yakka egatli ichi bo`sh ayri bo`lib shoxlangan. Urug`i cho`ziq xushbo`y hidli, jigarrang. Tog`li rayonlarda o`sadi. Mahalliy xalq qorazira deb ataydi va ovqatga ziravor sifatida ishlatiladi.


Valerianadoshlar oilasi-Valerianaceae.
Bu oila vakillari buta,chala buta ko`proq o`t o`simliklardir. Barglari qarama-qarshi joylashgan, odatda, patsimon qirqilgan va yonbargsiz. To`pgullari dixoziy yoki gajak. Gullari 2 jinsli, ba`zan bir jinsli, zigomorf, assimetrik, ya`ni teng 2 qismga ajratish mumkin bo`lmaydigan, 5 a`zolidir. Kosachasi gullash davrida yaxshi sezilmaydi, keyinroq patsimon o`simtaga aylanadi. Gultoji 2 labli, qo`ng`iroqsimon va uzun nayli bo`lib, naydan pixsimon yoki naysimon o`simta chiqadi. Changchilari 1 ta yoki 3 ta qolgan 2 tasi rivojlanmaydi. Urug`chisi 3 mevabargli. Tugunchasi ostki, lekin urug`kurtagi uning faqat bittasidagina taraqqiy etadi. Mevasi yong`oqcha, kosachadan hosil bo`lgan patsimon uchmasi bor.Urug`i endosperimsiz. Valerianadoshlar oilasi 14 avlod va 350 turdan iborat bo`lib, asosan shimoliy yarim sharda, bir qismi Braziliyada va And tog`larida tarqalgandir. O`zbekistonda 3 avlodi va 19 turi uchraydi.
Valeriana avlodi (Valeriana). Bu avlod vakillari ildizlari ko`pincha yo`g`onlashgan 200 tacha turni o`z ichiga oladi. Ular shimoliy yarim sharning mo`tadil poslarida va And tog`larida tarqalgan. 3 turi (V.Ticarifolia, V.chionophila,V.Tedtschenkovii) O`zbekiston florasida o`sadi.
Dori valeriana (V.officinalis). U meditsinada katta ahamiyatga ega bo`lgan ildizpoyali, yirik ko`p yillik o`tlardandir. Barglari toq patsimon, qirqilgan qarama-qarshi joylashgan, gullari pushti rangli xushbo`y. Changchisi 3 ta bo`lib, tojbarg naychasiga birikkan. Ildizi bilan ildizpoyasi dori sifatida ishlatiladi. Asosan Ukrainada va Voronej oblastida ekiladi. Belorusiya, Ukraina, Rostov oblastlarida yovvoyi xolda o`sganlari ham yig`ishtirib olinadi.
Valeriananing xo`jalikdagi ahamiyati.
Bu oilaning vakillaridan dori valeriana ekiladi.Uning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan dori asab kasalliklarini, xapqon kasalligini, yurak urishi va uyqusizlik kasalliklarini davolashda keng qo`llaniladi. Salat sifatida valerianella eriokarpa barglari ishlatiladi. Sigirquyruqgullilar tartibi -Ituzumguldoshlar oilasi-Solanaceae.
Bu oila vakillari o`t, chala buta, buta ba`zan ilashuvchi tropiklarda o`suvchi xatto kichikroq daraxt o`ziga xos xidi bor o`simliklardir. Barglari oddiy butun yoki qaychibarg va yonbargsiz bo`lib, asosan navbatlashib joylashadi. Biroq gulli tanalarida barglari ba`zan juft-juft, hatto qarama-qarshi joylashgandek ko`rinadi (mas.o`simligida) to`p gulli simoz odatda gajjak, gullari och sariq, pushti binafsha. Oqimtir ko`k rangli aktinomorf ba`zan bir oz zigomorf tuzilgan.2 jinsli bo`ladi. Gulqo`rg`oni qismlari va otaligi 5 a`zoli. Onaligi 2 mevabargli, tugunchasi ustki, 2 uyali, ba`zan 3-5 uyali, har qaysi uyasi ko`p urug`kurtakli. Mevasi rezavor-meva yoki ko`sakcha. Urug`i endospermli ham, endospermsiz ham bo`ladi. Embrioni bukilgan (ba`zan to`g`ri). Tuguncha atrofida halqa bo`lib joylashgan 5 bo`lakchali shiradoni bor.
Hashoratlar vositasi bilan yoki o`z-o`zidan changlanadi. Anatomik jihatdan bog`lamlari orasida yumshoq tolalar bo`lishi, bioximik jihatdan turli alkaloidlarga boy bo`lishi, oilaning xarakterli belgilaridan biridir. Ituzumdoshlar oilasi 80 avlod, 2500 ortiqroq turdan iborat bo`lib, yer sharining mo`t`adil iqlimli poyasida va tropiklarda, xususan Amerikaning tropik oblastlarida keng tarqalgan. Shulardan SSSR florasidan faqat yovvoyi xolda 10 avlod va 45 turi, O`zbekiston florasida 2007 avlod va 25 turi uchraydi. Ituzumdoshlarga mansub turlari tarkibida alkaloidlar bo`lganligidan ularning ko`pchiligi zaharli hisoblanadi. Bir necha turlar dorivor o`simlik sifatida qo`llaniladi. Shu bilan birga muhim sabzavot sifatida ekiladigan va texnikada qo`llaniladigan vakillari ham bor. Mevasi rezavordir.
Ituzumdoshlar oilasi-Solanum.
Bu avlod vakillari gullari to`g`ri tuzilgan, oq, ko`k, qizil, binafsha, sariq rangli, gultoji yulduzsimon, qisqa naylidir. Otaligi 5 ta,bandi qisqa, changdoni chetlari bilan birlashib nay hosil qiladi. Changdoni uchidagi teshikchalari orqali yorilib, ochiladi. Urug`lari endospermli. Bu gulli o`simliklarning eng yirik avlodlaridan bo`lib, 1300 dan ortiqroq turni o`z ichiga oladi. Uning vakillari asosan markaziy va janubiy Amerikada, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyo va Amerikaning o`rta iqlimli zonalarida o`sadi. Ituzumning MDX florasida 18, O`zbekistonda 7 turi uchraydi. Dexqonchilikdagi bir necha muhim o`simliklar shu avlodga kiradi. Kartoshka- S. tuberosum.
Bu yer ostidagi ipchalarda o`zgargan ildizpoya tuganaklar hosil qiladigan ko`p yillik o`t o`simliklardir to`p gullari murakkab gajak, gullari to`g`ri tuzilgan oq sariq, pushti va och binafsha rangli, gultoji voronkasimon qaytarmasi 5 bo`lakchali. Changdoni sariq, mevasi 2 uyali, kattaligi olchadek, yashil rangli rezavor meva. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika bo`lib 16 asr oxirlarida yuvropaga keltiriladi.
Tuganagida 12-25% kraxmal, 2% chamasida moy, shu miqdorda oqsil hamda "A","V1","V2","V6", "S", "N", "K" vitaminlari bo`lganligidan bir yillik sabzavot va texnika o`simligi sifatida yer sharining ko`p qismida ekiladi.
Kartoshka yovvoyi xolda janubiy markaziy Amerikaning And tog`larida o`sadi. Rossiyada 18 asrdan boshlab, O`zbekistonda esa 19 asrning 2 yarmidan ekila boshlandi. Kartoshkaning 2000 dan ortiq navi bor. Dunyo dexqonchiligi bo`yicha kartoshka ekiladigan maydon 20 million ga yetadi. O`zbekistonda kartoshkaning ertagi navlaridan Kuryer,Nim rang, Epikuo, Ekron, Pochki navlaridan Lorx, Qaychi barg, Gollandskiy va boshqalar ekiladi. Ituzum - S.nigrum.
Bu bir yillik, mevasi dumaloq, urug`i sariq begona o`tdir. U hamma yerda uchraydi. Bizda mevasi qora ituzum o`sgan joylarda qizil mevali ituzum ham o`sadi. Har ikki turning mevasida "S" vitamini juda ko`p.
Pomidor yoki tomatlar avlodi. Ituzumlarga eng yaqin avlod xisoblanadi.

Pomidor- L.esculentum.


Bu mayin tukli o`ziga xos hidli bir yillik o`simlikdir. Barglari uzuk-uzuk katta qismi toq patsimon, bo`lakchalarga bo`lingan. Gullari murakkab yoki oddiy gajak yoki shingil tipida to`pgul hosil qiladi.
Gultoji sariq, changdonlari yonidagi tik yoriqchalar orqali ochiladi. Mevasi sersuv mevadir. Vatani janubiy Amerikadir. U yerda ko`p yillik o`simlik hisoblanadi va daraxtga o`xshash turlari yovvoyi holda o`sadi. Navlari g`oyat ko`p bo`lib keng miqyosida ekiladi. 16 asrning oxirida (1569 yil) pomidor urug`i ekib tajriba qilish maqsadida Angliyaga keltiriladi. Pomidor Rossiyada ham birinchi martda 1780 yili ekilib ko`riladi. Odessada 1850 yildan ekila boshlaydi.19 asrning 1 yarimlaridan boshlab O`rta Osiyoda ham ekila boshlaydi. Pomidorning mevasi "S", "V1", "V2", "V6", "R", RR, "K" vitaminlarga va karotinga (provitamin A) juda boydir. O`zbekistonda pomidorning tezpishar navlaridan Bizon va sporka-grebovakiy, kechpishar navlaridan Chudo-Riika, Budyoka, Maglob va boshqalar ekiladi. Garmdori avlodi-Capsicum.
Bu avlod 30 turdan tashkil topgan. Ularning Vatani Janubiy Amerikaning shimolidir. U yerda bir necha turlari ekiladi va yovvoyi holda o`sadi.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin