QOQO'TDOSHLAR PECHAKDOSHLAR OILALARINING
YEM XASHAK TURLARI BIOLOGYASI EKOLOGYASI
AREALI VA AXAMYATI
Reja:
1.
Qoqo'tdoshlar oilasi
2.
Pechakdoshlar oilalari
3.
Yem xashak turlari
Qoqo'tdoshlar oilasining dorivor turlari biologyasi ekologyasi
Вu oila gulli o'simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli
hamma qit'alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o'sadigan 920
turkumga mansub 19 000 tumi o'z ichiga oladi.
O'zbekistonda Ьu oilaga mansub 137 turkumga oid 597 tur o'simlik
o'sadi.
Qoqio'tdoshlarning ko'p turlari bir yillik va ko'p yillik o'tlar bo'lib,
ularning juda kam qismini chala butalar tashkil etadi. Faqat tropik
mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o'sadi.
Вu oila vakillarining barglari oddiy, yonbargsiz, ildiz bo'g'zida to'planib
yoki poyada asosan ketma-ket, ba'zan qarama-qarshi yoki halqa bo'lib
joylashgan. Barg yaprog'i butun, ba'zan toq patsimon bo'lingan, shakli
har xil. Gullari to'pgulda joylashgan.
Qoqio'tdoshlaming muhim belgisi to'pgullarining savatcha shaklida
bo'lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator turli shakldagi
o'rama bargchalar bilan qoplangan, ichida mayda gullar o'rnashgan.
Savatcha bir gulli уоki ko'p gulli bo'lishi mumkin. Bunday to'pgul ko'zga
bitta gulga o'xshab ko'rinadi. Haqiqatda esa bu bitta gul emas, ko'p gul-
dan, ba'zan esa bir necha хil guldan tashkil topgan to'pguldir.
Savatchadagi gul o'rni yassi, bo'rtgan yoki cho'kkan bo'lishi mumkin.
Shunga ko'ra to'pgulning shakli sharsimon, yarim sharsimon,
tuxumsimon,
konussimon
yoki
likobchasimon
bo'ladi.
Qoqio'tdoshlaming ko'pchiligida savatchalar o'z navbatida shingil,
ro'vak, qalqon va boshcha kabi to'pgullarga o'mashib murakkab to'pgul
hosil qiladi.
Qoqio'tdoshlaming guli 4 halqali, ikki jinsli, bir qismi ayrim jinsli yoki
butunlay jinssiz bo'ladi. Kosachabarg, tojbarg va changchilari 5 tadan.
Kosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan, yashil bargchali
bo'lmaydi. Ba'zi vаkilаrida kosachasi pardasimon, 5 tishli o'simta
shaklida. Аmmо ko'pchiligida tishchalari o'rnida oddiy yoki patsimon
tuklar yoki qiltanoqlar hosil bo'ladi. Mazkur o'simtalar mevada qolib,
urug'laming shamol vositasida tarqalishida xizmat qiluvchi uchmalarga
yoki kоkilаrgа aylanadi. Gultoji tutash tojbargli, to'g'ri уоki qiyshiq,
ko'pincha ikkala xil tojli gullar bir to'pgulda joylashadi.
Qoqio'tdoshlar
gulining
umumiy
formulasi
quyidagicha:
K
O
G
(5)
Ch
(5)
U
(2)
. Mevasi shamol yoki hayvonlar yordamida tarqalishga
moslashgan bir urug'li donchadir.
Mingyaproq bo'yimodaron (boshog'riqo't)ni ko'pchilik taniydi. U
bo'yimodaron turkumiga mansub, o'rmalovchi ildizpoyali ko 'р yillik о
'tdir.
Tog' yonbag'irlarida va etaklarida, soylarda, yo'l yoqalarida o'sadi.
Poyasi bir nechta. Barglari 3 kаrrа patsimon qirqilgan, bo'laklari juda
ingichka ipsimon. Ildiz bo'g'izidagi va gulsiz poyasidagi barglari uzun
bandli, gulli poyadagilari esa o'troq. U iyundan boshlab gullaydi.
To'pguli savatcha, lekin ular o'z naybatida роya uchidagi qalqonga
o'mashib, murakkab to'pgul hosil qiladi. Savatchalari mayda. O'rama
bargchalari bir necha qator o'rnashgan, chetlari hoshiyali, mayda.
Mingyaproq bo'yimodaron gulining tuzilishi bilan tanishish uchun,
to'pguldan bir dona savatchani оlib lupa ostiga qo'yib ko'riladi.
Savatchaning chetidagi gullar soxta tilsimon gullar bo‘lib, soni 4-5 ta,
rangi осh sariq, осh qizil yoki qip-qizil. Savatcha o'rtasidagi gullar sariq,
ikki jinsli, nауsimon. Soxta tilsimon gul naysimon gulga qaraganda
ancha yirik. Gulining o'ziga xos hidi bor. U hasharotlar yordamida
changlanadi. Oldingi ochilgan gullardan iyulda mеva hosil bo'ladi.
Bo'yimodaronning meyasi bir urug'li doncha.
Mingyaproq bo'yimodaron dorivor o'simlik. Uning bargi, to'pguli va
gullayotgan poyasining uchidan tayyorlangan damlama va suyuq
ekstraktlar ilmiy tibbiyotda oshqozon ichak kasalliklarini davolashda
hamda ichki va sirtqi qon ketishlami to'xtatishda ishlatiladi.
O'zbekistonda bo'yimodaron turkumiga oid 5 ta tur o'simlik o'sadi.
Bularning hammasi ham dorivor o'simliklar hisoblanadi.
Shuvoq turkumiga mansub o'simliklar chorvachilikda o'ziga xos o'rinni
egallaydi.
O'zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik hamda ko'p
yillik o'tlar va chala butalardir. Barglari oddiy, uchga bo'lingan yoki
patsimon bo'lingan. Barg bo'laklari ingichka - ipsimon. Вu turkum
vakillari orasida tog'larda, adirlarda, cho'llarda, to'qaylarda o'sadigan va
hatto begona o'tlar qatori yo'l yoqalarida, ariq bo'ylarida, marzalarda
o'sadigan turlar ham bor.
Oq shuyoq (oq jusan), Тuron shuvog'i (qora jusan), уоvshan shuvoq
kabi turlari Mirzacho'l, Malikcho'l O'rtacho'l. Qarshi cho'li, Konimex
cho'li va Qizilqum kabi qorako'lchili yaylovlarida (o'tloqlarida) poyonsiz
shuvoqzorlarni hosil qilаdi va bu o'tloqlarning asosiy oziqbop
o'simliklaridan hisoblanadi. Shuvoqning bu turlari chala butalar bo'lib,
poyasining pastki qismi yag'ochlanadi va bu qismda qishloychi kurtaklar
saqlanib qoladi. Saqlangan qishloychi kurtaklar martning boshlarida
uyg'onadi Va iliq, sernam sharoitda cho'ldagi boshqa o'tlar bilan bir
qatorda tez o'sadi. Yozning boshlaridayoq cho'ldagi efemer va boshqa
ko'pchilik o'tlar quriydi, lekin shuyoqlar faqat o'sishdan nisbatan
to'xtaydi. Yozning quruq yajazirama kunlarida shuyoqda «yozgi tinim»
dayri boshlanadi. Bunda organizmdagi hayotiy jarayonlar juda susayadi.
Barglarining Ыг qismi to'kiladi, qolganlari so'linqirab qoladi. Вu
ularning cho'lning issiq va quruq, suysiz sharoitida yashashga
moslanishidir. Kuz kelgach, cho'lda kechasi ancha salqin bo'ladi,
shudring tushadi, ba'zan yomg'ir yog'adi, namdan bahramand bo'lgan
shuvoq yanа o'sa boshlaydi, yangi barglar chiqaradi, nоvdalari uzayadi.
Sentabrning ikkinchi yarmida gullaydi. Shuyoq sayatchalari ro'yak
xilidagi to'pgulga o'rnashgan. Sayatchalarining har birida 5-7 faqat ikki
jinsli tilsimon gul bo'ladi. Meyasi oktabrning oxiri yoki noyabrning
boshida pishadi va to'kiladi.
Cho'l o'tloqlaridagi shuvoqlar qorako'l qo'ylari va tuyalarning kuzgi
hamda qishki asosiy ozig'idir. Cho'lda qishloy, ko'pincha shuyog'i ko'p
o'tloqlardao'tkaziladi. ShuY6qlarni o'rib qish uchun hashak g'amlanadi.
Shuyoqlar faqat qimmatli em-xashak o'simligigina bo'lib qolmay, balki
bebaho shifobaxsh o'simlik hamdir. Bunga misol qilib, Ermon shuyog'ini
ko'rsatsa bo'ladi. Uning bargi, poyasi va to'pgulidan tayyorlangan dorilar
ilmiy tabobatda kasalliklarni dayolashda ishlatiladi.
Bahorning ilk darakchilaridan bo'lgan qoqi yoki тотаqaymoqni kim
bilmaydi deysiz? Ular ilmiy kitoblarda dorivor qoqi deb ataladi, chunki
qoqi va mоmаqaymoqlar ildizi va bargidan tayyorlangan dorilar
kasalliklarni dayolashda ishlatiladi.
Doriyor qoqio't turkumiga ko'ra ko'p yillik o'tdir. Uni уоhalardagi
o'simlik o'sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin. Doriyor
qoqining poyasi juda kalta bo'lganligi uchun patsimon qirqilgan
to'pbarglari xuddi ildizning o'zidan chiqqanday tuyuladi. Barglar
orasidan chiqqan uzun gulbandlarning har biri uchida bittadan о'гата Va
oltin rangli gullar yig'indisidan tashkil topgan sayatcha -to'pgulda
o'rnashadi. Sayatchasidagi hamma gullar ikki jinsli, tilsimon gullardir.
O'zbekistonda qoqi turkumiga mansub 26 tur o'simlik o'sadi:
Qoqilarning meyasi doncha. Donchaning uchida shamolda uchishga
moslashgan popukchasi Ьor.
Doriyor qoqini uzganingizda undan oq sutga o'xshash shira ajraladi.
Biroz vaqt o'tgandan so'ng unga barmog'ingizni tegizsangiz
cho'zilib
chiqadi. Вu esa unda kauchuk (rezina) borligini ko'rsatadi. Yozning
o'rtasidan boshlab vohalardagi ekinlar orasidа, yo'l yoqalari va ariqlar
bo'yida zangori sachratqi gullaydi. U sachratqi turkumining
O'zbekistonda o'sadigan yagona turi hisoblanadi. Sachratqining
sayatchasidagi hamma gullar zangori rangli, ikki jinsli, tilsimon bo'ladi.
Sachratqi doriyor o'simlik. Uning ildizi va barglari hamda gullayotgan
poyasidan"tayyorlangan
dorilar
oshqozon-ichak
kasalliklarini
dayolashda ishlatiladi.
Qoqio'tdoshlar orasida ekinzorlardan yo'qotish qiyin bo'lgan ashaddiy
begona o'tlar ham bor. Bular qatoriga bo'ztikan (O'zbekistonda 5 ta turi
bor), qo'ytikan (O'zbekistonda 2 ta turi bor) va paxta tikan
(O'zbekistonda 9 turi bor) kabi turkumlaming vakillari kiradi.
Qoqio'tdoshlarga
mansub
madaniy
o'simliklardan
biri
тоуli
kungaboqardir. Uning to'pguli lшп chiqqandan toki botgunga qadar
quyoshga qarab buriladi, shuning uchun ham u kungaboqar nomini
olgan.
Dorivor turlari orasida tabiiy xolda uchraydigan va madaniy sharoitda
ko'plab, ekiladigan moychechak turkumining vakillari ham bor.
Gulzorlarda to qish tushguncha, сhaman bo'lib, ochilib turadigan
qashqargul, xrizantema, qo'qongul, kartoshkagul va dastargullar ham
qoqio'tdoshlarga
mansub
madaniy-manzarali
о'
simliklardan
hisoblanadi.
Yovvoyi holda o'sadigan qoqio'tdoshlarga bo'tako'z, qarg'ako'z kabi
turkumlarning vakillari misol bo'ladi.
Asosan o’t o’simliklar, qisman daraxtsimon liana, buta yokipast
bo’yli daraxtlardir. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchasiz.
Gullari ikki jinsli, ba’zan bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gul
qismlari gulo’rniga siklik yoki spirotsiklik joylashgan, gulqo’g’oni
murakkab, ba’zan oddiy. Changchilari ko’p, ba’zan 6 (3) ta, ginetsey
apokarp, sinkarp, parakarp tuzilishga ega. Ayiqtovonkabilarning
vakillari magnoliyakabilarga ancha yaqin, ammo illitsiyanamolar
(Illicales) qabilasi bilan bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan bo’lsa
kerak deb taxmin qilinadi. Hozirgi tizimga binoan ayiqtovonkabilar
4 qabila: (Ayiqtovonnamolar - Ranunculales, Burmaqoranamolar –
Glaucidiales, Sallagulnamolar – Paeoniales, Ko’knornamolar –
Papaverales), 13 oila, 200 ga yaqin turkum va 4000 ga yaqin turlarni
birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |