Kirish yosh oilada moslashuv muammosi


Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar tuzilishining taxminiy sxemasi quyidagicha



Yüklə 155 Kb.
səhifə4/13
tarix08.05.2023
ölçüsü155 Kb.
#109475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oilaviy munosabatlarda rashk va xiyonat muammos

Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar tuzilishining taxminiy sxemasi quyidagicha:
1)buva va buvi hamda oilaning qolgan barcha a’zolari aloqasi:
2)ota-onaning o‘zaro munosabatlari:
3)ota-ona va farzandlar orasidagi muloqot:
4)farzandlarining o‘zaro munosabatlari tartibi:
5)kelinning barcha oila a’zolari bilan munosabatlari:
6)kelinlarning (ovsinlar) o‘zaro muloqot qilishlari kabilar.
Oila murkkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, ahloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o‘zgarishlaruning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishiga bevosita bog‘liqdir.
Oiladagi shaxslararo munosabatlar milliy-hududiy xususiyatlarga uzviy bog‘liq murakkab tizimga ega bo‘lib, uning asosiy bo‘g‘ini er bilan xotin o‘rtasidagi munosabat hisoblanadi. Undagi shaxslararo munosabatlar barqarorligini oilaviy qadriyatlarning shakllanganlik darajasi belgilaydi. O‘zbek oilasining milliy-madaniy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olmay turib oila-nikoh munosabatlarini, oilaviy turmush faoliyatini, uning barqarorligi va farovonligini maqsadga muvofiq yo‘sinda tashkil etish va amalga oshirish mumkin emas.
O‘zbek oilalarida shaxslararo munosabatlar barqarorligini belgilashda er-xotin munosabatlaridagi o‘zaro hurmat va ishonch, bir-birini yaxshi tushunish, farzandlar, muomala odobi, onglilik va ma’naviy axloqiy mavqe, uning moddiy ta’minlanganligi, uy-joy bilan ta’minlanganlik, rollar taqsimotining mosligi, jinsiy moslik muhim omillar hisoblanadi. Er-xotin munosabatlariga nikoh oldi omillarikuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Oila ijtimoiy tuzilma sifatida bir qator funksiyalarni bajarishi to‘g‘risida muayyan tasavvurga egamiz. Shundan kelib chiqqan holda oiladagi erkak va ayolning alohida o‘ziga xos funksiyalari nimadan iborat, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy.
Sharq xalqlarining ko‘pchiligida, jumladan, bizning o‘zbeklarda ham erkaklar xonadon boshlig‘i hisoblanadilar, shu bois erkaklarning fundamental funksiyasi oilani moddiy jihatdan ta’minlash hisoblanadi. Shuningdek, oiladagi ma’naviy-maishiy muammolarni hal etish ham asosan erkakning zimmasida. Tashqi ta’sir faktorlari ko‘payib ketganligi bois, erkak yana bir muhim funksiyasiga farzand, ayniqsa o‘g‘il bola tarbiyasiga mas’ul ekanligini ba’zan unutib qo‘yayotgan bo‘lsa, ba’zan esa bunga vaqt orttirolmayapti.
Ko‘p oilalarda shuni kuzatishimiz mumkinki, aksar hollarda ona oqila va shirin so‘z bo‘lsa, qizlar ham yaxshi tarbiya topadilar. Erkak aqlli, uddaburon bo‘lgani holda o‘g‘ilning erkatoy, noqobil bo‘lish o‘sishi, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalish faktlari uchrab turadi. Bu esa oilada, tevarakatrofda o‘g‘il bola tarbiyasida ijtimoiy nazoratning susayib ketganligidan darak beradi.
Ayolning oiladagi fundamental funksiyasi esa bola tug‘ib-tarbiyalash, ro‘zg‘or yuritish, oila mablag‘larini, oila budjetini oila a’zolarining ehtiyojlariga qarab to‘g‘ri taqsimlay bilish xisoblanadi.
Shuningdek, farzandlar ongi va xatti-harakatida orastalik, chevarlik, estetik didni shakllantirish, mehnatkash va xushxulq qilib tarbiyalash ham onaning vazifalaridir. Shu bilan birgalikda har ikkala jins vakillari uchun oilada yuzaga kelgan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni oldini ola bilish funksiyasi ham mavjud.
Yaqin-yaqingacha o‘zbek oilasida mavjud bo‘lgan bir haqiqat shunda ediki, unda bola shaxsini shakllantirish, aqlan, ruhan, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda onaning o‘rni katta edi. Qisqasi, oilaning ma’naviy ta’minotining ma’lum qismi ayolning zimmasida. Ota bolaning tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanmay, balki ko‘pincha ona tarbiya jarayonida ota shaxsidan foydalanar edi. Masalan: onalarimiz «otangga aytaman», deb biz farzandlarni yomon ishdan qaytarar, «otangga qanday aytamiz?» deb qilgan ishimizning yomonlik darajasini anglatar va bu bilan bizga otamizning ta’sir kuchini oshirar edi. Farzandini tarbiyalashda onaga otaning shaxsi, obro‘yi qo‘l kelar edi. Ota esa tarbiya ja-rayoniga favqulodda holatlarda, yoki bolaning qilmishi «gazak» olganda bevosita aralashgan. Bungacha bo‘lgan jarayon ona orqali boshqarilar edi.
Bugun ham oilada otaning shu mavqeini yo‘qotmaslik, millat, xalq va jamiyat taqdiriga befarq emasligimizni ko‘rsatadi.
Bugun o‘zbek ayoli oilada hukmronlikni da’vo qilmoqda. Yangi kelinchaklar, yosh onalarning oilada gegemonlikka intilishi, o‘z fikrini eriga o‘tkazishga harakat qilishini normal holat deb bo‘lmaydi. Erini bolalari oldida izza qiluvchi, hatto bolalarini otasi aytganini bajarmaslikka undovchi ayollar, afsuski, ko‘payib bormoqda.
Erkaklarning vazifalarini bajarishi barobarida ayolning xarakterida ham erkaklashuv belgilari yuzaga kelmoqda. Dag‘allashuv, hissizlik, hattoki, so‘kinishga moyillik belgilari sezilmoqdaki, natijada qizlarimiz erkaksimon, o‘g‘illarimiz qizsimon bo‘lib o‘sishi xavfi yuzaga kelyapti.
Ayollarning ijtimoiy hayotdagi faollashuvi, uning oilaviy munosabatlariga ta’sir etishuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolar kelib chiqmoqda, ayniqsa boshqaruv tizimidagi ayol salohiyati va uning bu mavqeining shaxsiy fazilatlariga ta’siri masalalari sezilmoqda, bu jarayonda shaxsiy fazilatlarda ayollik fazilatlari (nazokatlilik, shirin so‘zlilik...) dan voz kechib, erkaklik fazilatlar (qat’iyatlilik, qattiqqo‘llik, tutgan joyidan kesishga intilish...)iga erishish lozimligi ko‘rinadi, yo‘qsa ish faoliyatida samara kamdek tuyulishi mumkin.
Ayolning asosiy vaqti oila budjetiga hissa qo‘shishga sarfanayotganligi bois, farzandlar tarbiyasi o‘ziga yarasha bo‘lib qolib, ko‘pgina noxushliklar vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bolalarning shaxsiy muammolariga befarqlik, uning ichki dunyosi, manfaatlari, qiziqishlariga nisbatan loqaydlik ona va bola o‘rtasida begonalashuv jarayonini keltirib chiqarmoqda.
Erkaklar oilada o‘z funksiyalarini munosib bajarishi uchun ularning muammolarini aniqlash va hal qilishga harakat qilmoq lozim.
Mutaxassislarning fikricha, bugun O‘zbekistonda erkaklar ayollarga nisbatan o‘rtacha hisobda 5-8 yil kam umr ko‘rishayapti. Chunki ularning organizmi jismonan baquvvat bo‘lsa-da, ma’naviy-maishiy muammolarga, qiyinchiliklarga nisbatan chidam-siz. Shuningdek, ular ruhan tushkunlikka tushganida, turli shaxsiy muammolarga duch kelganida ularni birlashtirib turuvchi markazlar, himoya qiluvchi tashkilotlar yo‘q. Otalari, akalari bilan gaplashish noqulay va yoqimsiz bo‘lgan mavzularda dardkash topolmay qiynalishadi, maxsus maslahatxonalarga, yetuk psixologlarga ehtiyoj sezishadi.
Oilalarda ota-onalarning o‘z farzandlarini tarbiyalashning turli uslublarini farqlash mumkin:

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin