Kirish yosh oilada moslashuv muammosi


Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi



Yüklə 155 Kb.
səhifə3/13
tarix08.05.2023
ölçüsü155 Kb.
#109475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oilaviy munosabatlarda rashk va xiyonat muammos

Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;

  • yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;

  • o‘rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;

  • katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.

Ko‘plab olimlarning ta’kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni o‘zi mustaqil xal qilishi uchun zarur bo‘lgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg‘un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko‘rgankechirganlarini uchun o‘z oilasida qo‘llay bilish mahoratiga bevosita bog‘liqdir.
Lekin baribir har bir oila aynan yoshlik davrida muaytsyan qiyinchiliklarni boshdan kechiradiki, bu muammolar quyidagi holatlarga bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi:

  • oilaviy hayotni bir maromda kechishini ta’minlash, ishlash, o‘qish yoki boshqa masalalarni xal qilish uchun vaqtning yetishmasligi;

  • vaqtni yaxshi o‘tkazish, ko‘ngilxushliklarning cheklanganligi;

  • yangi sharoitda erkakning ham ayolning jismonan toliqishi, asablarning charchashi;

  • iqtisodiy qiyinchiliklar.

Oxirgi holat bir tomondan, ayni paytda yoshlardagi orzu-havasning ko‘payib ketishi bilan izohlansa, boshqa tomondan, ota-onalarning orzuqavaslariyu, bordi-keldi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning ortib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda kundan-kunga hayot va yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bo‘lishiga qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari xal bo‘lgan yosh oilada ham nimalardir yetishmayotganday tuyulaveradi. Bu – o‘sha orzuhavaslar, ijtimoiy ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bois ham yurtimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
O‘zbek oilasi boshqa xalqlar oilasidan ancha farq qiladi. Ko‘pincha, bir oiladada bir necha avlod a’zolari birga istiqomat qilishadi. Ana shundan kelib chiqqan holda uning tuzilishi murakkablashib boradi: buva va buvi (katta avlod vakillari), ota va ona (ikkinchi avlod namoyondalari), kattakichik farzandlar (uchinchi bo‘g‘in a’zolari) nevara va evaralar (to‘rtinchi avlodga mansublar) kabilar.

Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin