Kiritish-Chiqarish tizimni tashkil etish Reja


Kiritish-chiqarish tizimlarini tashkil qilish



Yüklə 269,65 Kb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü269,65 Kb.
#164187
1   2   3   4   5   6
Islomjon

Kiritish-chiqarish tizimlarini tashkil qilish.
Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, modemlar). Ma ’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda - ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmalarini (MKCHQ), kompyuterning boshqa qurilmalari bilan qanday bog‘langanligi va ular o‘zaro qanday ma’lumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida (rus tilida - материнская плата) - protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljanangan ulanish nuqtalari (rus tilida - разъёмы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan birga - shinalar ham joylashgan bo‘ladi.
Kompyuterga ma’lumotlami kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib olish uchun quyidagi chizmalar bilan tanishib chiqamiz. 2-rasmda shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi keltirilgan.

5.2-rasm. Shaxsiy kompyuteming mantiqiy strukturasi.


Har bir ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: kontroller (nazorat qiluvchi) va MKCHQning o‘zi. Har bir kontroller o‘ziga tegishli bo‘lgan MKCHQni boshqarishni va uning shinaga murojaat qilish jarayonini nazorat qilib turadi. Masalan, biron-bir dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) ma’lumotlami o‘qib olishi kerak bo‘lsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi va diskka kerakli ma’lumotni qidirib topish buyrug‘ini yuboradi. Diskning ma’lumotlar yozilgan yo‘lkasi va sektori topilgandan so‘ng, disk kontrollerga ma’lumotlami bitlar oqimi ko‘rinishida uzata boshlaydi. Kontrollerning vazifasi - kelayotgan bitlar oqimini ma’lum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 64 bitli) so‘zlarga aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi.
http://fayllar.org
Yüklə 269,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin