Xotira turlari va vazifalari. Xotira turlari haqida. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari kop: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira turlari kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak . Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlaintirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma'lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng.
Doimiyxotira (Read Only Memory – ROM – faqat o`qish uchun). Bunda, berilganlar (standart dasturlar) unga avvaldan xotira mikrosxemasiga ishlab chiqarilgan zavodida joylashtirilgan bo`ladi va berilganlarni o`zgartirish talab qilinmaydi. Bunday xotiradan faqat unda saqlanayotgan ma’lumotlarni o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. ROM da kompyuter o`chirilganda ham ma’lumotlar saqlanadi. IBM PC kompyuterlarida bu xotira kompyuter jihozlarining ishlashini tekshirish, operatsion tizimning boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko`p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.