Kirsh Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari


Texnologiya va dizayn faninnng nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg’or texnologiyalar bilan talabalarni o’rganish



Yüklə 102,97 Kb.
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü102,97 Kb.
#192088
1   2   3   4   5   6   7
Texnologiya va dizayn fanining maqsadi va vazifalari.

1.2. Texnologiya va dizayn faninnng nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg’or texnologiyalar bilan talabalarni o’rganish
Ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar. Yog‘och turlari va uning xususiyatlari. Yog‘ochlami ishlov berishda rejalash. Yog‘och materiallarini yo'nish va yo‘nish usullari, Yog‘och materiallarini arralash. Yog‘och materiallarini teshish. Tayyor buyumlami pardozlash. Yog‘och materiallariga ishlov beradigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Yog‘och materiallariga ishlov beriuvchi dastgohlar hamda elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar. Mashina, mexanizm elementlari va turlari. Yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari. Texnologik xaritalar, ulami tuzish va foydalanish. Metall turlari va ulaming xususiyatlari. Metallarga ishlov berishda rejalash. Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Tayyor buyumlami pardozlash. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar hamda elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar. Mashina, mexanizm elementlari va turlari.
Texnologik xaritalar, ulami tuzish va foydalanish. Pol qoplamalari hamda mebellaming laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari. Yurtimiz me’morchiligi tarixi. Xona intereri hamda jihozlanish dizayni zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari. Xona va fanlar bo‘yicha o‘quv kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri.
Xona va fanlar bo‘yicha o‘quv kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik eskizlarini tayyorlash texnologiyasi. Texnologiyani muxofaza qilish qonuniyatlari asoslari. Texnologiyani muxofaza qilish qonunlari va nizomlari. Texnika havfsizlik asoslari. Ishlab chiqarishda sog‘lom va havfsiz texnologiya qilish sharoitini yaratish. Instruktsiyalar bilan tanishish turlari, xodimlarning asosiy texnologiya xuquq va burchlari. Ishlab chiqarish sanoatida sanitariya-gigiyena talablari.
Dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlami tayyorlashni, ro‘zg‘orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlami, bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ulaming atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘mini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni, taklif etilgan yechimlar asosida xonalami jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlami ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o‘lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlami tayyorlash, malakasini oshirish yo'nal ishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; texnologiyani unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; texnologiyani ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish;
o‘quvchilar yog‘ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlaming _ 4 bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilami tanlash qoidalari; hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlar; xalq
hunarmandchiligining tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi kerak;
“Texnologiya va dizayin” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy texnologiya faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya va dizayin” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya va dizayin” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lamiz
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy yo‘nalishlari. Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va texnologiya ko p sarfianadigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish kerak. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy yo‘nalishlari. Zamonaviy fantexnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va texnologiya ko’p sarfianadigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish kerak.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i bo‘lib, u butun xalq xo'jaligining rivojlanishi darajasini belgilab beradi. Sanoatda ishlab chiqarish qurollari va vositalari hamda xalq iste'moli mollarining asosiy qismi bunyod etiladi. Texnologiya predmeti (kishi texnologiyai yo‘naltirilgan buyum)ga bo‘lgan t a ’sir xarakteriga qarab sanoat konchilik sanoati va ishlov berish tarmoqlariga b o ‘linadi„ Birinchi tarm oq, ruda, ko‘mir, neft, gaz va boshqa tabiiy xomashyo qazib olish, gidroelektrostansiyalar va boshqa korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tarm oqqa esa qora va rangli metallar, prokatlar, kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari, qurilish materiallari, o‘rm onchilik, oziq-ovqat va boshqa xalq iste’moli mollari mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, atom, issiqlik elektrostansiyalari kiradi.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonada texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy texnologiya m ahsuldorligining o‘sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi m ehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon boiadi. Texnologik jarayonlar o ‘zgaruvchan b o ‘lib, texnika taraqqiy etgan sari to‘xtovsiz ravishda ratsionallashtirilib boriladi. Texnika taraqqiyoti texnologiya, texnologiya vositalari va qurollarining har to m o n lam a takom illashuvidan ham da ishlab chiqarishni ilg‘or tajribaga asoslangan holda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qoilash orqali tashkil etishdan iborat. Texnika taraqqiyotining asosiy vazifasi ijtimoiy texnologiyani har tomonlama tejash va ishlab chiqarishning yuqori su r’atlar bilan o ‘sishini ta ’m in lash d an iborat. Yangi texnika va texnologiya o ‘zining yaratilish davrida uch asosiy bosqichdan o ‘tadi. Bular ilmiy tadqiqot, loyiha-texnika jih atd an ishlab chiqish, ishlab chiqarishda o
‘zlashtirish. «Fantexnika — ishlab chiqarish» bosqichlari o‘zaro cham barchas bog‘langan. Fan-texnika taraqqiyotini o ‘zlashtirish m uddati va tezlashtirish su r’atlari m azkur zanjir halqalarini boshqarish va ularning o‘zaro ta’siri qanday tashkil etilganligiga bog‘liqdir. Korxonada fan-texnika taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Birinchisi — bu mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish, o'zlashtirish va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini yaxshilashdir. Ikkinchisi — ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, intensivlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolashtirish, gazlashtirish, davriy jarayonlarni 20 uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish, toza va konsentrlangan m ahsulot ishlab chiqarish va hokazo. Bu ikki yo‘nalishning uzviy qo‘shib olib borilishi va bir-biriga ta’sirigina korxonada ham , butun xalq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishni ta’minlaydi. Korxonalarda fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqishda «yangi mahsulot» tushunchasini to ‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga egadir. 0‘z texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra V atanimiz hamda chetel fani va texnikasidagi eng yangi yutuqlarga mos keluvchi yoki u ndan o‘zib ketuvchi buyumlar yangi mahsulotlar jumlasiga kiradi. har bir yangi mahsulot pasportga o‘zining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aks ettirilgan texnik darajasi kartasiga ega. Texnik darajasi kartasi m azkur m ahsulotning ko‘rsatkichlarini Vatanimizda va chet ellarda ishlab chiqariladigan boshqa shunga o‘xshash namunalar bilan taqqoslaydi, shuningdek, mahsulotning patent jihatdan sof bo‘lishini tasdiqlaydi.
llmiy-texnik taraqqiyot va ilmiy-texnik revolyutsiya texnologiyalarning ahamiyatini oshirishga va ular asosida prinsipial yangi ilmiy-tadqiqotlarni ochilishiga sabab boldi. Ular ancha takomillashgan, unumdorligi yuqori bolib, texnologiya unumdorligini va mahsulot sifatini anchaga oshirishi mumkin. Bunday texnologiyalarga Elion texnologiyasi misol bola oladi. Elion texnologiyasi fokuslangan turli energiya turlaridan foydalanishga asoslangan. Fizikaviy ta’siriga ko‘ra Elion texnologiyasini quyidagi guruhlarga b o lish mumkin: lazer, ultratovush, plazma, elektron nur, ion nuri, elektr uchquni, yoruglik nurlari va boshqalar.
Masalan, lazer nuri bilan ko‘pgina texnologik jarayonlarni amalga oshirish m um kin, undan tibbiyotda operatsiyalar qilishda, ko‘p kanallik aloqa liniyalarida ham da lazer 28 nurlaridan pretizion asbob sifatida materiallarga ishlov berishda o ‘ta qattiq materiallarda teshiklar ochishda foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda ultratovush tebranishlaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega boiib, undan mashinasozlikda, priborsozlikda, metallurgiyada kimyoviy, yengil, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida juda ko‘p ishlatiladi. Ultratovushdan turli texnologik jarayonlarda foydalanish kengayib bormoqda. Texnolgiyalarni takomillashtirishning yana bir yangi yo‘nalishi bu kam operatsiyali, resurslarni tejaydigan jarayonlardan foydalanishdir. Hozirda texnologik jarayonlarni bashorat qilish va optimizatsiyalashda tadqiqotlarni matematik rejalashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bu usulga ta ’sir etuvchi faktorlarni bog‘lashda optimizatsiya parametrli matematik modellarni olishga erishiladi.
Bu usulda kam xarajatli optim al yakuniy natijalarga ega b o ‘lgan usullarni topish im koni tu g ‘iladi. IT R texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaydi. Elektron hisoblash m ashinalaridan foydalanishda uni prinsipial yangi asosga olib chiqdi. Bu kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga o ‘tishni ta ’minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirgan sistemalar usulida boshqarish nafaqat m ehnat unumdorligini oshiradi, balki mahsulot sifatiga qo‘yiladigan,o‘sib borayotgan talabni ta’minlaydi. Yuqori sifatli mahsulotlarga bo'lgan talabni qondirish avtomatlashtirish yo‘li bilan, ya’ni uzoq vaqt davomida texnolgik rejimlarga qat’iy rioya qilishni ta’minlaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan, egiluvchan avtomatik usulda boshqarish orqali texnologiya va moddiy xarajatlarni keskin kamaytiradi, texnologiya unumdorligini va mahsulot sifatini oshiradi. Agarda ilgari yangi m urakkab m ahsulotlarning paydo b o ‘lishida konstruktorlarning ishiga asos deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda 29 yangi murakkab mahsulotlarning paydo bo‘lishida ko‘p hollarda texnologiyalarning darajasi va imkoniyatlari asos bo‘la oladi.
Texnologiya va dizayn yo‘nalishida duradgorlik, tokarlik va kompozitsion materiallardan mahsulot yaratuvchi usta kasblari asosida bajariladigan ishlar bo’yicha kasbiy tayyorgarlik mashg’ulotlarida o’rgatishga berilayotgan dars materiallarini ikki guruhga bo’lamiz. Birinchi guruhga X sinflarga, ikkinchi guruhga XI sinflarga mo’ljallangan dars materiallaridir.
X sinfda texnologiya va dizayn yo’nalishi bo’yicha duradgorlik va tokarlik hamda kompozitsion materiallarga ishlov beruvchi usta kasblari ishtirok etadigan yog’och, metall va kompozitsion materiallarga ishlov berish asosida ishlab chiqarishda xom ashyo tanlash, tayyorlanayotgan mahsulot uchun o’lchov va rejalash, tayyorlashning texnologik xarita tayyorlash, xomaki ishlov berish, mahsulot detallarini tayyorlash, detallarni yig’ish, tayyorlangan mahsulotga pardozlash kabi ishlarini amalga oshiradigan bo’lim va sexlaridagi ishlab chiqarish faoliyatlariga oid quyida keltiriladigan dars materiallari o’qitishga berilishi maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy texnika va texnologiyalar (2 soat) deb nomlanadigan (boblarni nomlarini yanada aniqlashtirish uchun o’zgartirish mumkin) bobda yog’och va metall hamda kompozitsion materiallarga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalari, materiallarga ishlov berish korxonalarini ishlab chiqarishlarining umumiy tavsiflari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, ularda fаn-tехnikа tаrаqqiyotini jаdаllаshtirish оmillаri vа istiqbоllariga oid dars materiallari berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Mahsulot ishlab chiqarish asoslari ( 30soat) bobida yog’ochsozlik, metallsozlik va kompozitsion materiallarga ishlov berishda mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari haqida quyidagi tartibda manbalar berilishi mumkin.
Yog‘ochsozlik mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari (12 soat) ga oid o’rgatishga mo’ljallangan manbalarda yog’ochlarga ishlov berib, mahsulot ishlab chiqarish asoslari mazmuni, duradgorlik, javonsozlik va parket ishlari mohiyati, yog’ ochdan tayyorlanadigan pollarning turlari, pollarni yotqizish ketma-ketligi, yog’ och pollarni bajarishda ishlatiladigan dastgohlar va jihozlar, pollarni qabul qilib olish qoidalari va davlat standartlari, texnika xavfsizligi qoidalari, qurilish duradgorligida qolip ishlari, qoliplarni tayyorlash va o’rnatish bo’yicha texnologik xaritalarini ishlab chiqish jarayonlari yoritilishi kerak. Yog’och detallarini kovak qilib joylashtirish usuli, obreshetka, stropila va ularni o’rnatish, deraza va balkon romlarini tayyorlash, eshik va deraza bloklari va ustunlari turlari, eshik va deraza bloklarini avtomatlashtirilgan tarmoqlarida ishlab chiqarishda ish o’rnini tashkil qilish, ish tartibi va texnologiyasi, javonlarni ta’mirlash ishlari, javonsozlik dastgohlarini ta’mirlash, oyna, eshik va javonsozlik dastgohlarini topshiriqqa muvofiq yozma va chizma ko’rinishida tayyorlash bo’yicha ishga oid dars materiallari berilishi kerak. Parket ishlab chiqarish, parketlarni konstruktsiyalari, sifat talablari, tayyorlash texnologiya turlari, parketlarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda ish o’rnini tashkil qilish, ish tartibi va texnologiyasi, tilingan yog’och va payraxalardan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash ishlari, himoya-dekorativ qoplamani berish tartiblari, yog’och materiallar yuzasini pardozlashda amalga oshiriladigan ishlar va bajarilish tartiblari, pardozlashda buyum sirtlariga ishlov berish turlari, pardozlashda yog’och yuzalarini bo’yash, gruntovka qilish, yog’och yuzidagi hujayralarni qoplash bo’yicha yozma ishlarga oid manbalar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, shu sinfga yog’ochlarga ishlov beruvchi tasmali arralash stanogi, qil arrali stanoklar, yog’ochni qayta ishlovchi dastgohlar, to’rt tomonlama randalovchi dastgoh, frezalovchi dastgoh, o’yuvchi va teshuvchi dastgolar, kur tirnoqli dastgoh, universal stanoklar, murakablashtirilgan stanoklar, fugankalash stanoklari, reysmus stanoklari tuzilishi va ishlatilishiga oid dars materiallari berilishi kerak.
Аmаliy mustаqil ishlаr uchun metalsozlik va yog’ochsozlik sanoatlari miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xom-ashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash va boshqa shunga o’xshash amaliy ishlarga yo’l-yo’riqli topshiriqlar berilsa dars samaradorligi yaxshi bo’lar edi. Metalga ishlov berishga asoslangan ishlab chiqarish jarayonlari (8 soat) bo’limida Metallarga ishlov berib mahsulot ishlab chiqarish asoslari mazmuni, zamonaviy chilangarlik ishlar guruhi, chilangarlik mahsulotini sifat ko'rsangichlar, chilangarlik ustaxonalari, ularni jihozlari va ularda ish o’rnini va texnologiyani ilmiy tashkil qilish, ish tartibi, texnologiyaning sanitariya-gigena qoidalari, xavfsiz texnologiya sharoitlari, chilangarlikda ishlatiladigan nazorat o’lchov asboblari, tekislikni va to’g’ri chiziqlikni hamda uzunlikni o’lchash asboblari, shtixli asboblar, richagli mexanik va optik mexanik hamda elektr asboblar, har xil yuzalarni chilangarlik egovlash texnologiyalari, egovlangan yuzalarni pardozlash, chilangarlik egovlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish, egovlash dastgohlari, silliqlsh va egovlash uchun randalash dastgohlariga oid ma’lumotlar berilishi kerak. Shu sinfda chilangarlik ishlarida parmalash jarayonlari, parmalash ishlarini mexanizatsiyalashtirish, parmalash dastgohlarida parmalash tartibi, parmalashda detal mahsulotlari tayyorlash, chilangarlik ishlarida zenkerlash, zenkovkalash, teshiklarni kengaytirish, teshiklarni razvertkalash usullari, ularni mexanizatsiyalashtirish, rezba kesish texnologiyasi, rezba kesish asboblari, ichki va tashqi rezbalar kesish, rezba kesish ishlarini mexanizatsiyalashtirish, rezba mahsulotlari tayyorlash, chilangarlikda parchinlash texnologiyasi, qo’lda va mashinada parchinlash, chekankalash ishlari, biriktirish mahsulotini tayyorlash, chilangarlikda shaberlash ishlari, shaberlarni charxlash, shaberlash jarayoni, shaberlashni mexanizatsiyalashtirish, shaberlashni yupqa randalash, silliqlash bilan almashtirish, frezerlash, sirtni plastik deformatsiyalash, detal sirtini shaberlash mahsulotini tayyorlash kabi mavzularga oid dars materiallari berilishi kerak.

Yüklə 102,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin