█████████████ (1701346) 43. Qayin odimchisi mansub bo‟lgan tip uchun (a) va faqat sinf uchun (b)
umumiy belgilar to‟g‟ri ko‟rsatilgan javobni aniqlang.
1) polisaxariddan iborat tashqi skelet; 2) ikki juft qanotlar; 3) bo‟g‟imlardan
iborat oyoqlar; 4) tullab o‟sish; 5) traxeyalardan iborat nafas olish organlari;
5) qorin nerv zanjiri
A) a-1,5; b-4,6 B) a-2,4; b-3,5 C) a-4,6; b-3 D) a-1,3; b-2 44. Noto‟g‟ri ma‟lumotni aniqlang.
A) Bug‟doy o‟simligi hujayrasida 4-juft xromosomada inversiya yuz berganda 14 ta xromosoma bo‟ladi. B) Makkajo‟xori o‟simligida 3-va 5-juft xromosomalar tarqalmay bitta qutbga to‟planishi natijasida meyoz I yakunida 8 yoki 12 ta xromosomali hujayralar hosil bo‟ladi. C) No‟xat o‟simligida 2-va 6-juft xromosomalar tarqalmay bir qutbga to‟planishi natijasida meyoz I yakunida hujayrada 9 yoki 5 ta xromosoma bo‟ladi. D) Qalampir hujayrasida to‟rt juft gomologik xromosomalar faqat bitta qutbga to‟plansa, meyoz I yakunida 45 yoki 51 ta xromosomali to‟plam hosil bo‟ladi. 45. Quyidagi hayvonlarni ularning fandagi nomi bilan to‟g‟ri juftlab ko‟rsatilgan
javobni toping.
1) o‟txo‟r kaltakesak; 2) toshbaqalar avlodi; 3) baliq kaltakesak; 4) yirtqich
kaltakesak; 5) uch shohli kaltakesak; 6) ilon kaltakesak;
a) plakoxelis; b) tritsopetops; c) tiranozavr; d) mezozavr; e) brontozavr; f)
ixtiozavr
A) 1-e; 2-a; 3-f; 4-c; 5-b; 6-d B) 1-b; 2-a; 3-d; 4-e; 5-c; 6-f C) 1-c; 2-e; 3-f; 4-a; 5-b; 6-d D) 1-e; 2-d; 3-f; 4-b; 5-c; 6-a 46. Biogen migratsiyaning ikkinchi turiga mos keluvchi jarayonlarni aniqlang.
1) tugunak bakteriyalar tomonidan azotning o‟zlashtirilishi; 2) dukkakli
o‟simliklarda fotosintezning sodir bo‟lishi; 3) laminariyada yodning
to‟planishi; 4) foraminiferalardan ohaktosh konlarining hosil bo‟lishi; 5)
xrokokkning fotosintez qilishi; 6) ulvada organik moddalar to‟planishi
A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D) 2,4,6 47. Abiotik omillarning ta‟siri to‟g‟ri ko‟rsatilgan javobni toping.
a) namlik; b) topografik;
1) gledichiyning o‟zidan fitonsid ajratib chiqarishi; 2) zamburug‟ning
penitsill ishlab chiqarishi; 3) tog‟larda yashovchi odamlar qonida
eritrotsitlarning ko‟p bo‟lishi 4) o‟simliklar o‟rtasida yorug‟lik uchun
kurash; 5) yorug‟lik yetishmasligi natijasida odamlarda D avitaminozi
rivojlanishi; 6) yomg‟ir chuvalchangining yozda pillaga o‟ralib uyquga
ketishi.
A) 1,2,5 B) 2,3,6 C) 1,2,4 D) 3,5,6 48. Qaysi belgilarning irsiylanishi komplementar genlarga bog‟liq?
1) piyozbosh rangining oq bo‟lishi; 2) qoramollarda sutning miqdori; 3)
itlarda yungning jigarrang bo‟lishi; 4) tovuqlarda patning qora rangda
bo‟lishi; 5) xo‟rozlarda gulsimon tojning irsiylanishi; 6) xoldor to‟tilarda oq
patning irsiylanishi; 7) xushbo‟y no‟xotda gultojbarglarning oq bo‟lishi; 8)
bug‟doyda donning oq rangda bo‟lishi
A) 3,4 B) 7,8 C) 5,6 D) 1,2 49. Vegetativ nerv sistemasi bo‟limlari va ularning boshqaradigan jarayonlar
o‟rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
a) orqa miya nervlari; b) bosh miya stvol qismi nervlari;
1) sistolani tezlashtiradi; 2) sistolani sekinlashtiradi; 3) oshqozonda shira
ajralishini tezlashtiradi; 4) qovuq muskullarini bo‟shashtiradi; 5) oshqozon
muskullari harakatini susaytiradi
A) a-1,3; b-2,4 B) a-4,5; b-2,3 C) a-1,4; b-2,5 D) a-3,4; b-2,5 50. Odam yuragining chap bo‟lmachasi diastola holatida bo‟lgan vaqtda…
A) ikki tavaqali yopiq bo‟ladi; qorincha diastola holatida bo‟ladi B) yarimoysimon klapan yopiq bo‟ladi; diastolik bosim kuzatiladi C) ikki tavaqali klapan yopiq bo‟ladi; sistolik bosim kuzatiladi D) qorincha sistola holatida bo‟ladi; yarimoysimon klapan yopiq bo‟ladi 51. Odamdagi o‟mrov osti muskulining bo‟yinning teri osti muskulidan farqini
toping.
1) vegetativ nerv sistemsi orqali boshqariladi; 2) joylashuv ko‟ra to‟sh-
o‟mrov so‟rg‟ichsmon muskul bilan bir guruhga kiradi; 3) joylashuviga
ko‟ra diafragma muskuli bilan bir guruhga kiradi; 4) gavdaning ko‟krak
muskuli hisoblanadi; 5) suyakka birikadi; 6) boshning harakatini
ta‟minlaydi; 7) qo‟lning harakatida ishtirok etadi
A) 1,4,5 B) 1,5 C) 2,6 D) 3,4,7 52. Quyidagi belgilar orasidan sog‟lom odamning siydik qopiga xos bo‟lmagan
belgilarni ajrating.
1) murtak varaqasining endodermasidan rivojlanadi; 2) vegetativ nerv
sistemasi orqali boshqariladi; 3) 1-2 bel umurtqalari ro‟parasida joylashgan;
4) muskul hujayralarida bitta yadro va kalta miofibril tolachalari bo‟ladi; 5)
simpatik nerv sistemasi ta‟sirida muskullari bo‟shashadi; 6) siydik qopi
devorida proprioretseptorlari joylashgan; 7) adashgan nerv ta‟sirida siydik
qopi muskullari qisqarib siydik ajraladi
A) 1,2,3 B) 1,5,7 C) 3,6,7 D) 3,4,5 53. Sezgi analizatorlari haqidagi to‟g‟ri fikrni aniqlang.
A) Terining derma qavatida issiqni va bosimni sezuvchi retseptorlar siypalashni va og‟riqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan chuqurroq joylashgan. B) Gipermetropiya keksalarda ko‟z gavhari do‟ngligining ortib ketishi tufayli yuzaga keladi. C) Quloqning suyak labirinti bilan parda labirinti orasida endolimfa, parda labirinti ichida perilimfa suyuqligi bo‟ladi. D) Harakat analizatorining oliy nerv markazi bosh miya katta yarimsharlari po‟stlog‟ining orqa markaziy egatida joylashgan. 54. Qaysi hasharotlar metamorfoz jarayonida og‟iz a‟zolari o‟zgaradi?
1) chigirtka; 2) bronza qo‟ng‟izi; 3) ninachi; 4) to‟shak qandalasi; 5)
podalariy; 6) tovusko‟z; 7) olma mevaxo‟ri
A) 6,7 B) 1,2 C) 3,4 D) 1,5 55. Tanasi boshko‟krak, qorin bo‟limlardan iborat mozaik ko‟rish xos bo‟lgan
organizmlarni aniqlang.
1) sariq falanga; 2) buzoqbosh; 3) zorka; 4) langust; 5) krevetka; 6)
trixogramma; 7) drozofila
A) 4,5 B) 6,7 C) 2,3 D) 1,2 56. Bosh skeletsizlarning bosh skeletlilardan farqini aniqlang.
1) nerv sistemasi nerv nayidan iborat; 2) ichki skelet mavjud emas; 3) bosh
va orqa miya markaziy nerv sistemasini hosil qiladi; 4) umurtqa pog‟onasi
rivojlanmagan; 5) qon aylanish doirasi yopiq; 6) skeleti suyak va tog‟aydan
iborat
A) 1,4 B) 3,5,6 C) 2,4 D) 1,2,5 57. Leyshmaniya va sil batsillasi uchun umumiy bo‟lgan xususiyatlarni
aniqlang.
A) Eukariot organizm, irsiy axboroti sitoplazmadagi halqasimon DNKda joylashgan. B) Bir hujayrali organizm, hujayra qobig‟i xitindan iborat. C) Yadrosi ikki qavat membrana bilan o‟ralgan, reduplikatsiya jarayoni sitoplazmada kechadi. D) Membranasi ikki qator lipid va oqsil molekulalaridan iborat, ribosomasi sitoplazmada translyatsiyada qatnashadi. 58. Yirtqich umurtqali (a) va o‟txo‟r umurtqasiz (b) hayvonlarni aniqlang.
1) kojan; 2) zlatka; 3) aureliya; 4) tipratikon; 5) ko‟l baqasi; 6) tillako‟z; 7)
suvilon; 8) termit; 9) hasva qandalasi; 10) bizon
A) a-5,7; b-2,6 B) a-1,10; b-6,9 C) a-4,5; b-2,8 D) a-1,7; b-3,6 59. Qoqshol qo‟zg‟atuvchisiga xos bo‟lmagan xususiyat?
1) tallomida hosil bo‟lgan o‟simtalarni ajratish yo‟li bilan ko‟payadi; 2) irsiy
belgilari polinukleotid zanjirda joylashgan; 3) membranasi lipid va oqsil
moddalaridan iborat; 4) ribosomalari endoplasmatik to‟r bilan hamkorlikda
oqsil sintezini amalga oshiradi; 5) hujayra qobig‟i murein moddasidan iborat
bo‟lib, irsiy belgilari yadroda joylashgan; 6) membranasi sitoplazmani
hujayra qobig‟idan ajratib turadi.
A) 2,3,6 B) 1,4,5 C) 1,3,5 D) 2,4,6 60. Eukariot hujayraga oid to‟g‟ri ma‟lumotlarni aniqlang.
1) hujayra tarkibidagi mitoxondriya, xloroplast va yadro qo‟shqavat
membranaga ega; 2) sitoskelet hujayraning tayanch elementidir; 3)
lizosomalarni hosil qiluvchi organoidlar membranasiz tuzilishga ega; 4)
o‟simlik hujayrasining xitinsimon qobig‟idagi maxsus teshikchalari orqali
qo‟shni hujayraning endoplazmatik to‟r kanalchalari o‟zaro tutashadi; 5)
mitoxondriyaning kristalarida ko‟plab fermentlar joylashgan