Kitob bilim manbayi



Yüklə 17,6 Kb.
tarix18.06.2023
ölçüsü17,6 Kb.
#132144
bayonnoma kitobxonlik


KITOB BILIM MANBAYI” NOMLI TADBIR BAYONNOMASI
Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 15-umumiy o`rta ta`lim maktabida 2023-yil 22-fevral kuni o’tkazilgan Kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida “Kitob bilim manbayi” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda maktabning boshlang`ich sinf ustozlari hamda o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari qatnashdilar.
Tadbir tashkilotchisi: O.Ishmatova S.Xoliyevalar
Kun tartibida:


  1. 1-“A”, va 2-“B”-sinf o’quvchilari hamda maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda “Kitob bilim manbayi” mavzusida o’tkazilgan tadbirning muhokamasi.




Eshitildi.
Kun tartibidagi tadbir yuzasidan o`quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Ra`no ustoz so’z oldi:” Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi. U yuraklarni-yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir. Kitobga oshno bo‘lgan odam o‘z umrini chiroyli o‘tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi. Shu sababli ham Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan besh tashabbusning to`rtinchi tashabbusi yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish borasida tizimli ishlarni tashkil qilishga qaratilgan Tadbir juda yaxshi o’tdi.
Maktabning MMIBDO` To`ra ustoz so’zga chiqdi:
”Bugungi tadbirni ko’rib kitobga berilgan ta`riflarni eshitib yana bir bor kitoblarga bo`lgan cheksiz muhabbatim paydo bo`ldi. Ayniqsa o’quvchilarning tayyorlagan sahna ko’rinishlari,ularning rollariga kirishib gaplashishlari menda juda katta ta’surot qoldirdi.”
Maktabning Ona tili fani o’qituvchisi F.Davronova so’zga chiqdi:
”Mana bugun kitobga bag`ishlangan tadbirni tomosha qildik, tadbirga o’quvchilar rosa tayyorgarlik ko’ribdilar, mehnat qilibdilar,ayniqsa 2-“B” va 1-“A” sinflardagi Ishmatov Islombek, O`razmetova Dinara sahna ko’rinishdagi rollarini juda maromiga yetkazib o’ynaganlari juda menga yoqdi. Tadbir juda yaxshi o’tdi. ”Tadbirda yana boshqa fan o’qituvchilar ham o’zlarining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar. Yuqoridagi masala yuzasidan tadbir qaror qiladi:
1.Maktabning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’ycha direktor o’rinbosari Mamasagatov To`ra axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 1-“A”va 2-“B”-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan “Kitob bilim manbayi” mavzusida o’tkazilgan tadbir “a’lo” deb topilsin.

Tadbir tashkilotchilari: O. Ishmatova S.Xoliyevalar
Maktab direktori: Sh. Tojiyeva
Yüklə 17,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin