She’r. Kitob deydi Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.
1-BOSHLOVCHI: — Yana donolar fikrlariga quloq tutaylik.
1-BOLA: — Kitoblar aql farzandlari.
Svift.
2-BOLA: — Kitob fikrlash qobilyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir. U aqliy tamballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur, quvvat.
3-BOLA: — Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stdir.
Gyugo.
4-BOLA: — Biror yaxshi kitobni o‘qib o‘z xayotlarida mutlaqo yangi lavha ochgan kishilar ozmunchami?!
Gyugo.
5-BOLA:— Goho odam kitobni o‘qib tugatganda mutlaqo o‘zgarib qoladi. Eng mag‘rur aql egalari-yu, o‘ta nazokatli shaxslar ham bu joziba qarshisida bo‘yin egadilar.
Gyugo.
6-BOLA: — Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim.
7-BOLA: — Kitob yolg‘izlikka do‘st, uni o‘qish bilan odam o‘zligini anglaydi.
J.Dyuamen. 8-BOLA: — Yurakka tekkan birinchi kitob-bamisoli birinchi muhabbat.U kelgusida insonning butun tuyg‘ular olamini beixtiyor o‘ziga jalb etadigan jilvagar ko‘zgudir.
J.Dyuamen. 1-BOSHLOVCHI: — Aziz bolajonlar, kitob haqida qancha gapirsak ozlik qiladi. Biz kitobning qadriga yetib, uni asrab-avaylashimiz kerak. Kitob aql chirog‘i, kitob bebaho boylik. Kitob xazina, bilim.
2-BOSHLOVCHI: — Hurmatli ustozlar, aziz bolajonlar. Shu bilan bugungi “Kitob — mening do‘stimsan” mavzusidagi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Barchangizni kutubxonamizning faol kitobxonlari bo‘lib qolasiz, deb umid qilamiz.
Oxshash xabarlar: