5-qism
Forexning ishlash vaqti Savdo sesiyalari.
Forexning ish vaqti kun bo’yi davom etadi. Dunyoning 4 ta qit’asi Forex
bozorini olib boradi. Birinchi Avstraliya sesiyasi bozorni ochib beradi.
Chunki kunchiqar mamlakat bu Avstraliya mamlakatidir, ikkinchi Yaponiya
mamlakati, uchinchi Yevropa qitasi va to’rtinchi Amerika qo’shma shtatlari
qitasi yakunlab beradi. Kuning oxiriga kelib yana shu hol davom etadi.
Rasm- 5.1 bu yerda savdo sesiyasi ko’rsatib berilgan bu faqat qishki vaqt
bilan chunki boshqa mamlakatda Grinvich vaqti yozgi vaqt bilan qishki vaqt
1 soatga o’zgaradi.
22
Rasm- 5.1
Albatta bu O’zbekiston vaqti bilan ko’rsatilgan lekin bu qishki vaqt
sanaladi, yozgi vaqt esa 1 soatga qisqartiriladi. Agarda Qishki payt 3.00 da
Avstraliyaning Sidney shahri bozorni ochib bersa yozgi payt esa 2.00 da
ochib beradi ya’ni yozgi payt qishki payt nisbattan 1 soat barvaqt ochib
beradi. Boshqa sesiyalar ham Amerika, Yevropa, Yaponiya ham xuddi
shunday bajaradi. Rasm – 5.1 teppa qismdagi belgi bu hozirgi vaqt sanaladi.
Biz hozirgi vaqtda Yevropa qitasida soat 16.13 turibmiz qaysi sesiya o’z
ishini tugatsa boshqa qit’a esa ishni davom ettiradi.
Savdo jarayonida Yevropa London sesiyasi va Amerika Nyu York
sesiyasi trendning o’zgarishi kuchli kutiladi. Chunki bu paytda Yevropa
sesiyasi Banklar va shartnomalar bilan ishlasa, ko’p mablag’, investorlar,
treyderlar, Savdogar Banklar, Markaziy Banklar mablag’larni
ayriboshlaydilar. Eng ko’p aylanma mablag’ aynan shu sesiyada bo’ladi.
Amerika sesiyasida esa faqatgina yangiliklar bilan trendni o’zgartirishi yoki
kuchliligi bilan tendensiyani olib boradi. Mana shu ikki sesiya bozorning
o’zgarishi kuchliligiga sabab bo’ladi. Avstraliya va Osiyo qit’asi esa sekin
yotuvchi sesiya sanaladi. Bu paytda bozorning o’zgarishi juda ham
sekinlashadi va odatda bu payt savdolashib bo’lmaydi. Osiyo qitasi esa
ba’zan bozorga ta’sir o’tkazishi mumkin chunki bu paytda NZD ( Yangi
Zenlandiya dollari), JPY ( Yaponiya Iyenasi), va ba’zan Xitoydagi yangilik
ham Osiyo sesiyasida bozorda ta’sirini o’tkazishi mumkin. Nega Xitoy ta’sir
o’tkazadi va bu asosiy valyutalar birligiga kirmaydiku degan savol tug’ilishi
mumkin. Chunki Xitoyda eng ko’p export tovarlar va ishlab chiqarish yo’lga
qo’yilgan shu uchun Xitoyda chiqadigan yangilik bozorda kam bo’lsada
ta’sir o’tkazishi mumkin. Qaysi sesiya boshlamasin o’rtalarida bozor sekin
ishlaydi chunki bu payta Tushlik payti ( Lunch) boshlanadi.
Ko’p hollarda sesiyalarga qarab trendning jarayonini belgilash mumkin.
Ko’p hollarda kunning boshlanishiga qarab tendensiyaning jarayoni davom
etadi. Bu degani Avstraliya sesiyasi kunni boshlab bersa, boshqa sesiyalar
ham shu jarayonni takrorlashadi. Masalan yangi kun boshlandi Avstraliya
23
sesiyasi ochildi, trend pasga qarab ketyapti, boshqa sesiyalar esa shunga
qarab pasga ketish ehtimoli baland sanaladi. Lekin bu fikr ba’zan qarshi
ishlash ehtimoli ham bor. Kun boshlansa trend pasga ketsa, Yaponiya
sesiyasida salgina yuqoriroqda ketadida Yevropa sesiyasida pasga tushib
ketadi va Amerika sesiyasi ochilganda esa Yevropa sesiyasidan, Yaponiya
sesiyasidan ham oshib ketadi.
Rasm- 5.2
Rasm- 5.2 qarasak kunning boshlanishida trend salgina teppaga ketgan.
Yevropa sesiyasi ochilganidan keyin narxning kuchli borishini kutib
turibmiz. Birgina Yevropa sesiyasida narx 335 punkt tushib ketgan. Albatta
Amerika sesyasi orqali. Amerika sesiyasi ochilishi bilan saligina bozor
to’xtagan keyin esa trendning yo’nalishi yana pasga qarab ketgan. Yevropa
sesiyasi esa tugashi bilan trendning kuchi sekinlashishini kuzatyapmiz.
Haqiqatdan ham Yevropa va Amerika sesiyasi kuchli trendning o’zgarishi
yaqqol ko’rsatyapti.
24
Rasm- 5.2
Rasm- 5.2 trendning yo’nalishi har xil sanalyapti. Kunning
boshlanishida Avstraliya sesiyasida trend teppaga ko’tarilgan. 2 soatdan
keyin esa Yaponiya sesiyasi boshlanganidan so’ng trend pasga ketgan
trendning kuchi o’rtacha. Keyinchalik trend teppaga ketganda, Yevroppa
sesiyasiga kelib trend o’zgarmas bo’lib turgan. Amerika sesiyasida kelib
trendning kuchli pasga tushishini kuzatib turibmiz va Yevropa sesiyasi
tugashi bilan trend o’zgarmas bo’lib turibti. Agarda shu bir kunni olsak
trendning jarayoni tshunarsiz darajada borgan. Bir kunning ichida trend
pasga ketgan. Lekin har bir sesiyada trendning o’zgarishi insonni qaysi bir
yo’nalishga olib borishini aytib berish juda mushkul sanaladi bunday
vaziyatda.Umumiy qilib aytganda shu kunning ichida sesiyaning boshlanishi
teppadan va To’rtinchi sesiyaning yopilishi ochilishiga nisbattan pasga
yopilgan. Lekin shu kunning ichida tendensiya kun o’rtasiga kun
ochilishidan teppaga qarab ketgan va keyingi yarim kunga esa qaytib pasga
tushgan, kunning tugashi esa kunning ochilishiga nisbattan pasga yopilgan.
Shuning uchun qaysi kunni biz olmaylik har xil vaziyat bo’ladi lekin kunlik
grafikni olsak trendning yo’nalishi qaysi tomonga ketayotgan bo’lsa keyingi
kunlar ham shu tomonga borishi kerak. Kunlarning oralaridagi tendensiya
esa yangiliklar yoki boshqa bir talab va taklif orqali tendensiya har xil
tomonda ketishi mumkin.
25
Rasm- 5.3
Bunday holat juda noyob sanaladi. Rasm 5.3 aldamchi tendensiyani
ko’rib turibmiz. Har doimgiday kunning boshlanishi trendning kuchi juda
past bo’lyapti. Yevropa sesiyasiga kelib Trendning o’zgarishi juda ham
kuchli teppaga borgan. Amerika sesiyasiga kelib esa trendning kuchi juda
kuchli pasga tushib ketgan. Kunning boshlanishi teppaga qarab ketgan va
kunning tugashi esa pasga ketgan bunday holda kunning boshlanishidan to
tugaganicha o’zgarish 15-20 pukt. Lekin bu kunga bozor maksimal 200
punkt ko’tarilgan tushishi esa 30 punkt, bozorning ochilishidan hisoblasak.
Bunday trendning o’zgarishi albatta Fundamental analizlar ta’sirida ro’y
beradi. Bunday yangilik, davlatning banklar aro prizidentning so’zlari ta’siri
ostida trending kuchi aniqlanadi.
26
Rasm- 5.4
Rasm- 5.3 tshunarsiz narxning jarayoni, Rasm- 5.4 isbotlab beradi.
Rasm-5.3 holat, Rasm 5.4 yangilik ta’siri ostida vujudga kelgan. Aslida
bunday yangilik ya’ni davlatning, bankning prezidentlarning so’zlari ostida
ro’y beradiga trend jarayoni tshunarsiz darajada ketish ehtimolligi baland
sanaladi.
Savdo sesiyalar ularning ishlash jarayoni va trendga ta’siri faqatgina
fundamental yangiliklar ta’siri ostida vujudga kelmaydi. Asosan Banklar aro
spot kantarktlari, bozorda talab va taklifning borishi va davlat ham o’z
valyuta qiymatini boshqarishi uchun valutalar narxlari o’zgarishiga olib
keladi. Kuchli o’zgarishlardan biri bu davlatning iqtisodiy ahvoli tanglashsa
shunda narxning o’zgarishi juda kuchli sanaladi. 2008 yilda Jahon Moliya
bozorida, valyuta, aksiya, fyuchers kontarktlari, davlatning qimmatbaho
qog’ozlari 60% ga tushib ketdi. Bu jarayon 5-8 oyda davom etdi. Bu albatta
juda ham yomon davlatning iqtisodiy ahvoliga. Aslida davlatning iqtisodiy
ahvolining yaxshilanishi 5-8 yilda yaxshi o’zgarish kutiladi. Lekin Jahon
Moliya Inqiroziga esa bu 5-8 oy hattoki 1 yilga olib ketadi. Masalan
GBPUSD parasini olaylik. Rasm- 5.5 GBPUSD parasida 2001 yil iyunning
boshlarida bu para 1.3671 baholangan edi. Oradan 7 yil o’tgach 2008 yil
iyunning boshlarida 1 Funt sterlingda 2 Aqsh dollariga teng edi. Jahon
Moliya inqirozi ostida 7 oyni ichida qaytib 1.3500 tushib ketdi. 7 yil qiynalib
chiqgan narx 7 oyda qaytib shu narxga tushishi hech kimning xayoliga
kelmagan edi. Shu uchun Jahon Moliyaviy Inqiroz bu boshqarib bo’lmas
darajada narxni teppa yoki pasga juda kuchli olib boradi.
27
Rasm- 5.5
Shunday ekan biz siz bilan aziz o’quvchi Tarixdagi bo’lgan voqealarni
birma bir keltirib ko’rsatdik men o’ylaymanki Tarixda bo’lib o’tgan voqea
Kelajakda albatta o’z yuzini namoyon etadi. Chunki biz siz bilan texnik
analizimizda trend kanallarni yoki boshqa bir indikatrolar ishlatishda xuddi
tarixda bo’lib o’tgani kabi kelajakda ham shunday analiz qilamiz bozorni.
Dostları ilə paylaş: |