Kitob to’g’risida


-qism  Klassik analiz Trend kanallarni chizish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#185189
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Konsorsium teoriyasi

8-qism 
Klassik analiz Trend kanallarni chizish. 
Grafigimizdagi eng oddiy va ko’plab yordam hissini qo’shuvchi 
analizlardan biri bu klassik analiz ya’ni trend kanallarni chizish sanaladi. 
Aynan trend kanallar narxni baholashda va qayerdan savdoda kirishga 
katta hissa qo’shadi. 
Rasm- 8.1 
Trend kanalarni chizishda bizda asosan 3 ta nuqta kerak bo’ladi. 
Bu 2 ta minimum va 1 ta maksimum yoki 2 ta maksimum va 1 ta 
minimum. Birinchi navbatda trend kanalni chizishda 2 ta minimum hosil 
bo’lishi kerak va trend masksimumdan o’tishi kerak. Shundagina biz 2 
ta minimumni tutashtiramiz va maksimumda paralel ravishda yana bitta 
trend chiziq qo’yamiz. Rasm- 8.1 Buqa tendensiyasi bu yerda trend 
kanalni ichida tendensiyani borishi yaqqol ko’rsatib beryapti. Teppadagi 
trend chiziq chegara chizig’i va pasdagi chiziq esa buzuvchi chiziq 
deyiladi. Agarda buzuvchi chiziqdan trend kesib o’tsa demak trendning 
qaytishi hosil bo’ladi. Rasm- 8.2 Ayiq tendensiyasi real vaqtda borishini 
ko’rib turibmiz agarda bizda shunga o’xshagan hali keyingi narxni 
bilmasdan turib sell (sotish) pozitsiya ochishimiz mumkin. Chunki trend 
kanalni ichida trendning yo’nalishi borishini kuzatib turibmiz. Bu yerda 
pasga tushish ehtimoli juda baland sanalyapti. Chunki aynan Buzuvchi 
chiziqdan trendning pasga qarab o’zgarishini ko’rib turibmiz. Bu yerda 
biz keyingi minimumni o’tgan minimumdan o’tib ketishini kurishimiz 
kerak. Shundagina bizni Ayiq tendensiya teoriyamiz to’g’ri bo’lib 
chiqadi. 


35 
Rasm-8.2 
Trend kanalning ichida maksimumlar ko’pi bilan 5-6 marta 
buzuvchi chiziqgacha kelib qaytib o’z yo’nalishini davom ettiradi. Rasm- 
8.2 Trend kanalning ichida Buzuvchi chiziqga 3 marta yetib kelib 
qaytgan. Minimum esa 2 marta chegara chig’iga yetib kelib qaytgan. 
Trend kanallarda aldamchi signallar ham uchrab turadi. Buni ko’ra 
bilish uchun biz faqatgina trend kanalidan qanday buzilganligini 
bilishimiz kerak. Rasm- 8.3 e’tibor bering 
Rasm- 8.3. 
Trend kanallarni yolg’onchi buzulishlar ba’zan modelni 
o’zgarishiga olib keladi. Masalan: Rasm- 8.3 Ayiq modeliga trend 
buzuvchi chiziqdan 3 marta buzib qaytib ichkariga kirgan va oxir oqibat 
trendning qaytishiga sabab bo’lgan. Ba’zan bu buzulishlar trend 
kanalining o’rtasida ham uchrashi ham mumkin. 


36 
Rasm- 8.4 
Trend kanalidan Buzuvchi chiziqdan trend kesishi va yana qaytib 
trendning o’z davomiyligini biz grafigimizda ba’zan uchrab turamiz. Bu 
yerda ko’pgina treyderlar narxning qaytishi mumkinligini aytib berishadi. 
Chunki haqiqatdan ham trend kanalidan buzuvchi chiziqdan chiqib ketsa 
bu modelni qaytishini bildiradi. Lekin bir narsani yodda saqlaylik Buqa 
modelining va Ayiq modeling qoidasi. Rasm -8.4 Yolg’onchi buzuvchi 
chiziqdan kesishi, agarda Buqa modelining qoidasini eslasak minimumlar 
hamisha keyingi minimumdan teppaga bo’lishi kerak. Shunday ekan 
Rasm -8.4 chiziqni buzgani bilan modelni buzmagan bizga esa bu qoida 
qo’l keladi va bir yolg’onchi signaldan asraydi va savdomizning 
yaxshilanishiga hissa qo’shadi. 
Rasm-8.5 
Trend kanallarida narxning o’zgarishi juda chiroyli sanaladi bunda narxni 
baholashimiz uchun juda qulaydir. Rasm- 8.5 Chegara chizig’ini 
buzilishini guvohi bo’lyapmiz bunday chegara chig’ining buzilishlari 


37 
modelning o’zgarishiga olib keladi va tendensiya kuchli pasga borish 
ehtimoli katta bo’ladi. Agarda trend chegara chizig’ini kesib ketsa demak 
trendning yo’nalishi o’zgarishi yoki qarama qarshi tendensiya bo’lishi 
mumkin. Shuning uchun Chegara chizig’ini trend kesib ketsa bu yaqinda 
qarama qarshi trend ketish ehtimolini bildiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin