20 .
Yordamchi va buzuvchi chiziq - Maksimumlar va minimumlar orqali
chigara va yordamchi chiziqlar chiziladi. Agarda tendensiya ayiq yo’nalishi
bo’lsa unda 2 ta maksimumni tutashtirib 1 ta minimumga paralel ravishda
qo’yiladi va bu maksimumda chizilgan chiziq Buzuvchi chiziq minimumda
paralel ravishda chizgan chiziq yordamchi chiziq sanaladi. Agarda aksincha
Tendensiya Buqa yo’nalishi bo’lsa unda 2 ta minimumni tutashtirib va 1 ta
maksimumda paralel ravishda chiziladi. Minimumda chizilgan chiziq
yordamchi chiziq sanaladi, maksimumda qo’yilgan chiziq esa buzuvchi
chiziq sanaladi.
21 .
Xedj savdosi - Xedj degan ibora aslida ruscha so’z bo’lib
(Хеджирование торговля) ya’ni qarama qarshi savdo deyiladi. Agarda
bizda Buy pozitsiyasi ochilgan bo’lsa bu pozitsiya zararga ketsa qarama
qarshi tomon Sell pozitsiya ochiladi Buy pozitsiyani zararlarni qoplash
uchun. Mana bu savdo jarayonini Xedj savdosi deyiladi.
22 .
Margin (
Marja) - Bizning balansimizda qancha summa bo’lsa biz
ma’lum miqdorini bozorda ishlatsak, qanchasi qoldiqda qolsa manashu
qoldiq summa marja deyiladi. Marja zararda kamayib boradi foydada esa
ko’payib boraveradi.
23 .
Margin call (Marjin kol) - Agarda bizda zarar juda ham ko’p bo’lsa bu
bizni balansimizdagi summaga yaqinlashsa bizning balansimizda qizil
chiroq yonadi manashuni marjin kol deymiz bu deganiki hisobing xavfda
turibti degani.
24 .
Stop Out ( Stop aut) - Agarda bizni pozitsiyamiz juda ko’p zararga
ketsa bu balansimizdagi summagacha agarda zarar borsa unda bizni
pozitsiyamiz avtomatik tarzda yopiladi.