KITOB TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I
22«11»2022 yil. 352-4-62-XT/2022-son
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 104-son buyrug‘i haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026- yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF- 134-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 146-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 11-oktabrdagi 313-son hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-oktabrdagi 104-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash shuningdek, o‘quv tarbiya jarayonida ta’lim- tarbiyaning samarali usullari hamda umumta’lim fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini doimiy nazorat qilish davlat ta’lim standartlari talablarini bajarilishi, o‘quvchilarning bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash maqsadida
buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 11-oktabrdagi 313-son hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-oktabrdagi 104-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilnsin.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining mazkur buyrug‘i bilan Kitob tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Milliy o‘quv dasturi asosida axborоt texnоlogiyalardan foydalangan holda, standartlashtirilgan nazorat materiallari asosida tashqi va ichki monitoring jarayonlarini o‘tkazishi inobatga olinsin.
Quydagilar:
umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha tuman xalq talimi bo’limining ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ta’lim sifati monitoringi bosh inspektor metodisti (A.Norov), bosh metodist (Z.Rahmonova)ga:
har chorak Milliy o‘quv dasturi asosida umumta’lim maktablarda davlat ta’lim standartlari
va talablarining bajarilishi, o‘quvchilarning bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir