Endi bugungi kitoblar, ayniqsa badiiy asarlar hususida ayrim fikrlarni bayon etsak: ma'lumki, kitob umuman, badiiy asar kishilarning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy salohiyatini ma'naviy barkamolligini ta'minlashi lozim. Bunday asarlar, darhaqiqat, yaratilmoqda, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ularni o‘qishdan charchamayapti. Ammo, buguni asarlarning barchasiga ham shunday baho qo‘yish mumkin emas. Ayrim asarlar yaxshi niyatda yaratilayotgan bo‘lsada, ammo ular “teskari samara” bermoqda. Turli salbiy ko‘rinishlar, zo‘ravonlik, ur-yiqit, odamlarda “olomon fikrlash” darajasini ko‘tarishga urinish, fahsh, illatlarni targ‘ib etish kabi holatlar ba'zi asarlarda avj olayotganing guvohi bo‘lmoqdamiz.
Mutafakkir-allomalarimiz johillikning birinchi belgisi-go‘zallikni ko‘rmaslikdir, deydilar. Haqiqatdan ham shunday. Atrofimizda shuncha yangiliklar, yangilanishlar, islohatlar sodir bo‘lmoqda, odamlarimiz tafakkur tarzi o‘zgarmoqda. Ana shu ijobiy holatlarni badiiy jihatdan pishiq asarlar orqali xalqimizga, ayniqsa yoshlarimizga yetkazish juda to‘g‘ri bo‘lar edi.