Toshkent shahar



Yüklə 76 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü76 Kb.
#158574
  1   2   3
OʻQISH DARSLARIDA BADIIY ASARLAR ORQALI OʻQUVCHILAR NUTQ MALAKASINI SHAKLLANTIRISH


OʻQISH DARSLARIDA BADIIY ASARLAR ORQALI OʻQUVCHILAR NUTQ MALAKASINI SHAKLLANTIRISH


Reja:


I. Kirish.
1. Nutq asosi
II. Asosiy qism.

  1. Oʻqish darslarida badiiy asarlar orqali oʻquvchilar nutq malakasini shakllantirish

  2. O`qish darslarida o`quvchilar nutqini o`stirishda innovatsion texnologiyadan foydalanish

  3. O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining o’rni.

  4. O’yinlar orqali nutq o’stirish.

III. Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish
Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nut vositasida idrok etadi. So’z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kiradi.
Nutqning tashqi va ichki, og’zaki va yozma turlari bor. Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong? O’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi. Yozma nutq (xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yozilajak narsani ichida inchirlash, tovush chiqarmasdan o’qish) bilan chambarchas bog’liqdir.
Ma’limki, so’zlashuv tili nutq o’stirishning dastlabki boshqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So’zlashuv tili esa o’qilgan matnlarni og’zaki hikoya qilishda namoyon bo’ladi. So’zlashuvga o’rganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin o’qish darslari yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga ma’naviy kamolot ona tili orqali mujassamlashadi. Ona tili, shu jumladan, o’qish nutq o’stirish ta’lim – tarbiya jarayonidagi eng muhim vositalardandir.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o’ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat bilan o’qishning amaliy ahamiyatini o’stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o’qish, o’qish metodlarini takomillashhtirish yo’llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur.
Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, ko’p qirrali hodisadir. Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim.
Til qonunlarning ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishdagi usullarni to’g’ri qo’llashi (ko’rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog’ozlar bilan ishlash yo’llarini bilish) usullari takomillashtiriladi.

Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin